O’quv amaliyoti hisoboti guruh : 512-20 Bajardi: Batasheva Durdona Tekshirdi: Modullayev Jahongir Mundarija


Download 0.74 Mb.
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1555641
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amaliyot hisoboti

Assotsiatsiyali montaj


Assotsiatsiya so‘zi lotincha associare – birlashtirish, qo‘shish so‘zidan olingan. Lug‘at va ensiklopediyalarda “assotsiatsiya” so‘ziga “inson ba’zida o‘zaro tamomila farq qiluvchi ikki hodisani ko‘rganida uning ongida bu ikki voqea o‘rtasida qandaydir o‘xshashlik va bog‘liqlikning yuzaga kelishidir” degan ta’rif berilgan.
Montajda, assotsiatsiya so‘zi tomoshabinning tasavvur, his-tuyg‘u va fikrini ifodalaydi. Assotsiatsiya montajida tomoshabinning muayyan tasavurini, his-tuyg‘ularini uyg‘otish orqali uning ongida yangi fikrni, obrazni hosil qilish maqsadida filmga turli kadrlarni montaj qilish nazarda tutiladi. Bunday kadrlar insonning borliq olamdan olgan bilimlari va inson idrokining umumiy xususiyatlarini inobatga olingan holda filmga kiritiladi. Tomoshabin bu ikki xil kadrlarning o‘zaro obrazli bog‘liqligini anglab olishi, tushunishi uchun kiritilgan kadrlarning mazmuni, ularda aks etgan harakat, voqea filmning asosiy qahramoni yoki qahramonlar guruhining hatti harakatlari bilan o‘zaro umumiy xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.

Tahliliy montaj


Taxliliy montaj rus tilida “analitik montaj” deb yuritiladi va bu so‘zning o‘zagida analiz so‘zi yotadi va u qadimgi yunon tilidagi analysis – ajratish, bo‘lish so‘zidan olingan bo‘lib tahlil qilish ma’nosida ishlatiladi.
Bunday usulni adabiy asarlarda ham kuzatish mumkin, lekin adabiyotda bu usul aniq bir nomga ega emas. Ekran san’atidagi bu usulni, hazil tariqasida mavzuli montajning “amakivachchasi” deb atash mumkin. Bu montaj shakli ham – bir voqeaga bag‘ishlangan, lekin mavzuli montajdan farqli ravishda turli mazmunga ega bo‘lgan kadrlarni bir mavzu doirasida yig‘ishni nazarda tutadi.
Taxliliy montajning o‘ziga hosligi va unda qo‘llaniladigan asosiy usul shundan iboratki bunda qandaydir sahna yoki voqea to‘laligicha bir kadrda yoki umumiy planda ko‘rsatilmaydi. Aksincha, voqeani yoritib berish uchun uning faqat ayrim detallari yoki elementlarini ko‘rsatiladi va shu yo‘l bilan tomoshabin ongida butun boshli voqeani ko‘rgandek umumiy va to‘liq tasavvur hosil qilinadi. Bu usul haqiqiy sof holdagi kino san’atiga hos usuldir. Negaki bu usuldan foydalanib rejissyor ssenariyda yozilgan 5-6 varoq voqeani 4-5 ta kadr orqali ko‘rsatib bershi mumkin bo‘ladi.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling