O’quv amaliyoti hisoboti guruh : 512-20 Bajardi: Batasheva Durdona Tekshirdi: Modullayev Jahongir Mundarija


Download 0.74 Mb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1555641
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amaliyot hisoboti

MONTAJNING BADIIY SHAKLLARI

Izchil montaj


Izchil montaj-montajning bu turi eng sodda va eng ko‘p tarqalganidir. Televizion ko‘rsatuv yoki filmning mazmuni va voqeasi tomoshabin uchun harakat va vaqt jihatdan hech qanday uzilishlarsiz bir tekisda rivojlanib boruvchi montaj usuli davomli yoki izchil montaj deb ataladi.
Bu ta’rif ekran ijodining barcha turlari, janrlariga hox u badiiy film, xujjatli film, televizion ko‘rsatuv yoki o‘quv filmi bo‘lsin birdek daxldor.

Parallel montaj.


Parallel so‘zi fransuzcha parallele – parallel, yondosh so‘zidan olingan. Bir vaqtning o‘zida turli joylarda sodir bo‘lgan ikki yoki undan ortiq voqealar tasvirlarini parallel ravishda, albatta o‘zaro bir voqea atrofida bog‘langan holda namoyish etish usuli – ekran san’atidagi parallel montaj deb aytiladi.
Keling, A.S.Pushkinning nafis asarlaridan bir bo‘lgan “Shox Saltan haqida ertak”ni esga olamiz. Knyaz Gvidon Buyan orolida, Shox Saltan esa oroldan uzoqda, o‘z davlatida istiqomat qiladi. Dengizchilar hali orolga, hali Saltan yurtiga suzib Shox Saltanga Gvidon yashayotgan orol va undagi mo‘jizalar haqida so‘zlab berishadi. A.S.Pushkin kitobxonlarga avvaliga Shox Saltan haqida, keyin uning o‘g‘li Knyaz Gvidon haqida va yana Saltan yurti haqida navbatma-navbat hikoya qilib beraveradi.
Ertakda bir vaqtning o‘zida ikkita asosiy qahramonlarning hayoti ochib berilgan va bu esa epizodlarning parallel montajidir. Ertak syujeti avvaliga ikkita syujet chizig‘iga bo‘linadi. Ertak oxirida Shox Saltan Buyan oroliga Gvidonning oldiga tashrif buyurgan paytdan boshlab syujet rivojlanish chiziqlari yana o‘zaro birlashadi.
Shu ertakning o‘zida ham bir epizod ichidagi “parallel montaj”ga misolni kuzatishimiz mumkin. Montaj usuli bir xil bo‘lsada lekin uning ko‘lami juda kichik.
Bir vaqtning o‘zida turli joylarda sodir bo‘lgan ikki yoki undan ortiq voqealar tasvirlarini parallel ravishda, albatta o‘zaro bir voqea atrofida bog‘langan holda namoyish etish usuli – ekran san’atidagi parallel montaj deb aytiladi.
Ikki alohida lekin o‘zaro bog‘langan voqealarni parallel tarzda ko‘rsatish usulini ba’zan kesishuvchi-montaj deb ham ataladi. Biroq, bu parallel montaj usulining shunchaki boshqacha nomlanishidir.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling