O’quv amaliyoti hisoboti guruh : 512-20 Bajardi: Batasheva Durdona Tekshirdi: Modullayev Jahongir Mundarija
Download 0.74 Mb.
|
Amaliyot hisoboti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kadr ichi montajining vositalari
Kadr ichi montaji
Usulning yaratilishi va uning mohiyati. Ayrim nazariyotchilar ta’kidlaganlaridek, kadrlararo montaj kino san’atining mohiyatiga tamomila ziddir. Boshqalar esa kadr ichi montaji mavjud bo‘lishi mumkin emas, sababki montaj bu – alohida kadrlarning muayyan ma’no-mazmun doirasida birikishidir deya g‘oyalarni ilgari surganlar. “Kadr ichi montaji” – atamasini rus kino maktabi namoyondalari kino san’atida muomalaga kiritganlar. G‘arb o‘quv adabiyotlarida bunaqa montaj turi mavjudligi haqida umuman so‘z yuritilmagan. Bu o‘quv adabiyotlar mualliflari kadr ichi montaji orqali olinadigan murakkab sahnalar haqida fikr yuritishganda shunchaki mizantsena tushunchasi bilan chegaralanganlar. Biroq, mizantsena so‘zi teatr san’atiga hos so‘z bo‘lib, ekran san’atlari bo‘lgan kino va televidenieda kadr ichi montajining asl mohiyatini tushuntirib berishda yordamchi tushuncha sifatida foydalaniladi. Tushunarli bo‘lishi uchun shunday deyish mumkinki, kadr ichi montaji bu – davomiyligi jihatidan uzun bo‘lgan, ya’ni o‘zida ko‘pgina voqealarni qamrab olgan va uzoq davom etadigan bitta kadrdir. Umuman olganda kadr ichi montajiga aniq va tugal berilgan izoh yoki ta’rif yo‘q. Lekin, bizning bergan ta’rifimiz ham to‘g‘ri. Kadr ichi montajidan ovozsiz kino davridayoq, kino endigina ihtiro qilingan paytdayoq faol foydalanila boshlangan. Aka-uka Lyumerlarning “Stansiyaga poezdning kirib kelishi” va boshqa kadrlari kadr ichi montajiga yaqqol misol bo‘la oladi. Bugungi kunda esa kino san’ati va televidenieda undan faol foydalaniladi. Kadr ichi montaji usullaridan foydalanib baddiy va hujjatli filmlar, teleseriallar, videofilmlar, musiqiy kliplar va reklamalar yaratilmoqda. Kadr ichi montajining vositalariUmuman olganda kadr ichi montajini amalga oshirishga imkon beruvchi beshta asosiy usullari mavjud deyish mumkin. Bular Mizantsena – kadr ichida ob’ektlar va qahramonlarning harakatlanishi. 2. Panorama – kameraning bevosita tasvirga olish vaqtida bir nuqtada turib o‘z o‘qi bo‘ylab burilishi, boshqacha aytganda bir tomondan boshqa tomonga sekin asta qaratilishi. 3. Harakatda tasvirga olish yoki harakatdagi panorama (trevelling) – kameraning bevosita tasvirga olish vaqtida biror harakatlanuvchi vosita ustida (masalan, mashina, operatorlik rels- aravasi, operatorlik krani, stedikamda, dronda yoki qo‘lda) bir nuqtadan boshqa nuqtaga ko‘chishi, ya’ni harakatlanishi va tasvirga olishi. 4. Panoramaning trevelling bilan birga olib borilishi – kameraning bevosita tasvirga olish vaqtida biror harakatlanuvchi vosita ustida bir nuqtadan boshqa nuqtaga harakatlanishi va shu bilan birga bir ob’ektdan sekin-asta boshqa bir ob’ektga qaratilishi. 5. Mizantsenaning kameraning istalgan turdagi harakatlarini bilan birga olib borilishi – bunda kadrni tasvirga olishda yuqorida sanab o‘tilgan barcha usullar birvarakayiga foydalaniladi. Oddiy panoramaning ham 4 ta asosiy turlari bor: 1. Gorizontal panorama. Bunda kamera bir joyda shtativda yoki operatorning yelkasida turganicha o‘z o‘qi atrofida aylana harakat qilib bir ob’ektdan boshqasiga buriladi, qaratiladi. 2. Vertikal panorama. Bunda kamera bir joyda shtativ kallagida yoki operatorningyelkasida turgan holatda yuqoridan pastga yoki pastdan yuqoriga qaratiladi. 3. Diagonalnaya panorama. Bunda gorizontal va vertikal panoramalar birga olib boriladi. Natijada kamera nigohi bir vaqtning o‘zida pastdan-yuqoriga va chapdan-o‘ngga buriladi. Bunga misol qilib samolyotning xavoga ko‘tarilishini tasvirga olish jarayonini keltirish mumkin. Aylanma panorama – bunda kamera tasvirga olish paytida bir nuqtadan turib o‘z o‘qi atrofida 360 gradus to‘liq aylanib tasvirga oladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling