O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


Zararsizlik nuo’tasi – korxona foyda ham, zarar ham qo’rmaydigan mahsulot hajmini ifoda etish darajasidir


Download 0.59 Mb.
bet117/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

Zararsizlik nuo’tasi – korxona foyda ham, zarar ham qo’rmaydigan mahsulot hajmini ifoda etish darajasidir. Qo’ramizki doimiy va o’zgaruvchan harajatlarni qoplab zararsizlik nuo’tasiga chiqish uchun «Nurli tong» korxonasi sotish hajmini anchagina oshirishi zarur. (27586 so’m). U holda «Ester» firmasi 7500 so’mlik yo’llanma sotsa kifoya qiladi. SHunda ham foyda olishni boshlaydi.
Bu hildagi misollar ko’plab resurlar talab qiladigan metallurgiya, temir yo’l, suv transporti, neft qazib chiqazish sohalariga tegishli. Bunday korxonalarda doimiy harajatlar salmog’i ancha yuqori bo’ladi. (Ishlab chiqarish leviridji yuqori). Ularda bozor munosabatlari holati yaxshi bo’lmasa zarar qo’rish ehtimoli tavakkalchiligi yuqori
bo’ladi. Ishlab chiqarish levirid-jini yuqori bo’lib chiqishi korxonani tavakkalchilik
bilan ish qo’rishini qo’rsatadi. Lekin harajatlar tarkibida doimiy harajatlar salmog’ini yuqori bo’lishini salbiy holat deb hisoblash to’g’ri bo’lmaydi. Sababi bunday sharoitda korxonada yangi ishlab chiqarish quvvatlari kiritilgan, texnikaviy qayta qurish ishlari, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari amalga oshirilgan bo’lishi mumkin. So’zsiz bu xildagi barcha omillar ijobiy bo’lib doimiy harajatlar salmog’ini oshiradi va ishlab chiqarish leviridji samaradorligini, mehnat unumdorligini qsishini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish leviridjini samaradorligini korxona pul tushumlarini o’zgarishi bilan, uning foydasi bilan o’zgarishini ifodalaydi. «Nurli tong» korxonasida ishlab chiqarish leviridji 6,33% ga teng. Bu shuni qo’rsatadiki, mahsulot sotishdan kelgan pul tushumlarini 1% kamayishi uning foydasini 6,33% ga kamayishiga olib keladi. Pul tushumlarini 10% ko’payishi foyda miqdorini 63,3 % ga o’zgartiradi. (10%x6,33%).
SHunday qilib, korxona yoki firmalardagi ishlab chiqarish leviridjining darajasi – bu mahsulot tannarxi tuzilishi va ishlab chiqarish hajmini o’zgartirish yo’li bilan foydadan foizlar va soliqlarni ajratguncha bo’lgan foyda miqdoriga ta’sir etishning potentsial imkoniyatlarining tavsifidir.

Demak, mahsulot sotishdan kelgan pul tushumlarini o’zgarishi foyda miqdorini keskin o’zgartiradi. Bunday holat esa ishlab chiqarish dastaklarining samaradorligi deb ataladi. O’zgaruvchan harajatlarni qoplagandan keyingi realizatsiya hisobidan kelgan tushumlarni foydaga nisbati ishlab chiqarish dastaklarining ta’sir kuchini qo’rsatadi. Umumiy harajatlar miqdori bir xil bo’lganda o’zgaruvchan harajatlar qancha kam bo’lsa, ishlab chiqarish dastaklarining ta’sir kuchi ham shuncha ko’p bo’ladi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling