14-jadval
Olmota shahridagi «Alkor» mashinasozlik korxonasining moliyaviy natijalari (gipotetik ma’lumotlar)
№
|
Qo’rsatkichlar
|
O’tgan yili
| |
Hisobot yili
| | | |
Daromad
|
Harajat
|
Daromad
|
Harajat
|
1
|
Mahsulotni sotishdan kelgan tushum. QQS
|
245129
---
|
29146
|
322946
---
|
44308
|
2
|
Mahsulot sotishdan kelgan sof tushum
|
215983
| |
278638
| |
3
|
Sotilgan mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi
| |
169778
| |
253782
|
4
|
Yalpi sotishdan qo’rilgan foyda
|
46205
| |
24856
| |
5
|
Asosiy ishlab chiqarish faoliya-tining moliyaviy natijasi
|
47361
|
17104
|
24856
|
20697
|
6
|
Umumxo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari
|
30859
| |
7117
| |
7
|
Soliq to’lagunga qadar moliya-viy natija
| | |
7117
| |
8
|
Foyda (daromad)dan ajratma-lar
| |
18056
| |
5081
|
9
|
Boshqa soliq va ajratmalar
| |
256
| |
201
|
10
|
Hisobot davridagi sof foyda (zarar)
|
12547
| |
1835
| |
Bu korxona sport Bilan shug’ullanish uchun zarur bo’lgan 20 xilga yaqin trenajor uskunalari ishlab chiqaradi.
Korxona ihtiyorida qolgan sof foyda quyidagi ishlarga taqsimlanadi:
- ishlab chiqarishni rivojlantirish;
- rezerv fondini yaratish;
- divedentlarni to’lash;
- yil yakunlari bo’yicha moddiy mukofatlar berish.
Taqsimlanmay qolgan foyda balans passivining birinchi qismi bo’lgan «Xususiy mablag’larni yaratish manbalari» qismining tarkibida turadi.
Jadval ma’lumotlaridan qo’rinadiki, korxona ixtiyorida qolgan sof foyda hisobot yilida ancha kam bo’lgan. Sotilgan tovar mahsulotlari rentabelligi o’tgan yili 18,8 %
(46205:245129)100; hisobot yilida (24856:322946)100=7,6% bo’lgan, ya’ni salkam 2,5 marta past bo’lgan. Bunga sabab mahsulot tannarxi keskin oshib ketgan, foyda tarkibidagi o’zgarishlar esa qoniqarli bo’lmagan.
Asosiy iboralar va tushunchalar
- Samaradorlik - resurslardan foydalanish mahsuldor-ligini ifodalaydi.
- Mutloq (absolyut) samaradorlik - har doim olingan natijani uni olish uchun zarur bo’lgan harajatlarga nisbatini ifodalaydi.
- Pirovard daromad (MR) deb mahsulot hajmini bir birlikka qsishi (Q) natijasida daromadning qsishiga (R(Q) aytiladi.
- Yalpi sotishdan qo’rilgan foyda.
- Asosiy faoliyatdan qo’rilgan foyda.
- Umumiy faoliyatdan qo’rilgan foyda.
- Soliq to’lashga qadar bo’lgan foyda.
- Iqtisodiy (sof) foyda - bu umumiy pul tushumlaridan barcha harajatlarning farqidir (Moliyaviy natijalar bo’yicha hisobotga qarang F№2. Ґarajatlar tarkibi to’g’risidagi qo’llanmaga, amaliy ma’lumotlarga murojat qiling).
- Yalpi foyda – kompaniyaning mahsulot sotishdan kelgan pul tushumlari va mahsulot tannarxining farqi.
- Yalpi marka – firmaning sotilgan mahsulotdan kelgan pul tushumlaridan foiz hisobidagi yalpi foydasi.
- Kliring - o’zaro talablar va majburiyatlarni hisobga olish yo’li bilan naqd pulsiz hisob-kitob ishlarini amalga oshirish tizimi.
- Zararsizlik nuo’tasi – chizmada ma’lum miqdorda ishlab chiqarilgan mahsulotdan keyingi har bir mahsulotning foyda keltirishini qo’rsatuvchi nuo’ta.
- Zararsizlik nuo’tasi – korxona foyda ham zarar ham qo’rmaydigan mahsulot hajmini ifoda etish darajasidir.
- Zararsizlik normasi – sotilgan mahsulotdan kelgan daromadni ishlab chiqarish xarajatlari bilan teng kelishidir. Bunda «nol darajadagi foydaga» erishiladi.
Zararsizlik normasi =
Ìaõñóëîò áèðëèãèíèíã áaõîñè - Ìaõñóëîò áèðëèãè ó÷óí
óçãaðóâ÷aí õaðaæaòëað
Äîèìèé õaðaæaòëað
15. «Leviridj» – «Leverage» amerikacha ibora bo’lib, maxsus adabiyotlarda keng qo’llanilmoqda.
- «Leviridj» - qandaydir kuch ta’sirida og’ir buyumlarni ko’tarish ma’nosini beradi. Boshqacha aytsak, ma’lum miqdordagi foydani olishga bo’lgan xarajatlarning ta’sir kuchini qo’rsatadi.
- «Leviridj» - sotuvchi va xaridorning bozorda o’z o’rnini saqlash pozitsiyasi.
V. «Leviridj» - Operatsiya «dastagi», kompaniyaning asosiy faoliyat va foydalanilayotgan ishlab chiqarish quvvatidan olgan daromadi hisobiga foydasini qsish darajasi.
- Ishlab chiqarish leviridjining samaradorligi – korxona pul tushumlarini o’zgarishi bilan uning foydasi ham o’zgarishini ifodalaydi.
- Mahsulot tannarxi - bu korxonaning qiymat birligidagi mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bo’yicha barcha xarajatlaridir.
- Transaktsiya – kompaniyalarning hisob raqamida aks etdirilgan har qanday operatsiyalar.
- Transaktsion xarajatlar – kompaniyaning savdo-sotiq faoliyati bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar (aktsiya, kqchmas mulk, har qanday aktivlar).
- Faktoring – kompaniyaning qarzlarini (uning to’lanmagan schetlarini sotib olish va mijozidagi pullarini yig’ish) sotib olish yo’li bilan moliyalashtirish usuli.
- Dividentlar – kompaniya aktsionerlari uchun o’z foydasi (daromadi) hisobidan soliq to’lagandan keyingi to’lovlari. Kompaniya foyda olmaganda ham dividentlar rezerv fondi hisobidan to’lanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |