O’qituvchining o’z ustidа ishlаshi vа kаmchiliklаrini bаrtаrаf etishi uchun psixоlоgik tеstlаr. Kirish. I. Bob
Download 175.5 Kb.
|
O’qituvchi faoliyatida muomala madaniyati va psixologiyasi. Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Pedagogik muloqotda muomala madaniyati
1.2.Pedagogik muloqotda psixologik testlarning o'rni.
Pedagogik faoliyat va pedagogik muloqot xarakteri oqituvchining shaxsi, uning qarashlari nuqtai nazarlarida va xulqida namoyon boladigan goyaviy siyosiy saviyasi, professional tayyorgarligi va bilishga intilishi bilan uzviy bogliq. Bu asosiy hislatlardan tashqari oqituvchining umumiy va boshqa qobiliyati, uning moyilligi xarakteri, muvaqqat psixik holatlari, shuningdek, toplangan tajribasi muhim ahamiyatga ega. Oqituvchi shaxsining professional jihatlarini oz-ozini tarbiyalash yollaridan biri ozining sifat va hislatlarini, shuningdek pedagogik faoliyat va muloqotlarining barqaror xususiyatlariga, oqituvchi bilimining saviyasi va tarbiyalanganligi natijasida erishilgan natijalarini tahlil qilishga doir mashqlarda ham namoyon boladi. 2. Pedagogik muloqotda muomala madaniyati Mustaqillikdan keyin amalga oshirilayotgan talim tizimidagi islohotlar tufayli ulkan ozgarishlar roy bermoqda. Odamlarning ongi, dunyoqarashi ozgardi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va manaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bolishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishida, har bir fuqaroning bilim olishida, ijodiy qobiliyatini shakllantirishda, intellektual jihatdan rivojlantirishda oqituvchining muloqot madaniyati va muomalasi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun takidlash joizki, oqituvchi kasbiga nisbatan talab va javobgarlik ham kuchaydi, ularning jamiyat oldidagi vazifalari yanada oshdi. Buyuk manaviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy talim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uygunlashtirish, uni jahon andozalari darajasiga chiqarish, oquvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish konikmalarini hosil qilish kabi dolzarb vazifalarga javobgarlik oqituvchilar zimmasiga yuklatildi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov takidlaganidek: «Yosh avlodimizning qalbi va ongini asrash, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, farzandlarimizning dunyoda roy berayotgan siyosiy jarayonlarning mano-mazmuni va asl sabablarini chuqur anglashi, oz atrofida sodir bolayotgan voqealar haqida haqqoniy malumotlarga, eng muhimi, oz mustaqil fikriga ega, sodda qilib aytganda, oqni qoradan ajratishga qodir bolishiga erishish talim-tarbiya va manaviy-marifiy ishlarimizning asosiy sharti va mezoni bolishi kerak... bugungi vaziyatda mustaqil ong va mustaqil fikrga ega bolgan shaxsni tarbiyalash masalasi nafaqat manaviy, kerak bolsa, muhim siyosiy ahamiyat kasb etadi». Bu vazifalarning bajarilishiga, talim-tarbiya sohasidagi islohotlarning asosiy amalga oshiruvchisi bolgan oqituvchining oquvchilar bilan ozaro muomalaga kirishish madaniyati orqali erishiladi. Oquvchi manaviy muhitining shakllanishi oqituvchining yuksak axloq namunasi orqali namoyon boladi. Bu orinda oqituvchining shaxsiy va ijtimoiy harakati pedagogik muloqot madaniyati zamirida shakllanib, takomillashadi. Pedagogik muloqotda oqituvchining eng yaxshi fazilatlari va hatti-harakatlari oquvchining ideali sifatida namoyon boladi. Oquvchining oqituvchi shaxsi haqidagi qarashlari, uning hatti-harakati, pedagogik mahorati manaviy madaniyatiga mos kelmasa, yaxlit pedagogik jarayonni mukammal tashkil etish ham ijobiy natijalar bermaydi. Oqituvchi subekti bilan, oquvchi obekti ortasidagi qattiq avtoritar intizom ham ozaro muloqot madaniyatiga salbiy tasir etadi, natijada oquvchining ichki hissiyoti hamda shaxsiy fazilatlari rivojlanmaydi. Pedagogik muloqot madaniyati oqituvchi faoliyatini muvaffaqiyatga yonaltiruvchi eng muhim vosita, bunda oqituvchining muhim fazilati, uning muloqot madaniyatiga asoslangan muomalasidir. Muomala barcha falsafiy va psixologik fanlarda oziga xos tarifga ega. Pedagogikaning kategoriyasi sifatida muomala oquvchilar qalbiga yol topa olish, ularga yondashish uchun mehrini qozonish, pedagogik nuqtai nazardan talim-tarbiya jarayonida oquvchilar bilan ozaro aloqa boglashga qaratilgan oqituvchining pedagogik qobiliyatidir. Oqituvchi oquvchilar bilan muomalaga kirishish asosida: 1. Oz ijodkorligini va pedagogik mahoratini namoyish qiladi. 2. Yosh avlodni milliy mafkuramiz va milliy madaniyatimiz ruhida tarbiyalaydi. 3. Sharqona udum va urf-odatlarimiz asosida barkamol shaxsni shakllantiradi. 4. Ozining talim-tarbiyaviy imkoniyatlarini namoyish etgan holda, har bir oquvchi qalbiga yol topadi. Muomala oqituvchi faoliyatining muhim tarkibiy qismi bolib, ozida ulkan pedagogik imkoniyatlarni mujassamlashtiradi. Pedagogik muomalada oqituvchi quyidagilarga qatiy amal qilishi lozim: - oqituvchida tarbiyalash mahoratining shakllanganligi. Uning tarbiyaviy jarayonga oid soz va ohangni tanlay bilishi va tasir otkaza olishi; - muomala obekti bolmish oquvchi diqqatini jalb qiluvchi nutq, pauza, harakat, imo-ishoralarni oz ornida ishlatishi, tarbiyaviy tasirni bilishi; - oquvchining ichki ruhiyatini, psixologik xususiyatlarini bilgan holda muomalaga jalb etishi, darsni boshlashdan oldin oquvchilarni talim va tarbiyaviy muloqotga tayyorlashi; - oquvchiga ogzaki, ozaro tasir korsatishning tarbiyaviy usullarini bilishi. Oqituvchining nutqi ravon, oquvchi ongiga ijobiy tasir qiladigan bolishi. Nihoyat, oqituvchining oquvchilar bilan kundalik muomalasi shunga olib keladiki, u oquvchilarning hatti-harakatlaridagi chuqur mano va haqiqiy sabablarni turli vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna sifatida uning ozi tez-tez qayd qilgan dalillardan va oquvchilarning xulq-atvop usullaridan foydalanadi. Oqituvchining oquvchilar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida qaralib, birlashtiruvchi hamda ornini toldiruvchi vazifasini bajaradi. Muomala ozaro munosabatlar doirasida sodir boladi. Boshqarish vositasi bolgan muomala pedagogik faoliyatdan oldin sodir boladi.Pedagogik muloqot oqituvchining pedagogik faoliyatida ozaro axborot almashish jarayoni vazifasini bajaradi. Oqituvchi oquvchilar bilan muloqot jarayonida bevosita oz tarbiyalanuvchilari, umuman oquvchilar jamoasi haqida, unda roy berayotgan turli ichki hodisalar haqida goyat xilma-xil axborotlarga ega boladi va ozining kelgusi talim-tarbiyaviy rejalarini hamda pedagogik faoliyatini belgilaydi. Shu bilan birga, oqituvchi muloqot asosida oz tarbiyalanuvchilariga malum bir maqsadga qaratilgan axborotlar tizimini malum qiladi. Bunda oqituvchi tomonidan yol qoyiladigan arzimas bir xatolik, adolatsizlik, qopollik oquvchilar bilan ozaro muloqot madaniyatining buzilishiga sabab boladi va tuzatib bolmaydigan ogir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Oqituvchining oquvchilar bilan ozaro muloqot madaniyatiga erishishi natijasida quyidagi holatlar paydo boladi: -pedagogik muloqot orqali oqituvchi tarbiyalanuvchi obekt bilan oziga xos muomala muhitini yaratadi. Bunday muhitda oqituvchi ozining psixologik, mimik, pantomimik, notiqlik sanati, tasir otkazish kabi qobiliyatlar tizimini namoyish etadi; -oqituvchining shirinsuxanligi, ochiq chehrali bolishi, samimiy muomalasi muloqotda ijobiy natijalarga erishish kalitidir; -oquvchilar jamoasi bilan muomalada oqituvchining doimo psixologik bilimlarga tayanishi talim-tarbiyaviy faoliyatda bir xil muvozanatni saqlaydi; -oqituvchi oquvchilar jamoasi bilan ozaro muloqotga kirishar ekan, yaxshi muomalasi bilan ular hissiyotida yashiringan eng nozik qatlamlarni ham anglab olishga qodir boladi. Mukammal shakllangan pedagogik muloqot madaniyati asosida obekt va subektning ichki hissiyoti bilan ular harakatlarining uygunlashuvi sodir boladi. Ushbu ozaro uygunlashuvni yuzaga keltiradigan muloqotning asosiy boglovchisi sozdir. Soz mazmunan oqituvchining nutqida, maruzasida, dialog, monolog va deklamatsiyalarida oz ifodasini topadi. Pedagogik muloqot madaniyati vositasida oqituvchi har qanday axborotni qarab chiqar ekan, oquvchining shaxsi va psixologik xususiyati haqidagi axborotlarning muhimligini alohida etiborga olishi lozim. Pedagogik muloqot madaniyati, oqituvchini goyat xilma-xil sharoit va korinishlarga moslashishiga imkoniyat yaratadi. Bular sirtdan qaraganda unchalik ahamiyatli bolmasada, oquvchi ichki dunyosida sodir bolayotgan, uni tushunish uchun juda muhim bolgan zarur ichki jarayonlar korinishlarining alomatlarini bilib, talim-tarbiyaviy faoliyat olib boradi. Oqituvchi oquvchining ichki dunyosini tushunib, muloqotga kirishishi lozim. Oqituvchining muloqot madaniyati asosida gapiradigan har bir sozi, fikri, turli hodisa va jarayonlar oquvchilar tomonidan har xil korinishda tushuniladi, bu oquvchining fikr-mulohazasiga, ichki dunyosining teranligiga, tafakkuri va dunyoqarashining kengligi bilan izohlanadi, bunda oqituvchi mahoratining uchta jihatiga alohida etibor qaratiladi: hayotiy tajribasi; pedagogik faoliyat jarayonida egallagan konikma va malakasi; muayyan oquvchilar jamoasi bilan muomalada bolish tajribasi. Download 175.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling