O`quv mashg`ulotida ta’lim texnologiyasi modeli
Darsdan kutilayotgan natijalar
Download 399.5 Kb.
|
Amaliy dars rejasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`quvchi bajara olishi kerak
- Moddiy texnikaviy ta`minot: a)
- Uyga vazifa
Darsdan kutilayotgan natijalar:
O`quvchi bilishi kerak: mavzuni o’zlashtirishgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: 1. O`zgaruvchan tok deb nimaga aytiladi? 2. O`zgaruvchan tok zanjiridagi faol qarshilikdan oqayotgan tok kuchining oniy qiymati qanday aniqlanadi? 3. Kondensatorli o`zgaruvchan tok zanjiridagi tok kuchi qanday aniqlanadi? 4. Reaktiv sig`im qarshilik nimaga teng? 5. Reaktiv sig`im qarshilik chastota ortishi bilan o`zgaradimi? O`quvchi bajara olishi kerak: 1. Laboratoriya ishining yo`riqnomasini o`qib o`rganib, sxemani tahlil qilib bo`lgandan so`ng o`qituvchining savollariga javob berib,ishni bajarishga ro`xsat olish 2. Laboratoriya ishining elektr sxemasini o`rganish. 3. 1-rasmda ko`rsatilgan sxemani yig`ish va uni o`qituvchiga tekshirtirish. 4. Sig`imi ma`lum C kondensatorning qoplamalariga 50 Hz chastotali 15-20 V o`zgaruvchan kuchlanish berish uchun K 2 ni 1-holatga o`tkazish, so`ngra kalit K 1 ni qo`shish va kondensator zanjiridagi tok kuchini hamda kuchlanishni o`lchash. 5. Sig`im qarshiligini (3) formulaga muvofiq hisoblash va olingan natijalarni solishtiring. 6. Elektr zanjirga noma`lum sig`imli C x kondensatorni ulang va kondensator orqali o`tayotgan o`zgaruvchan tokning kattaligini o`lchang va (3) ifodadan foydalanib, kondensatorning sig`imini hisoblash. Moddiy texnikaviy ta`minot: a) Texnik vositalar, axborot manbalari, ko`rgazmali qurollar va tarqatma materiallar, darslik, laboratoriya yo`riqnomasi. b) Maxsus moslamalar: 220V ni 42 V ga o`zgartiradigan elektr shit d) O`lchov –tekshiruv va ishlov beruvchi asboblar: Kuchlanishi 42V bo`lgan o`zgaruvchan tok manbai, 6 kFli qog`oz kondensator, noma`lum sig`imli kondensator, milliampermetr, voltmeter, induktiv g`altak, rheostat, kalit va ulash simlari. Uyga vazifa: Olingan natijalarni hisoblab, bajarilgan ish asosida xulosalarni yozish. O’qituvchi: Jalilova Sh. ________________ (F. I. Sh.) (Imzo) №12 AMALIY DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
O’qituvchi: ______ ________________ (Imzo) (F. I. Sh.) Download 399.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling