Keyin ketm a-ket yana ikki marta irg’ishladi.
Birko'z asta o'rnidan turib, urg'ochi bo'rining xatti-harakatlarini
kuzatib turardi. Oxiri uning noshudligidan jahli chiqib o'zi bir sakradi-
da, quyonni ushlab yerga olib tushdi. A m m o o'sha zahoti yon tarafdan
xavotirlanarli shatir-shutir eshitildi va Birko'z boshi uzra kam ondek
egilgan archa niholiga ko'zi tushdi. daraxt ana-m ana qarsillab boshiga
uriladigandek edi. Bo'ri og'zidagi quyonni tashlab, bu niash’uni falo-
katdan qutulish uchun o'zini orqaga otdi, g'azab va qo'rquvdan junlari
hurpayib bo'g'iq irilladi. N ih ol qaddini rostladi-yu, quyon yana muallaq
osilib qoldi.
U rg'ochi bo'rining jazavasi tutib, sherigining yelkasidan g'archcha
tishlasa bo'ladim i? Buni kutmagan Birko'z g'azabiga chidayolm ay o'ta
kesgir tishlarini qayrab, uning tum shug'ini g'ajib tashlashiga oz qoldi.
O 'z navbatida bunaqa qarshilikni kutmagan urg'ochi bo'ri ham irillab
Birko'zga tashlandi. Xatosini payqagan Birko'z o'zicha yarashishga unda-
gan bo'lib, yelkasini unga tutib berdi, am m o urg'ochi bo'ri ko'nm adi —
uning duch kelgan yerini tishlab tashlayverdi. Yarashishdan umidini uzgan
Birko'z pirovardida uning hamlalariga chap berishga tushdi. O ra-chora
dam u yelkasini, dam bu yelkasini tutib berishdan boshqa iloj topolm adi.
Q uyon esa ham on havoda koptokdek likillab yotardi. U rg'ochi bo'ri
qorga ch o 'n q a yd i, sirli archadan ko'ra sherigidan ko'proq xavotir
olayotgan Birko'z yana sakradi. Q uyonni changallab yerga tushgach, u
yakka-yu yagona k o'zi bilan daraxtga tikilib qoldi. Daraxt yana keskin
egildi. Bo'ri hozir qarsillatib uriladi, degan xavotirda g'ujanak bo'lib
oldi, lekin o'ljasini qo'yib yubormadi. A m m o , kutganidek daraxt kelib
Do'stlaringiz bilan baham: |