O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan
Download 0.59 Mb.
|
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII-BOB. MAHSULOT SIFATI VA SERTIFIKATLASH 7.1. Mahsulot sifati va sifat qo’rsatkichlari
- Iste’mol qilish xususiyatlari bo’yicha talabni qondiruvchi qo’rsatkichlar.
- Buyumlarni konstruktiv parametrlarini xarakterlovchi qo’rsatkichlar.
Nazorat savollari
VII-BOB. MAHSULOT SIFATI VA SERTIFIKATLASH 7.1. Mahsulot sifati va sifat qo’rsatkichlari Mahsulotning sifati – shu mahsulotning mqljallangan maqsadlarda foydalanishga yaroqli ekanligini belgilovchi xususiyatlar yig’indisidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xilma-xil tovarlar chiroyli o’ralgan, joylashtirilgan, ishonarli reklama qilinayotgan bo’lishiga qaramay sifatsiz mahsulotlar ham topiladi. Ayrim xollarda inson salomatligiga putir etkazadiganlari ham mavjud. Misol, sifati sotilayotgan mahsulot sifatini tekshirish bo’yicha o’tkazilgan reyd ma’lumotlaridan foydalanamiz:
2003 yili 602 ta ishlab chiqarish, 1025 nomdagi mahsulot sifati tekshirilganda O’zbekiston bo’yicha 84,4% korxona standart talabalarini bajarmaganligi ma’lum bo’ldi. Sifat talablarini bajarmaslik «O’zmevasabzavotvinosanoat» korxonalarida eng ko’p - 95,7% ni tashkil etadi. Sut mahsulotlari sifatini buzilishi 88% bo’lgan. Eksport mahsulotlaridan 10 mlrd so’mlik mahsulot qaytarilgan, import mahsulotlaridan esa 58 mln so’mlik. Ushbu misollar qo’rsatadiki, mahsulotni sifat tomonlari muxim iqtisodiy ham ijtimoiy ahamiyatga ega. Mahsulotni yuqori sifatda bo’lishi, yaxshi bajarilgan ish yoki qo’rsatilgan xizmat ishlab chiqaruvchining o’zi uchun ham iste’molchi uchun va butun iqtisodiyot uchun ham katta ahamiyatga ega… Yuqori sifat – bu firmaning imidji, obrqsi, ishlab chiqarish hajmini muttasil oshirib borish imkoniyati, bozorda mustahkam o’rnashish va pirovard natijada daromadni qsishi va muvoffaqiyatlar garovidir. SHuning uchun korxonada va mamlakat miqyosida doimo mahsulot sifatini yaxshilash, uning raqobabardoshligini oshirish to’g’risida qayg’urmoq, tadbir-choralarni amalga oshirmoq zarur. Firma va kompaniyalar o’z mahsulotlari sifatini yaxshilab borib o’z obrqlarini, markalarini saqlab turishlari kerak, aks holda ular katta zarar qo’rishlari mumkin. Masalan, Toshkentdagi 500 kishi ishtirokida o’tkazilgan reytingda xaridorlarni firmalar va savdo markalariga qanchalik ishonish mumkinligi haqida quyidagi savollar berilgan edi. 3. Siz qanday markadagi tovarlarni xarid qilishni va qanday ishlab chiqaruvchilar xizmatidan foydalanishni afzal qo’rasiz? 2001 yili respublikamizdagi tovar markalariga 13,5% darajasida ishonch bildirilgan. 2002 yili tovar markalari va firmalarga ishonch darajasi 9% bo’lgan. Ular tarkibida O’zbekistondagi firmalar va tovar markalari esa 90ta bo’lgan yoki 15,3%. Sanoat mahsulotining sifati korxona faoliyatini rejalashtirishda qo’llaniladigan asosiy qo’rsatkichlardan biridir. Unda mehnatni tashkil qilish, uni jihozlanish darajasi, mutaxassislarning malakasi, marketing va menejment ishlari xolati ifodalanadi. Mahsulot sifati iqtisodiy jihatdan iste’mol qiymatining qlchovi va foydalanish darajasi sifatida namoyon bo’ladi. Mahsulot sifati iste’mol qiymatidan ob’ektiv ravishda kelib chiqadigan va u bilan bog’liq bo’lgan tushunchadir. Iste’mol qiymati ma’lum sifatdan tashqarida mavjud bo’lmaydi. faqat foydali buyum iste’mol qiymatiga ega bo’ladi. Mahsulot xususiyati – bu tovarni yaratish, foydalanish va iste’mol qilish jarayonida ob’ektiv ravishda namayon bo’ladigan belgilardir. Mahsulot xususiyati uni sifat qo’rsatkichlari bilan aniqlanadi. Mahsulot sifatiga va uning texnik – ekspluatatsion (foydalanish) xususiyatlariga baho berish uchun quyidagi qo’rsatkichlar guruhi ajratiladi:
Masalan, stanokning yoki mashinalarning resursi, yuk ko’tarish quvvati, quvvati, unumdorligi, aniq ishlashi, ekskovator chqmichining hajmi, dvigatellar tsilindirining hajmi va foydali xarajatlar koeffitsienti (KPD) va boshqalar. Bu xil qo’rsatkichlar mahsulotlarni pishiqligini ifodalaydi. Bular – buyumlarni unifikatsiyalashtirish, agregativligi, geometrikligi, gabariti. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling