Nazorat savollari
Korxona mulki va uning yaratish manba’lari. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uning aniqlash usullari. Asosiy va asylanma kapitaldan foydalanish samaradorligi va uni yaxshilash yo’llari.
IX-BOB. KORXONALARNING AYLANMA KAPITALI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
9.1. Aylanma kapitalning tarkibi va tuzilishi
- Aylanma kapital bu tayyor mahsulot ishlab chiqarish maqsadida tehnika va texnalogiya yordamida inson mehnati yqnaltirilgan barcha mehnat buyumlaridir. Aylanma kapital – bu bir ishlab chiqarish davrida o’z qiymatini tayyor mahsulotga to’laligicha kqchirib o’zining natural qo’rinishini butunlay yo’qotib moddiy shaklda takror va takror ishlab chiqarishni talab etadigan barcha turdagi mehnat buyumlaridir. Masalan, xayvonlar terisini sanoatda qayta ishlab charm xolidagi tayyor mahsulotni olish, metalurgiyada temir rudasini chqyanga, uni pqlatga va prokat mahsulotlarga aylantirish, non ishlab chiqarishda unni nonga aylantirish, chorvadan go’sht olish, pilladan ipak olish va boshqalar.
Aylanma kapital tarkibi quydagicha:
- xom-ashyo, asosiy materiallar va sotib olingan yarim fabrikatlar;
- yordamchi materiallar;
- yoqilg’i;
- idishlar;
- remont uchun ehtiyot qisimlar;
- asbob anjomlar va boshqa kam-qimmatli tez emiriladigan mehnat buyumlari.
Ular korhonada ishlab chiqarish zahirasi xolida bo’ladilar. Bu xildagi resurslarga ishlab chiqarish jarayonida har xil miqdorda mehnat sarf qilinadi va shunga yarasha ular quydagicha nomlanadilar:
- tugallanmagan ishlab chiqarish, ya’ni korhonaning shu tsexida tayor maxsulotga aylanishi kerak bo’lgan chala tayyor mahsulotlar;
- korhona uzi ishlab chiqargan yarim fabrikatlar. Ular shu korhonani boshqa tsexida yoki boshqa korxonalarda tayor maxsulotga aylantiriladi;
- kelasi davr xarajatlari yoki davriy xarajatlar. Bunday xarajatlarga mahsulotni iste’molchiga etkazish, ma’muriy, rvhbarlik harajatlari, ishlab chiqarishni tayyorlash, o’zlashtirish va rivojlatirish bilan bog’liq bo’lgan harajatlar;
- fondlar sifatida kapitalga qo’shilmagan harajatlar va shuningdek xodimlarni yollash, tayyorlash va qayta tayyorlash kabi harajatlar kiradi. Ular shu hqjalik yilida sarf qilinadi va kelasi davrlarda korhona foydasi hisobiga qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |