O’quv mashg’
Mustahkamlash uchun savollar
Download 0.9 Mb.
|
Bol.pazan tex.majmumua
- Bu sahifa navigatsiya:
- BALIQDAN YARIM TAYYOR MAHSULOTLAR TAYYORLASH.
- Mustahkamlash uchun savollar
- O’qu v mash g’ ulotining o’q itish texnologiyasi modeli
- № 9. Mavzu: Laboratoriya amaliy mashg’uloti №2. Baliqlarga dastlabki ishlov berish. Reja
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Baliqlar katta-kichikligiga qarab ishlov berish. 2. Yelimbaliq, ilonbaliq. 3. Sudakka ishlovberish. 4. Baliqlarga pazandalik ishlovi berish. Nazariy o’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi № 8. Mavzu: Baliqdan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash. O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli
№ 8. Mavzu: Baliqdan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash. Reja:
1.Baliqlarga dastlabki ishlov berish.
Baliqdan tayyorlanadigan yarim tayyor mahsulotlar katta-kichikligiga qarab yirik (butun baliq) porsiyalangan va mayda kesilgan (xamirga botirib qovurish, solyanka va boshqa taomlar uchun) ko‘rinishda bo‘ladi.Ular ishlatilishiga qarab: asosiy usulda pishirish, oz suvda pishirish, asosiy usulda qovurish, yopish uchun ishlatiladigan turlarga ajratiladi. Asosiy usulda pishirish uchun quyidagicha tayyorlangan baliqlardan foydalaniladi: butun holda, zvenolarga bo‘lingan holda, porsiyalarga taqsimlangan, suyaksiz terili va suyakli terili holdagilari. Baliq kesilayotganda to‘qimasiga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida kesilishi kerak. Porsiyalangan baliq gerisi 2-3 eridan yuzaki kesiladi, bunda baliq o‘z shaklini yo‘qotmaydi. Oz suvda pishirish uchun baliqlar: butun, katta bo‘lmagan zveno holida, suyaksiz terili file holida, terisiz va suyaksiz sof file holida ishlatiladi. Baliq to‘qimasiga 30° burchak ostida dum tomonidan boshlab kesib porsiyalanadi. Tekis kesilgan keng bo‘laklar oz suyuqlik ta’sirida tez va bir xilda ishlov berish uchun qulay bo‘ladi. Hozirgi umumiy ovqatlanish korxonalari oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri sifatli yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Umumiy ovqatlanish korxonalariga «maxsus ishlovdan o‘tgan baliq» va «baliq qiymasi yarim tayyor mahsulotlari» keltiriladi. «Maxsus ishlovdan o‘tgan baliq» yarim tayyor mahsuloti ishlab chiqarishda sovitilgan yoki muzlatilgan holatda har qanday baliqdan (osyotr, seld, vobla, taran, azov-qora dengiz kefali, ey tishli paltusdan tashqarilar) ishlab chiqarilishi mumkin. Yarim tayyor mahsulot tayyorlash uchun birinchi navdagi muzlatilgan, sovitilgan baliq texnik sharoit va standart talabiga javob beradigan darajada bo‘lishi kerak. Markazlashtirilgan yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish maxsus ketma-ket bajariladigan ishlarni mexanizasiyalashtirilgan asosda olib boriladi. Yarim tayyor mahsulot tayyorlash jarayoni quyidagi ketma-ketlik asosida joylashtiriladi, mahsulotni muzdan tushirish, ishlov berib bo‘laklash, yuvish, qisqa muddatda baliqqa qisqa muddatli ishlov berish, uni sovitish va muzlatish. Baliqqa tuzli suvda ishlov berish katta ahamiyatga ega. Bu ishlov natijasi baliqdagi chirituvchi mikroorganizmlarning yuzaga chiqish faoliyati 10 barobar kechiktiriladi, saqlanish sharoiti yaxshilanadi. Tuzli suvda ishlovdan o‘tgan baliqni yarim tayyor mahsuloti 5°Cdan yuqori bo‘lmagan O S dan past bo‘lmagan sovitish kameralarida sovitilib, so‘ng temir qopqoqli maxsus idishlarga joylashtiriladi. Maxsus ishlovdan o‘tib sovitilgan baliq tarkibida. 1% gacha tuz moddasi bo‘lishi yangi baliq hidiga, o‘ziga xos kattalikka, benuqson tashqi ko‘rinishga, o‘ziga xos rangga ega bo‘lishi kerak. Baliq qorin tomondan kesilib tangachalari, boshi, ichak-chavoqlari, uvildirig‘i» ich yog‘i, qora pardasi va qotgan qonlari tozalangan bo‘lishi, suzg‘ich qanotlari kesilishi lozim. Yarim tayyor mahsulot bir sutka davomida 4°C dan oshmagan haroratli xonada saqlanadi. Mustahkamlash uchun savollar: 1. Baliqlar katta-kichikligiga qarab ishlov berish. 2. Yelimbaliq, ilonbaliq. 3. Sudakka ishlovberish. 4. Baliqlarga pazandalik ishlovi berish. Nazariy o’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi № 9. Mavzu:Laboratoriya amaliy mashg’uloti №2. Baliqlarga dastlabki ishlov berish. O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli
№ 9. Mavzu: Laboratoriya amaliy mashg’uloti №2. Baliqlarga dastlabki ishlov berish. Reja: 1.Baliqlarga dastlabki ishlov berish. 2.Baliqdan yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlash. 3.Baliq mahsulotlarni pishirishga tayyorlash. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling