O’qituvchining o’z ustidа ishlаshi vа kаmchiliklаrini bаrtаrаf etishi uchun psixоlоgik tеstlаr. Kirish. I. Bob
Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga tasiri
Download 175.5 Kb.
|
O’qituvchi faoliyatida muomala madaniyati va psixologiyasi. Reja
3. Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga tasiri
Odamlarning mehr-oqibati, bir-birlariga nisbatan ozaro hurmat etiborda bolishlari muloqot jarayonida namoyon boladi. Xalqimizda azaldan muloqot salomlashish madaniyatidan boshlanadi. Salomlashish turli xalqlarda har xil amalga oshiriladi. Xalqimizda salomlashish axloqlilikning yuksak namunasi sifatida etirof etilib, uning negizida umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, shu millatning ruhiy xususiyatlari, ozaro munosabatlarining manaviy asoslari, bolajak muloqotning xarakteri, ozaro hamkorligi aks etadi. Quroni karimda salomlashish odobi musulmon ahlining qatiy majburiy burchi tarzida bayon etiladi: Ey mominlar, oz uylaringizdan boshqa uylarga to izn soramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. Shoyad ushbu eslatmadan ibrat olsangizlar. Ajdodlarimiz madaniy va manaviy merosi, ular yaratgan soz, xalq tilining tuganmas boyligi yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orinda Abu Nasr Forobiy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Xisrav Dehlaviy, Abu Hamid Gazzoliy, Kaykovus, Shayx Sadiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa Sharq va garb donishmandlarining boy meroslarida farzandlarni tarbiyalash va kamolotga etkazish asosiy muammo sifatida targib qilingan. Ular sozni va nutqni talim-tarbiyada ilohiy nemat va hikmat deb bilishgan hamda har bir sozning oz orni va ahamiyati borligini, tarbiyada sozdan kuchliroq va qudratliroq narsa yoqligini, tilga etibor elga etibor ekanligini, soz sehri mojizalar yarata olishini takidlab kelganlar. Bularning barchasi mudarris va shogirdlarning samimiy muloqoti jarayonida amalga oshirilgan. Mudarrislar barkamol va tarbiyalangan insonning onta nishonasi borligini alohida takidlashgan: birinchisi: xalq togri deb topgan narsaga notogri deb qaramaslik; ikkinchisi: yoshlikdan oz nafsiga erk bermaslik; uchinchisi: birovlardan aslo ayb qidirmaslik; tortinchisi: yomonlik va omadsizlikni yaxshilikka yoyish; beshinchisi: agar gunohkor uzr sorasa, uzrini qabul qilish va kechirimli bolish; oltinchisi: muhojirlar hojatini chiqarish; ettinchisi: doimo el gamini eyish; sakkizinchisi: aybini tan olish; toqqizinchisi: el bilan ochiq chehrali bolish; oninchisi: odamlar bilan doimo shirin muomalada bolish. Muloqot Sharqona tarbiyada axloq qorki sanalgan. Muallim har bir oquvchining qanday dunyoqarashga egaligi, tafakkuri, bilim saviyasi, hayotga nisbatan munosabati odamlar bilan ozaro muloqotida namoyon bolishini uqtirgan. Sharq mutafakkirlari merosida muloqot azaldan insonlar ortasidagi ozaro aloqa vositasi bolgan. Muloqotning asosiy quroli til hisoblangan. Shuning uchun ham til aloqa quroli sifatida tariflanadi. Insonning tili shirin, muomala madaniyatiga ega bolsa, qisqa vaqt ichida xalq orasida obro-etibor topadi. Kop gapirish hech qachon kishiga obro keltirmaydi. Shuning uchun ham otmishda yashab otgan mutafakkirlarimiz tilga, aytiladigan har bir sozga hurmat bilan, oylab yondashish lozimligini uqtirib otganlar. Oqituvchi soz aytishdan avval, har daqiqada soz ortidan keladigan oqibatlarni oylashi (I.P.Pavlov) kerak. Alisher Navoiy adabiy meroslarida muomala madaniyati, xushmuomalalik, tilning ahamiyati togrisida, shirinsozlik haqida noyob fikrlarni bayon qilgan. Bygungi kunda ham bu fikrlar oz ahamiyatini yoqotgan emas. «Til shirinligi kongilga yoqimlidir, muloyimligi esa foydali. Shirin soz sof kongillar uchun acal kabi totlidir», - deydi Alisher Navoiy. Oquvchilar nutqini ostirishda oqituvchining til boyligi muhim ahamiyatga ega: bir tomondan, shirin tillilik oquvchini oqitish va tafakkurini rivojlantirishning muhim omili bolib hisoblanadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, oqituvchining til boyligi nutqining obrazli, chiroyli, jarangdor, namunali bolishini taminlaydi, natijada oquvchi diqqatini oziga jalb etadi. Zotan, til va nutqning teranligi, oqituvchining mahoratini, manaviy boyligini, oqituvchilik qobiliyatining qay darajada ekanligini ifodalaydigan olchov, korsatkich hisoblanadi. Amerika shoiri Rolf Emerson: Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur qiladi, deydi. Sharq mutafakkirlari ijodida til va nutq vositalari orqali notiq, voiz, badihagoy, qissaxon kabi maxsus sanat ahillari va mudarrislar diniy, talim-tarbiyaviy, islomiy aqidalarni ommaga singdirishgani, pand-nasihatlar qilishgani bayon etiladi. Ushbu nutq sohiblari keng qamrovli bilimga, boy axborotga ega bolishgan. Alisher Navoiy Voiz olimning ozi avvalo halol ish koruvchi bolishini, uning nasihatidan chiqmaslikni asarlarida bayon etgan. Shuning uchun til shirinligi va notiqlik sanati ustida ishlash, nutq madaniyatini takomillashtirib borish har bir oqituvchining eng asosiy ijtimoiy burchi va masuliyati xicoblanadi. Talim-tarbiya jarayonida nutqning tasir kuchi nihoyatda beqiyosdir. Oqituvchining tili nutqiy qobiliyati oquvchilarning ozlarini tuta bilishlariga, xulq-avtori va fikr yuritishlariga ulkan tasir etuvchi kuchli vositalardir. Oqituvchining til boyligi va notiqlik sanati barcha zamonlarda yonma-yon yashab kelgan (A.P.Chexov). Uning his tuygusi, intilishlari, iroda va etiqodi nutqida aks etadi. Oqituvchi til boyligi bilan oquvchilarda xursandchilik, ruhlanish, muhabbat, Vatanga sadoqat, gazablanish, nafratlanish hissiyotlarini uygotadi, bilim olishga undaydi. Shuning uchun oqituvchi tilning xalq otmishi, hozirgi va kelajak avlodni buyuk bir yaxlitlikka, tarixiy, jonli bir jipslikka aylantiruvchi eng hayotiy, eng boy va eng mustahkam vosita (K.D. Ushinskiy) ekanligini unutmasligi kerak. Kishilarning bir-birlari bilan ozaro munosabatlarida shirinsuxanlik, gozallik, sozlashuv ohangidagi muloyimlik Myosharat odobi deyiladi. Muosharat odobi insonning godakligida ota-ona bagrida, oilada shakllantirilishi kerak. Qush uyasida korganini qiladi, deyiladi xalq maqollarida. Oilada organilgan muosharat odobining poydevori mustahkam boladi. Bola maktabda, ulgaygach esa, ijtimoiy muhitda konikma hosil qilish jarayonida oilasida organilgan muosharat odobining kuch-qudratini doimo his qiladi. Oquvchilarga muosharat odobini shakllantirish uchun oqituvchining ozi avvalo xushmuomalaligini namoyish etib, oquvchilar qalbiga yol topa olishi, mehribonligi, ular bilan hamdard, hamfikr bolib, ornak bolishi muhim ahamiyatga ega. Sharq mutafakkirlari asarlarida muosharat odobi turli korinish va nomlarda bayon etiladi. Jumladan, Al Forobiyning Fozil odamlar shahri asarida asosiy goya fozil kishilar obrazi. U kim bolishidan qatiy nazar shohmi, gadomi, oddiy fuqaromi fozil kishidir. Shaharning fozil kishilari bir-birlariga nisbatan hurmat va izzatda boladilar. Ota-ona va farzand, ustoz va shogird, dostlar, qarindoshlar ortasida sharqona nazokat, mehr va ehtirom mavjud. Forobiy asarida bundan bir necha asr ilgari ham ota-bobolarimizning manaviyati naqadar yuksak bolganligi va bu avlodlarga ornak bolishi takidlanadi. Onore de Balzak Xushmuomalalik va kamtarlik kishining chinakam marifatli ekanligidan dalolat beradi, deydi. Ingliz donishmandi Jon Libbok: Odamlar boodoblilik yordamida hattoki kuch bilan erishish mumkin bolmagan galabalarga erishishi mumkinligini aytadi. Demak, muosharat odobi nafaqat milliy ananalarimiz va urf-odatlarimizning kozgusi bolgan, balki dunyodagi barcha xalqlarning noyob insoniy fazilati sifatida etirof etilgan. Insonning eng ulug, lekin murakkab va mashaqqatli faoliyatlaridan biri odamlar orasida, yani jamiyatda oz ornini topib yashashidir. By faoliyatning murakkabligi shundaki, kopchilikka qoshilish, ular bilan ahil bolib yashash uchun insonda shunga yarasha muomala va munosabat bolishi kerak. Muomala va munosabatda oquvchilarning diliga togri kelmaydigan qopol va dilozor munosabat olib boruvchi oqituvchilarni hech kim yoqtirmaydi. Oquvchilar xushfel, shirinsuxan, adolatparvar, muomalasi shirin oqituvchi va tarbiyachilarni dildan yoqtirishadilar va hurmat-etibor qilishadi. Insonlar orasida munosib orinini topish, inoq va hamjihat bolib yashash shartlaridan biri odamning kamtarligidir. Kamtarin inson hech qachon ozining yutugi bilan, badavlatligi bilan, ilm-hunari bilan maqtanmaydi, hamma vaqt kamgap, sodda boladi. Ammo insondagi kamtarlik samimiy bolmogi zapyp.Shirin soz muloqotga kirishishning asosiy qurolidir. U inson qalbini ilitadi, qopol coz inson kalbini jarohatlaydi. Oqituvchining aql-zakovati, fikri, his-tuygulari, bilimi va madaniy saviyasi, tafakkuri malum darajada sozda ifoda etiladi. Muomala madaniyatida soz aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi (Aziz Yunusov). Chunki sozning qudrati katta. Oqituvchi oz soziga, tiliga nihoyatda ehtiyotkor bolmogi lozim. Eng avvalo, oquvchilarga muomala madaniyatini, kattalar oldida ozini tuta bilishi, gapini bolmasligi, yoshi uluglarga gap qaytarmaslikni orgatish zarur. Muloqot madaniyati hamma joyda kerak. Ish joyida, transportda, uyda biz kim bilan qanday muomala qilishni bilishimiz zarur. Oqituvchining qanchalik bilimli, aql-zakovatli ekanligi oquvchilar va ularning ota-onalari bilan olib boradigan muloqoti orqali namoyon boladi. Odamlar butun ichki dunyosini, maqsadini, muomala va munosabatlarini bir-birlariga soz yordamida etkazadilar, amalga oshiradilar. Shu tufayli sozlashuv munosabatlari nihoyatda gozal va muloyim bolishini hayot taqozo etadi. Cozga boy, shirinsuxan kishilarning muomalalari yoqimli, ishi ham yurishgan boladi. Bunday kishilarni yoqtiradilar, hurmat qiladilar. Sozlashuv ham oziga xos sanatdir. Bu sanatning ildizi muosharat odobi bolib, uni mukammal organish har bir inson uchun zarur. Shy bilan birga, ona tilini mukammal organmoq va sof adabiy tilda oquvchilar bilan muloqot qilish oqituvchining notiqlik qobiliyatidir. Download 175.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling