O’quv amaliyoti hisoboti guruh : 512-20 Bajardi: Batasheva Durdona Tekshirdi: Modullayev Jahongir Mundarija


Download 0.74 Mb.
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1555641
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amaliyot hisoboti

Klip montaji.


Klip so‘zi (ingl. clip) – bir-birini vaqt jixatdan davom ettirishi shart bo‘lmagan badiiy usulda ketma-ket joylashtirilgan kadrlar jamlanmasi degan ma’noni anglatadi
Klip montaji – bu usul emas, aksincha, ko‘proq montaj uslubi, ekranda hikoya qilish uslubidir. Agar 20-asr oxiriga kelib klip montaji modaga aylanib ketmaganida va bu hol ayrim “aqlli”larni miyasi aynitib qo‘ymaganida, klip montaji haqida balki umuman gapirmagan ham bo‘lardik. Bu uslubni, bundan avval sanab o‘tilgan deyarli barcha usullardan foydalanish paytida qo‘llash mumkin.
Klip montajining mohiyati o‘zi nimada
“Clip”so‘zi ingliz tilidan tarjima qilinganda kesish, qisqartirish, kaltalash, kesib tashlash, qirqib olish va hatto tez yurish degan ma’nolarni ham beradi.
Klip – bu qisqa ekran asari bo‘lib, u o‘z mazmunini ko‘pincha obrazlar orqali va uziq-yuliq ko‘rinishda bayon qilishi bilan xaraktyorlanadi. Odatda, bu montaj uslubidan turli reklama roliklarini yaratishda, estrada qo‘shiqlariga ishlangan musiqiy videokliplarda foydalaniladi. Sahnaning parcha-parcha, uzuq- yuliq ko‘rinishdagi, professionallik nuqtai nazaridan yomon qilingan montaji– montajning klip uslubi bo‘lib, jargonda uni “kadrlarni cho‘qilash” deb ataladi.
Badiiy filmlarda sahnalarni montaj qilishda rejissyorlartomoshabinlar ongidaekrandagi voqealar huddi hayotdagidek uzluksiz ravishda sodir bo‘layotganligi haqida illyuziyani hosil qilishga intiladilar. Bu illyuziyani yaratish uchun esa kadrdan kadrga o‘tishlar montajning o‘nta tamoyillari talablariga to‘liq amal qilgan holda bajarilishi kerak.


Vertikal montaj
Vertikal montaj – bunda tasvir (kadr yoki epizod) musiqaning biror fazasi bilan uyg‘unlashtirilgan holda montaj qilinadi. Bunday montajning ijodkori film obrazli qurilmasidan, g‘oya va mazmundan kelib chiqib, musiqa bilan mutanosib uyg‘unlashuvini tashkil etishini mumkinligini isbotlagan.
Intellektual montaj
Intellektual montaj – uning mohiyati bugun juda oddiy tuyulishi mumkin. O‘shanda esa dunyo miqiyosidagi kino kashfiyoti bo‘lgan edi. Turli tushuncha va mazmunga ega ikki kadr montajda yangi tushuncha, yangi ma’no kasb etadi. Intellektual montaj kino san’atining ruhiy-ma’naviy qudratini oshirdi, hizmatini, estetikasini ham kengaytiradi. Rejissyor izlanishlari bu montaj borasida yana bir kichik, lekin yorqin kashfiyot – “ichki monolog” prinspiga yo‘l ochdi. Bu prinsip kinodramaturgiya va rejissurada keng qanot yozdi. U qahramonning fikran teran, ruhan chuqur obrazini yaratishga yordam beradi. Zero ichki monologda qahramon xatti- harakatlarini, atrof-muhit bilan munosabatlarini tushunishga yordam beradigan his-tuyg‘ular, o‘ylari yorqin ochiladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling