Ja’mi: Tsex harajatlari
Umumzavod harajatlari; Brak mahsulotdan kelgan yo’qotish; Kommertsiya harajatlari
Ja’mi: Mahsulotni ishlab chiqarish harajatlari
Ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan harajatlar
Hammasi: Mahsulotning to’la tannarxi
13-chizma
Moddalar bo’yicha harajatlar ularni nimalarga, qanday maqsadlarda ishlatilishini qo’rsatadi. Ular ayrim hil mahsulotlar va butun tovar mahsuloti bo’yicha harajatlarni kalkulyatsiya qilish ya’ni, rejalashtirish uchun ishlatiladi.
Demak, ishlab chiqarish harajatlari bilan ishlab chiqarishga bog’liq bo’lmagan harajatlar tovar mahsulotining to’la tannarxini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish hajmiga bog’liqligi bo’yicha harajatlar: shartli-doimiy
harajatlarga va shartli-o’zgaruvchan harajatlarga bo’linadi. SHartli-doimiy harajatlarga ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi natijasida deyarli miqdori o’zgarmaydigan, shu jumladan, xonalarni isitish va yoritish, tsex va ma’muriy boshqaruv xodimlarining mehnat haqi to’lovlari, amortizatsiya, umumxo’jalik harajatlari (soliqlar, to’lovlar va ajratmalaridan tashqari), kommertsiya harajatlari (idishlar, buyumlarni upakovka qilish, tashish harajatlaridan tashqari) kiradi.
Mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya
qilish harajatlari
Moddiy harajatlar
Mehnat haqi to’lovlari
Ijtimoiy maqsadlarda ajratmalar
Asosiy fonjlar amortizatsiya
Boshqa harajatlar
11.2. Xarajatlarni foyda miqdoriga ta’siri
Ma’lumki foyda miqdori bir qancha omillar ta’sirida bo’ladi, ular har xil darajada ta’sir etadi. Ayniqsa sof foyda miqdori bozor sharoitida kreditlarni moliyalashtirish, stavka foizlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy boshqarish nuo’tai nazaridan sof-foyda birinchi navbatda, korxona berilgan moliyaviy resurslarni qanchalik to’g’ri ishlatganligiga, ya’ni ular nimalarga sarf etilganligiga bog’liq. Ikkinchidan, mablag’lar tarkibining manbalariga bog’liq. Birinchi holat asosiy va aylanma mablag’larning hajmi, tuzilishi va samarali ishlatilishida qo’rinadi. Mahsulot tannarxining asosiy elementlari bu o’zgaruvchan va doimiy harajatlardir. Lekin ular o’rtasidagi nisbat har xil bo’ladi va korxonani texnika, texnologiya sohasida tanlagan siyosati bilan aniqlanadi. Mahsulot tannarxini tuzilishini o’zgarishi albatta foyda miqdoriga ta’sir etadi. Asoiy kapitalni investitsiyalash doimiy harajatlarni ko’payishi (nazariy jihatdan bo’lsa ham) va o’zgaruvchan harajatlarni kamayishi bilan birga kechadi. Lekin ularning bog’liqligi bir xil emas. SHuning uchun doimiy va o’zgaruvchan harajatlar o’rtasidagi optimal darajadagi bog’liqlikni aniqlash oson emas. Xuddi shu bog’liqlik ishlab chiqarish (yoki operatsion) leviridji kategoriyasi bilan tavsiflanadi. Uning darajasi korxonaning ishlab chiqarish tavakkalchiligini qo’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |