O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet102/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

6-MAVZU. ZAMONAVIY MENEJER.


Reja:
6.1. Menejerlar faoliyatini tashkil etish.
6.2. Rahbarlik uslublari va ularning o’ziga xos xususiyatlari.


6.1. Menejerlar faoliyatini tashkil etish


Menejer –bu boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va bozor sharoitlarida faoliyat yurituvchi tashkilot faoliyatining ma’lumturlari bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatlariga ega bo‘lgan odamdir. Menejerlar tashkilotda har xil o‘rinlarni egallaydilar (direktor, guruh rahbari, ishlarning ma’lum turlarining tashkilotchisi, boshliq, mudir va h.k.) juda ham bir xil bo‘lmagan masalalarni echadilar, har xil vazifalarni bajaradilar.
Tashkilot menejersiz mavjud bo‘lishi mumkin emas, chunki ular quyidagi masalalarni echadilar, har xil vazifalarni bajaradilar:
  • Tashkilotdagi alohida operatsiyalar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatadilar;


  • Tashkilot tomonidan o‘zining asosiy belgilanishini bajarilishini ta’minlaydilar;


  • Tashkilot yoki bo‘linma jamoasiga rahbarlikni amalga oshiradilar;


  • Obro‘si, yuqori kasbiy mahorati va ijobiy hissiyotlaridan foydalangan holda qo‘l ostidagilarni o‘zining orqasidan olib borishga qodir yetakchi rolida bo‘ladilar;


  • Tashkilot faoliyatining strategiyasini ishlab chiqadilar;


  • Tashkilot faoliyatining natijalari uchun javobgarlikka ega bo‘ladilar;


  • Tashkilotga tegishli bo‘lgan shaxslar yoki idoralarning manfaatlarini ta’minlaydilar;


  • Tashkilotning tashqi muhit (hokimiyat, sheriklik va h.k.) bilan aloqasi bo‘yicha asosiy bo‘lgan rolini bajaradilar;


  • Jamoani tashkil qiladilar va uning rivojlanishini kerakli yo‘lga yo‘naltiradilar, yuqori axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan holda jamoa a’zolarini tarbiyalaydilar;


  • Hozirgi sharoitlardagi fanning rolini tushunuvchi, u yoki bu kashfiyot yoki “nou-xau”ni baholashni biluvchi va ularning darhol ishlab chiqarish (tijorat)ga tadbiq etuvchi novator rolida bo‘ladilar;


  • G‘oyani ishlab chiqadilar, undagi kuchli va zaif tomonlarni topadilar, muammoning mohiyatiga qarashga, haqiqatgacha surishtirib bilishga intiladilar;


  • Bajarilgan ishlarni tahlil qiladilar, baholaydilar, ishlarning holatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni belgilaydilar va amalga oshiradilar;


  • Tashkilotni har xil tadbirlarda namoyon qiladilar.


Menejerlarning vazifalari va ular amalga oshirilayotgan vaziyatlar turli-tumandir, shunga qaramasdan uchta asosiylarini ajratish mumkin:


  • Birinchidan, menejer tashkilotning asosiy vazifalarini belgilaydi, resurslarni taqsimlash masalalarini hal qiladi, joriy tuzatishlar kiritishni amalga oshiradi, bunda u qabul qilingan qarorning oqibatlari uchun javobgarlikka ega bo‘ladi. SHuning uchun menejer nafaqat qarorning eng yaxshi variantini tanlashi, balki o‘zi rahbarlik qilayotgan jamoani ma’lum yo‘nalishga olib borishga jazm qilishi kerak.


  • Ikkinchidan, menejer ichki va tashqi muhit haqidagi axborotlarni to‘playdi, ularni tarqatadi va nihoyat tashkilotning maqsadlarini tushuntirib beradi. Menejer ishining natijasi uning qancha axborotga ega bo‘lishiga bog‘liqdir.


  • Uchinchidan, menejer tashkilotning ichidagi va tashqarisidagi munosabatlarni shakllantiruvchi, tashkilot a’zolarini maqsadlarga erishishga undovchi, ularning harakatlarini muvofiqlashtiruvchi, tashkilotning vakili sifatida harakat qiluvchi rahbar sifatida bo‘ladi. U odamlar orqasidan borishga tayyor bo‘lgan kishi bo‘lishi kerak.


Menejerlarning tashkilotdagi o‘rniga, ular tomonidan hal qilinadigan vazifalarga ko‘ra ushbu vazifalar ularga ko‘proq yoki kamroq darajada mos bo‘lishi mumkin. Ammo har bir menejer albatta, qarorlar qabul qiladi, axborotlar bilan ishlaydi va tashkilot (bo‘linma) ning rahbari bo‘ladi.


Menejerlar an’anaviy ravishda uchta darajada bo‘ladilar :



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling