O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


Mashina va qlchov asboblarining sifati ularning mustaxkamliligiga va uzoq ishlash qobiliyatiga qarab aniqlanadi


Download 0.59 Mb.
bet70/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

Mashina va qlchov asboblarining sifati ularning mustaxkamliligiga va uzoq ishlash qobiliyatiga qarab aniqlanadi. Masalan: buyumning ishlash muddati, remontlararo davrdagi ishlash muddati, unifikatsiyalashish darajasi, chet el va ilg’or korxonalarda ishlab chiqarilgan buyumlarga nisbatan bo’lgan sifatlilik darajasi va boshqalar.
Mustahkamlilik – buyumning mqljallangan muddatda, o’z xizmat qo’rsatkichlarini o’zgartirmay, zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish xususiyatidir.
Uzoq muddat ishlash qobiliyati buyumning, mqljallangan muddat davomida, zarur bo’lgan remont ishlarini o’tgan holda, ishlash qobiliyatini o’zgarmaslik xususiyatidir.
  • Estetik va ergonomik qo’rsatkichlar.

  • Estetik qo’rsatkichlar buyumlarni badiiy-konstruktorlik tomonlaridan (arxitektura shakli, tashqi qo’rinishi, ishlov berilganligi, rangini) xarakterlab beradi. Ergonomik qo’rsatkichlar buyumlarni konstruktsiyasini, psixofoizziologik va xizmat qiluvchi xodimlarni mehnat gigienasi talablariga mos kelishini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda buyumlardan foydalanish qulayliklarini qo’rsatadi.
  • Iqtisodiy ya’ni tejamkorlik qo’rsatkichlari. Masalan, mahsulotning mehnat salmog’i, materiallar, elektroenergiya salmog’i, foyda, samara birligiga to’g’ri keladigan xarajatlarning umumiy miqdori. Xususan, yuk tashuvchi mashinalarda yuk ko’tarish quvvatining xar tonnasiga to’g’ri keladigan (ketadigan) metal xarajatlari, yoki avtomabil shinalarining har 1000 km. yo’l bosishiga to’g’ri keladigan mahsulot tannarxi. Bu guruh qo’rsatkichlarga brak mahsulotning salmog’i, sifati qoniqarsiz bo’lgan mahsulotlar uchun to’lanadigan jarimalar, buyumlarni kafolatli ta’mirlash xarajatlari va birinchi marta qo’rishdayoq sifatli deb topilgan mahsulotning salmog’i kabi qo’rsatkichlar kiritiladi.
    • Buyumlarni (sorti) sifat turi, navlari. Bu xil qo’rsatkichlar iste’mol buyumlariga, ayrim xil mehnat buyumlariga nisbatan ishlatiladi. Bunda mahsulot sifatini xis qilish a’zolari yordamida – orgonoleptik usul bilan aniqlash yuqori o’rinni egallaydi. Bu usul mahsulot sifatini aniqlashni boshqa obektiv usullari bo’lmaganda va asosan oziq- ovqat sanoati korxonalarida qo’llaniladi.
    • Ekologik qo’rsatkichlar. Ular atrof-muxitga zararli ta’sir etish darajasini qo’rsatadi.

    • Mahsulot sifatini tartibli ravishda yaxshilash, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishning zarur sharti, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xalq farovonligini qstirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
      Mahsulotning miqdori va sifati o’zaro dialektik bog’liqdir. Yuqori sifatli mahsulot sifatsiz tayyorlangan mahsulotga nisbatan jamiyat ehtiyojlarini yuqoriroq darajada qondirishga qodir. Demak, mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish hajmini qo’shimcha xarajatlarsiz oshirish demakdir. Mutaxassislarni hisoblashlariga qaraganda xarajatlar mahsulot hajmini oshirishga qilingan xarajatga qaraganda 2 marta ortiqdir. Bizning korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar dunyo standartlarining talablarini qondira olishlari zarur. Korxonaning asosiy vazifasi xalq xo’jaligi va fuqarolarning shu korxona kam sarf-xarajat qilgan holda ishlab chiqaradigan (ishlarga, xizmatlarga) ijtimoiy extiyojlarini butun choralar bilan qondirishdan, mamlakatning sotsiol-iqtisodiy taraqiyotini jadallashtirishga qo’shadigan xissasini ko’paytirishdan, hamda ana shu asosda o’z jamoasi va uni a’zolari daromadini oshirishni ta’minlashdan iborat. SHunga qo’rra, mamlakatimizda o’zining texnik-iqtisodiy qo’rsatkichlari bo’yicha eng yaxshi dunyo namunalariga mos keladigan, tashqi bozorda raqobat qilaoladigan yuqori samaradorlikka ega bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish zarur bo’ladi.


    Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   123




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling