O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan
Korxona foydasi va uning taqsimlanishi
Download 0.59 Mb.
|
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-chizma Daromadni taqsimlash tartibi
- Sotilgan mahsulotdan kelgan sof tushum – bu daromaddir.
11.3. Korxona foydasi va uning taqsimlanishi
Foyda, daromad to’g’risida tushuncha va uni hisoblash tartibi. Ishlab chiqarish samaradorligini har tomonlama oshirish iqtisodiyotni hozirgi bosqichida rivojlantirishning eng muhim xo’jalik vazifasidir. Bu vazifani hal etish maksimal foyda bergan mahsulot hajmining optimal yo’llarini tanlash bo’yicha qilinadigan ishlarni davom ettirish bilan bog’liqdir. Foydani maksimallashtirish to’g’risidagi taxminlar makroiqtisodiyotda ko’p ishlatiladi. CHunki uning yordamida korxona va firmalaning xatti-harakatlarini (faoliyatini) aniq bashorat qilish va keraksiz murakkab analitik hisoblashlardan voz kechish mumkin. Foyda - ishlab chiqarish samaradorligining eng muhim qo’rsatkichidir. Korxonalar to’g’risidagi O’zbekiston Respubli-kasining qonuniy hujjatlarida qo’rsatilishicha: Hamma turdagi korxonalarni xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalarini umumlashtiruvchi asosiy qo’rsatkich foyda (daromad)dir. Foyda (daromad) amartizatsiya ajratmalari, qimmatli qog’ozlarni sotshdan tushgan pul, mehnat jamoasi a’zolarining, korxona va tashkilotlar, fuqarolarning pay va o’zga badallari, shuningdek boshqa tushimlar korxona moliyaviy resurslarini tashkil etuvchi manba’lardir. Foyda va daromad tushunchalari bir xil emas. Daromad miqdori foydadan kattadir. Korxonaning xo’jalik faoliyatidan olingan daromad uning hisobiga quyidagi qismlar bo’yicha qo’shiladi:
14-chizma Daromadni taqsimlash tartibi
Sotilgan (realizatsiya) mahsulotdan tushgan pul mablag’lari Sotilgan mahsulot tannarxi (moliyaviy xarajatlardan tashqari) Xom ashyo materiallari sarfi O’zgaruvchan ustama xarajatlar Mehnat xarajatlari Yalpi daromad (marjinal foyda, qo’shilgan) Shartli-doimiy ustama (naklad-nie) (boshqaruv) xarajatlar Kommertsiya xarajatlari Boshqa daromad va xarajatlar saldosi Reinvestitsiya qilinlandagi foyda Oddiy aktsiya bo’yicha dividentlar Foizlar va soliqlar ajratilgunga qadar bo’lgan foyda
Ularning tarkibi to’g’risida ma’lumotlarni «mahsulotni (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish, hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to’g’risida»gi Qo’llanmadan topish mumkin. Sotilgan mahsulotdan kelgan sof tushum – bu daromaddir. Mahsulot sotishdan kelgan sof tushumni aniqlash uchun (ishlar, xizmatlar) sotishdan kelgan tushumdan qo’shilgan qiymat solig’i (QQS), aktsiyalar qiymati, chetga chiqarilgan mahsulot solig’i kabilar ayrib tashlanadi. Xuddi shu sotilgan mahsulotdan olingan sof tushum qo’rsatgichi korxonani o’z ixtiyorida qolgan daromadini qo’rsatadi va bu daromad undan keyingi barcha turdagi foyda qo’rsatgichlarini hisoblash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Daromadni taqsimlash tartibi quyidagi chizmada keltirilgan. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt (yuridik shaxs) faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi qo’rsatkichlari bilan tavsiflanadi: Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling