Tarif sistemasi (tizimi) mehnatning sifati, hususiyati va sharoitlariga bog’liq holda ish haqini difirentsiya qilish va boshqarishning narmativlari majmuasini tashkil etadi. Tarif tizimi uch qisimdan iborat:
Tarif-malaka qo’llanmasi Tarif setkasi Tarif stavkasi
Tarif-malaka qo’llanmasi - bu ishlarni tariflarga ajratish va xodimlarga razryadlar berish uchun qo’llaniladigan me’yoriy hujjatdir. Bu hujjat ishlab chiqarishlar va ish turlari bo’yicha guruhlarga ajratilgan xodimlarning barcha kasblari, ishlab chiqarishlar va ish turlari uchun tuzilgan. Tarif - malakalarining tqplamidir. Bu tqplam yordamida turli xil murakkablikdagi ishlar, xodimlar malakasining darajasi taqqoslanadi, baholanadi. TMQ - si barcha turdagi ishlarni razryadlarga ajratish uchun hizmat qiladi.
Tarif setkasi - bu tarif razryadlari va unga mos keladigan tarif koeffitsentlarini qo’rsatadi va ma’lum xildagi ishlarni ma’lum malaka guruhlariga kiritish imkoniyatini beradi.
Tarif stavkasi - vao’t birligi ichida turli guruh va kategoriyadagi ishlarga to’lanadigan mehnat xaqining absolyut miqdorini aniqlaydi.
Rahbarlik lavozimidagilar, mutaxassislar va hizmatchilar kategoriyasiga kirga xodimlar mehnatini baholash uchun tarif-malaka qo’llanmasi ishlab chiqilgan. Ushbu qo’llanma xodimlar malakasining xarakteri va mehnatning mohiyatiga muvofiq tashkil etilgan.
Malakalar tavsiloti bo’yicha qo’llanma 3 qismdan iborat bo’lgan talablarni o’z
ichiga oladi: Lavozim bo’yicha majburiyatlar; nimalarni bilishi zarur; malakasiga talablar.
Tarif stavkalari va lavozimlarga maoshlar qo’llaniladigan turli xil qo’shimchalar:
- ish vao’tidan tashqari ishlarga;
- kasblarni almashtirib ishlash va hizmat ko’lamini kengayishi uchun;
- brigadaga rahbarligi uchun;
- yuqori darajadagi kasb malaka mahorati uchun;
- o’ta muhim va o’ta zarur ishlarni bajarish uchun.
Ish xaqini tashkil etishda vao’tbay va donobay ish xaqi shakllari qo’llaniladi.
Donobay yoki ishbay ish haqi bajarilgan ishlar miqdori va mehnat birligi bahosiga bog’liq bo’ladi. Bajarilgan ishlarni hisobga olish va normallshtirish mumkin bo’lgan sharoitda qo’llaniladi o’z navbatida u quyidagi turlarda bo’ladi:
- to’g’ridan-to’g’ri bajarilgan ish miqdoriga xaq to’lash;
- ilg’or- ishbay xaq to’lash;
- egri, ishbay va okkord yo’li bilan xaq to’lash.
Vao’tbay xaq to’lash haqiqatda ishlangan vao’tga va uning uchun belgilangan tarif stavkasiga asosan xaq to’lashga bog’liq bo’ladi.
Amaliyotda mehnatga haq to’lashda O’zbekistonda soliq yukini nihoyatda yuqoriligi, noqonuniy asosda xodimlarga haq to’lashni korxonalar uchun foydali qilib qo’ymoqda. Buni quyidagi shartli misoldan qo’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |