yosh yetakchi va o'ng tom onidagi Birko'z bo'ri birga o 'z guruhlarini
Sharqqa, Makkenzi daryosi, o'shanaqasi undan ham nariroqda joylashgan
m oviy ko'llar sari boshlab ketishdi. M ana shu bir hovuchgina to'da
ham kun sayin siyraklashib borar edi. Bo'rilar juft-juft — erkak-urg'ochi
bo'lib ajralishardi. O 'ziga sherik topm agan bo'ri xiralik qilayotgan qari
so'qqabosh bo'rini haydar edi. Oxiri urg'ochi b o'ri, yosh yetakchi,
Birko'z va dovyurak uch yashar - to'rttovlon qolishdi.
Bu vaqtga kelib urg'ochi bo'rining xulqi b utunlay aynigan edi. U
arzim agan bahonada kuyikkan erkak bo'rilarga tashlanaveradigan odat
chiqardi. A m m o erkak bo'rilar bunga parvo q ilishm as, izzat-nafs tufayli
q och ib qolishdan o'zlarin i tiyishar, ular ak sin ch a, u rg'och i bo'riga
yelkalarini tutib berishar, dum larini likillatib k o'n glin i ovlash uchun
atrofida girdikapalak bo'lishardi. H olbuki, u rg'och i bo'riga nisbatan
qanchalar b eozor b o'lishsa, bir-birlariga nisbatan shuncha berahm va
ayovsiz bo'lishar edi. U c h yashar bo'rining yovuzligi ham m asidan o'tib
tushardi. Navbatdagi janjal-to'polonlardan birida u qari bo'rining so'qir
ko'zi tarafidan ham la qilib uning qulog'ini uzib oldi. Birko'z bo'ri qari
bo'lsa ham o'ziga yetguncha abjir va boz ustiga nihoyatda ayyor va
tajribali edi. Oqib tushgan ko'zi bilan tilka-tilka b o'lib ketgan tum shug'i
buning qanaqa tajriba ekanidan dalolat berardi. U m ri davom ida u
olishaverib shunchalik abjir bo'lib ketgan ediki, hozir zarracha ham
ikkilanib o'tirm adi.
Olishuv halol boshlandi, am m o g'irrom bilan tugadi. Agar Birko'z
bo'ri yoniga yosh yetakchi qo'shilm aganda jan g nim a bilan tugashini
Do'stlaringiz bilan baham: |