O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


Download 0.59 Mb.
bet94/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

Asosiy iboralar va tushunchalar
  • Mulkiy munosabatlar - bu ishlab chiqarish vositalari (texnika, texnologiya, xom-ashyo materiallari va h.k.) va ularning yordamida yaratilgan mehnat mahsulini o’zlashtirish borasida kishilarning o’zaro munosabatlaridir.
  • Kapital - tovar ishlab chiqarish va ishlarni boshqarish uchun xizmat qiladigan barcha ishlab chiqarish vositalaridir. Iqtisodiyotda «Kapital» iborasi ishlab chiqarish vositalarini yaratish uchun sarflanganligini qo’ratish uchun ishlatiladi. Kapital bu harajatdagi narsadir.
  • Investitsiya - tadbirkorlik yoki boshqa faoliyat uchun sarflanib daromad keltiradigan va ijtimoiy samaraga erishishni ta’minlay oladigan moddiy yoki intellektual qiymatdagi buyumlardir.
  • Investitsiya - sarmoya kirituvchi investitsiyani amalga oshiruvchi shaxs tashkilot, davlat.
  • Investitsiya - uzoq muddat xizmat qiladiganlarni yaratish uchun ajratilgan, mqljallangan «lekin xali sarf etilmagan (moddiylashmagan) kapitaldir».
  • Investitsiya jarayoni - qimmatli qog’ozlar uni amalga oshirish hajmi va muddati to’g’risida investorning bir qarorga kelishini ifoda etadi.
  • Investor - sarmoya kirituvchi investitsiyani amalga oshiruvchi shaxs tashkilot, davlat.
  • Inflyantsiya - qog’oz pullarni tovar oboroti talabidan ancha-muncha oshib ketgan miqdorda chiqarishning natijasiga qarzlanishdir.
  • Diskont - vekselni hisobga olish; hisob fondi; tovar bahosidang chegirma.
  • Stavka foizi deb olingan qarz bilan qaytarilgan pulning farqiga aytiladi. Stavka foizi
  • yillik to’lov.
    • Real stavka foizi - investitsiyalarning hisobiga xarid qilinadigan tovarlar (yoki xizmat ishlaridan foydalanishi) miqdorinig qaytilishini qo’rsatadi.
    • Nominal stavka foizi bugun dollar investitsiya qilsak biz kelishishda ko’p dollar olishimizni qo’rsatadi. Bizni ko’proq nominal stavka foizi emas real stavka foizi qiziqtiradi; bizni ko’proq xozirgi va kelasi davrdagi bir xil miqdordagi dollarga qancha narsa xarid qilish mumkinligi qiziqtiradi.
    • Subsidiya - qaytarilmaydigan davlat yordami.
    • Ipateka – ssuda olish uchun kqchmas mulk garovi.
    • Annuitet (ronta) – ma’lum muddatda daromad keltirib turuvchi investitsiyalar.
    • Spred - qimmatli qog’ozlarga bo’lgan talab bahosi bilan sotish bahosi orasidagi

    • farq.
    • Ish haqining minimal (eng kam) miqdori – davlat tomonidan qonunchilik asosida o’rnatilgan ish haqining eng kam kafolatlangan miqdori.


  • Moddiy rag’batlantirish – kishilarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish va ishtiyoq uyg’otishning shakli, usuli va vositalaridir.
  • Mehnat miqdori – xodimning mehnat faoliyati jarayonidagi jismoniy va aqliy energiyasining (muskulnoy i nervnoy energiya) yig’indisidir.
  • Mehnat madaniyati – xalqlarning umumiy madaniyatining tarkibiy qismi; mehnat madaniyati xodimning o’z kasbini bilishi, ma’lumoti, o’z sohasini bilimdonligi, mehnat intizomi, norma va qoidalarga rioya qilish, boshqa kishilar bilan muomalada bo’lish shakllari, umuman xodimning madaniyat darajasi bilan aniqlanadi.
  • Mehnat me’yori (normasi) – ma’lum miqdordagi ishni bajarish uchun ketadigan (yoki ketgan) vao’t miqdori bilan yoki ma’lum vao’t (soat, kun) oralig’ida bajarilgan ish miqdoridir.
  • Vao’t normasi – bitta xodim yoki bir guruh xodimlarni bir birlik ish bajarishlari uchun o’rnatilgan ish vao’tining xarajat miqdoridir.
  • Mehnat normativlari – bu ishlarning ayrim bo’laklarini (komplekslarini) bajarish ishlab chiqarish bo’g’inlariga va x.k.larga xizmat qilish bo’yicha ish vao’ti (mehnat xarajatlari)ning belgilangan miqdoridir va shuningdek ishlab chiqarishning aniq shart-sharoitlariga bog’liq ravishda ishlab chiqarish, boshqaruv vazifalarini yoki boshqa ishlarni bajarish uchun qlchov birligi sifatida qabul qilingan xodimlar sonidir. Mehnat normativlari mehnat sarfining me’yorini (normasini) aniqlash uchun zarur bo’ladi.
  • Mukofat tizimi - o’zaro bog’liq bo’lgan va mukofat berishning butun tartibotini tashkil etgan mehnatga rag’batlantirish elementlarining yig’indisidir.
  • Mukofatlash – xodimlarni turli xildagi xo’jalik vazifalarini xal etishdagi rag’batlantirishning iqtisodiy usulidir.
  • Mehnat unumdorligi – berilgan vao’t mobaynidagi aniq maqsadga qaratilgan ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligi darajasini aniqlovchi konkret mehnatning foydalilik natijasini ifodalaydi.
  • Kasb (xodimning kasbi) – kishining ijtimoiy – foydali mehnat faoliyatining

  • bir shaklidir. Masalan, apparaturada ishlaydigan xodimlar, operatorlar, mashinistlar, xodimlarning kasbi bo’yicha tarkibini o’rganish, xalq xo’jaligini turli xil yqnalishdagi kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash imkoniyatini beradi.
  • Oddatda bitta kasb bir qancha ixtisosliklardan va mutaxassisliklardan iborat bo’ladi. Mehnat shartnomasi xodimning kasbi bo’yicha tuziladi.
  • Ixtisos – shu kasb miq’yosida ma’lum xildagi mehnat faoliyatini bajarish uchun zarur bo’lgan maxsus tayyorgarlik va ish tajribasini tqplash yo’li bilan olingan bilimlar yig’indisidir. Masalan, quruvchilik kasbi – g’ish teruvchi, duradgor, bo’yoqchi va x.k. ixtisosliklardan iborat. Sog’liqni saqlash shifokor (vrach) kasbi – terapevt, xirurg, stomatolog, nevropotolog kabi ixtisosliklarga ajratiladi; o’qituvchi kasbi esa – matematika, tarix, kimyo kabi o’qituvchilik kasblariga bo’linadi.
  • Tarif setkasi – ishchilarning mehnat murakkabligiga qarab tarif stavkalarining diferentsiatsiya qilishni boshqarishning tarif tizimini bir bo’lagidir. Tarif setkasi – ishchilarning ish razryadlari va tarif koeffiuientlarini ifoda etadi.
  • Tarif stavkasi – shu razryaddagi ishchining vao’t birligi (soat, kun, oy) ichidagi mehnat haqi to’lovlarning miqdorini qo’rsatuvchi tarif tizimining muxim bo’lagidir. Birinchi razryadga kirgan ishlarning tarif stavkasi vao’t birligi ichida eng oddiy ishni bajarish uchun to’lanadigan eng kam (minimal) mehnat haqini qo’rsatadi.
  • Tarif razryadi – ishchining o’z malakasi darajasida bajaradigan ishining murakkabligini ifoda etuvchi qo’rsatkichdir.
  • Tarif koeffitsienti – tarif setkasining bir bo’lagi bo’lib, II va undan keyingi razryaddagi tarif stavkalarini bir deb qabul qilingan. I-razryadning tarif stavkasiga bo’lgan nisbatini ifodalaydi.
  • Mehnat qobiliyati – kishining ijtimoiy-foydali mehnat qilishi uchun zarur bo’lgan jismoniy va aqliy qobiliyati (xususiyatlari) majmua’sidir.


  • «Mehnat» - kishilarning tovar ishlab chiqarish va xizmat qo’rsatish borasidagi jismoniy va aqliy mehnati qobiliyatlaridir.
  • Mehnat resurslari – bu kishilarning mehnat va tadbirkorlik qobiliyatidir.
  • «Resurs» so’zi frantsuzcha bo’lib «Yashash vositasi» degan ma’noni beradi.


  • Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling