O’quv amaliyoti hisoboti guruh : 512-20 Bajardi: Batasheva Durdona Tekshirdi: Modullayev Jahongir Mundarija


Download 0.74 Mb.
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1555641
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amaliyot hisoboti

Nazmiy montaj


Nazmiy montajni “poetik montaj” deb ham yuritiladi. “Poetika” so‘zi esa yunoncha poetois – she’riyat, nazm so‘zidan olingan bo‘lib, montaj san’atida u obrazlar, istioralar, mubolag‘a san’ati orqali, ekranda tasviriy nazmiy atmosfera va obraz yaratish orqali kadr, epizod va butun film mazmun- mohiyatini ochib berishni nazarda tutadi va she’riyatda qo‘llaniladigan tasviriy ifoda uslublaridan foydalanadi.
Kino san’ati yoki televideniega bag‘ishlangan ayrim kitob yoki darsliklarda bu atamani uchratish mumkin. Lekin, bir tomondan nazmiy montajga aniq va tugal ta’rif berish mushkul.
Hissiyotlar va fikrni nazmiy uslubda ifoda etish uslubi (ekran san’ati ham fikrni bayon etishning o‘ziga hos bir shaklidir)
– doimo muallifning biror narsa haqida ko‘tarinkilik bilan, assotsiatsiya uyg‘otish va boshqa taqqoslash usullaridan foydalanish orqali hikoya qilishini, tomoshabinga materialni bayon etishda uning ta’sir kuchini yanada orttirishga intilishini nazarda tutadi.
Agar adabiyotda qandaydir hodisa yoki his-tuyg‘ularni shoirona tasvirlab berish mumkin bo‘lsa, nega endi bu ishni ekranda ham qilish mumkin emas? Mumkin! Bunga keragidan ortiqroq bir talay yorqin misollarni topish mumkin. Yana ovozsiz kinokartinalarga murojaat qilishimizga to‘g‘ri keladi.
Venger tadqiqotchisi va kino nazariyotchisi B.Balash nazmiy montajga misol sifatida rejissyor S.Eyzenshteynning mashhur “Potyomkin” bronenosesi” filmdagi bir epizodni keltiradi. Bu epizodda bronenoses so‘nggi jang tomon yo‘l oladi va rejissyor bu paytda shiddat bilan ishlayotgan kema motorining mexanizmlarini va jangga shay bo‘lib turgan matroslarning yirik planlarni birin-ketin ko‘rsatgan, ya’ni montaj qilgan. Kema jamoasining harakatlari, matroslarning qat’iyati, yuzlarda aks etgan asabiylik va krivoship, shtoklarning aniq va keskin harakati... Tomoshabinlar ongida esa bu tasvirlar o‘rtasida o‘ziga hos assotsiatsiya yuzaga keladi. Kema va jasur matroslar jiddiy
jang oldidan huddi yagona qudrat sifatida bir-biri bilan qorishib ketgandek go‘yo. Ular bir-birlari bilan yagona ritm va yagona ruhda harakat qilishadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling