O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


Download 0.59 Mb.
bet68/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

Asosiy iboralar va tushunchalar
  • Xo’jalik shartnomasi - fuqoralar va yuridik shaxslarning huquq va burchlarini belgilash, o’zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlardir.
  • Majburiyat - fuqarolik huquqiy munosabat bo’lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan xarakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishlarni bajarish, xizmatlar qo’rsatish pul to’lash va

  • x.k. yoki muayyan xarakatdan o’zini saqlashga majbur bo’ladi, kreditor esa-qarzdordan o’zining majburiyatlarini, bajarishini talab qilish xususiyatiga ega bo’ladi.
  • Oferta - bir yoki bir necha aniq kishilarga taklifni kiritgan shaxsning taklifi asosida tuzilgan shartnoma OFERTA deyiladi. (O’zbekiston Respublikasining fuqarolik Kodeksi. 367-modda).
  • Aktsept - oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi javobi aktsept hisoblanadi. (O’zbekiston Respublikasi fuqorolik kodeksi 370-modda).
  • Aktiv - buxgalteriya hisobining bir qismi bo’lib, unda korxonaga tegishli barcha narsalar aks etdirilgan bo’ladi. Moddiy boyliklar, pul mablag’lari, olish kerak bo’lgan qarzlari ( ma’lum muddatlar).
  • Passiv - xarajatlarni daromaddan oshib ketgan miqdorini aks etdiruvchi buxgalteriya balansining bir qismi. To’lov balansidagi defetsit.
  • Bank – kredit - moliya mua’ssasi bo’lib, unda korxonalarning yoki alohida shaxslarning vao’tincha bo’sh turgan pul mablag’lari tqplangan bo’ladi va ularni kredit (qarz, ssuda) sifatida beriladi, mamlakatda pul xarakatini tartibga soladi.
  • Buxgalteriya hisobi - xo’jalik jarayonlarini, ularning natijalarini va pul hisobida ishlatilgan resurslarni hisob raqamlarida aks etdirish.
  • Valyuta boyliklari - xorijiy valyutalar, qimmatbaho qog’ozlar; qimmatbaho metallar; qimmatbaho tabiiy toshlar.
  • Valyuta rezervlari - oltinni markazlashtirilgan zaxirasi va markaziy banklardagi va mamlakatning valyuta-moliyaviy tashkilotlaridagi xorijiy valyutalar.
  • Valyuta - mamalkat pul birligi; xorijiy davlatlarning pul belgisi; xorijiy pul birliklarida (veksel, chek va hokazo) ifoda etilgan muomaladagi va to’lovdagi hamda xalqaro hisob-kitoblarda ishlatiladigan kredit mablag’laridir.
  • Diversifikatsiya - shu firma ishlab chiqaradigan maxsulot turini kengaytirish; mamlakat iqtisodiyotini rivojlantrishdagi yangi sifatli xolat.
  • Diller - ko’pincha o’z nomidan va o’z hisobidan tovarni boshqalarga sotib yuboradigan shaxs yoki firma.
  • Mahsulot etkazib berish shartnomasi - shartnomaga muvofiq etkazib beruvchi kelishilgan muddatga tovarni xaridorga mulk sifatida topshirish majburiyatini oladi, xaridor esa tovarni qabul qilish va uning uchun ma’lum miqdorda pul mablag’larini to’lash majburiyatini oladi.
  • Mijoz - doimiy xaridor, buyurtmachi.
  • Kontrakt - tovarga egalik qilish xuquqini sotuvchidan xaridorga o’tishini mqljallagan, tovar va xizmatlarni oldi-sotdi shartnomasi.
  • Baho liberalizatsiyasi - markaziy boshqarmalar nazoratidan bo’shatilishiga yqnaltirilgan bahoni shakllantirishning davlat siyosati yoki bunday nazoratni anchagina bo’shashtirilishi.
    • Tovar markasi – tovarlar yoki xizmatlar o’xshashligini boshqa raqobatchilarning shunday tovarlaridan farqlash uchun zarur bo’lgan nomi, ibora, belgi, simvol, chizma yoki ularni mutanosibligi.
    • Marka nomi – markaning bir bo’lagi, masalan, «Eyvon», «SHevrale».
    • Marka belgisi (emblema) – marka bo’lagi, uni anglash mumkin, lekin aytish qiyin (mumkin emas), masalan, simvol, qo’rinish, farqlab turuvchi bo’yoq yoki o’ziga xos boshqa qo’rinishlar.
    • Tovar belgisi - huquqiy himoyalash bilan ta’minlangan marka yoki uning bo’lagidir. Tovar belgisi sotuvchilar huquqini himoya qiladi.
    • F’yuchers – kelajakda aktsiyalar, obligatsiyalar, valyuta yoki tovarlarni ma’lum bahoda sotib olish bo’yicha kontrakt.
    • Forfard bitimi – bugun kelishilgan muddat va bahoda kelajakda qimmatli qog’ozlar, valyuta va tovarlarni sotib olish bo’yicha kelishuv.
    • Overdraft – Evropa banklarida kredit olishning usullaridan biri.
    • Dekart – muddatidan avval pul to’langanligi uchun tovar bahosidan chegirma yoki tovon sifati va miqdorini kelishuv (bitim)ga qo’ra mos kelmasligi.


    • Download 0.59 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   123




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling