O‘quv qo‘llanma
P.Yakovlev tomonidan tuzilgan Buxoro shahri xaritasi. 1842 yil
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
P.Yakovlev tomonidan tuzilgan Buxoro shahri xaritasi. 1842 yil.
P.I.Lerx arxivida saqlangan Buxoro shahri xaritasi. 1857 yil. 194 Parfyonov-Fenin tuzgan Buxoro shahri xaritasi. 1910 yil. Mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishga xizmat qilgan bu muassasaga barcha siyosiy iqtisodiy, harbiy masalalar yuzasidan amir hukumati bilan munosabatda bo‘lish, amir va uning vazirlari ustidan nazorat o‘rnatish, Zarafshon daryosining suv taqsimoti bilan shug‘ullanish, Buxoro-Afg‘oniston chegaralarini kuzatib turish, Buxorodagi rus qarorgohlarida gazetalar va teatr p’esalari ustidan nazorat o‘rnatish huquqlari berildi. Siyosiy agent chor Rossiyasining rasmiy doimiy vakili bo‘lib, Peterburg va Toshkentning Buxoro hukumati bilan qiladigan barcha aloqalari shu agent orqali o‘tar edi. Siyosiy agent, shuningdek, Buxoro amirligini o‘zining ichki bozoriga aylantirishga intilgan rus sarmoyadorlari manfaatlarini ko‘zlab, bojxona tizimi, sanoat, temiryo‘l, pochta-telegraf ishlarini to‘la o‘z nazoratiga oldi. XX asr boshlariga kelib amirlik hududida paxta, qorako‘lteri sotiladigan bozorlar joyini belgilash kabi amirlikning mutlaqo ichki ishi hisoblangan masalalarga ham aralasha boshladi. 1917-yil Rossiyadagi Fevral’ inqilobidan so‘ng agentlik nomi o‘zgartirilib Rossiya vakolatxonasiga aylantirildi. Amir Abdulaxadxon hukmronligining so‘nggi yillarida siyosiy vaziyat birmuncha keskinlashdi, buni 1910-yil yanvar voqealari 195 misolida ko‘rishimiz mumkin: Shaharning shia mazhabidagi aholisi 9- yanvar’ kuni O‘g‘lon darvozasi yaqinidagi sarbozxonada o‘zlarining motam marosimlari-«shaxsey vaxsey» o‘tkazayotganliklarida sunniy mazhabidagi mullavachchalar ularning bu holidan kuladilar. Bundan g‘azablangan shialar bir mullavachchani o‘ldiradilar va uchtasini qamattiradilar. Sunniylarning vakillari amirning arkiga kelib qushbegi Ostonaquldan gunohkorlarni jazolash va qamalganlarni ozod qilishni talab qiladilar. Qushbegi yig‘ilganlarni haydab yuboradi. Shundan so‘ng aholi registon maydoniga to‘planib, yana o‘z talablarini qo‘yadi. O‘zi shialardan bo‘lgan qushbegi yig‘ilganlarga qarshi sarbozlarni yuboradi va ikki o‘rtada jang boshlanadi. Bozorda ham sunniylar bilan shialar o‘rtasida janjal ko‘tariladi. Sunniylar qo‘lga tushgan narsalar bilan qurollangan edi. Xiyobon madrasasi atrofida shialarning hujumi to‘g‘risida xabar keladi, yig‘ilgan olomon o‘sha tomon yo‘l oladi. Sarbozlar olomonning yo‘lini to‘sadi. Sodir bo‘lgan jangda sunniylardan 240 kishi o‘ldirilgan. Shundan so‘ng sunniylar butun shaharga tarqalib, duch kelgan shialarni qira boshlaganlar. Bu xunrezlik 10-11-yanvar kunlari davom etadi. Qushbegi Rossiyaning siyosiy agentligiga yordam so‘rab murojaat qiladi. 11-yanvarda Samarqand va Kattaqo‘rg‘ondan polkovnik Panov rahbarligida o‘qchi rota, kazaklar sotnyasi 4 pulemyot bilan keladi. Fojia haqidagi xabar Rossiya poytaxtigacha etib boradi, P.A.Stolipinning buyrug‘i bilan xunrezlikni oldini olish uchun I Turkiston armiyasi korpusi shtabining boshlig‘i general mayor Liliental’ etib keladi. Karmanada yashayotgan amir Abdulahad Buxoroga o‘zi kelishga jur’at qilolmay, o‘g‘li (taxt vorisi) Said Olimxonni jo‘natadi. Sunniy xalq qushbegi Ostonaqulni, Said Olim va Mirob Olim to‘qsobalarni hamda xalqqa jabr zulm o‘tkazgan bir qator shia amaldorlarini vazifasidan chetlashtirish, bundan so‘ng ularni davlat ishlariga aralashtirmaslikni talab qiladi. Bu talablar qondiriladi. SHaharda osoyishtalik hukm sura boshlaydi, 15-yanvarda sunniy va shia mazhablari vakillarining yarashish uchrashuvi tashkil etiladi, Shundan so‘ng rus qo‘shinlari shahardan olib chiqiladi. Bu xunrezlikda shahar hunarmandlari, ishchilar, mayda savdogarlar, mullavachchalar, ruhoniylar va boshqalar qatnashadi. Xunrezlik haqidagi xabar amirlik tumanlaridagi aholini ham junbushga soladi. Yanvar fojialarida umumiy hisoblarga qaraganda mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan. Bu xunrezlik amirlik va 196 mustamlakachi Rossiya ma’murlarini vahimaga solib qo‘ygan. Ushbu voqealar XX asr boshlarida amirlikdagi siyosiy vaziyat qanchalar keskinlashganini ko‘rsatadi. Amir Abdulahad vafotidan keyin taxtga o‘tirgan uning o‘g‘li Said Olimxon (1910-1920) Peterburgdagi Nikolaev korpusida ta’lim olgan edi. Hokimiyat tepasiga kelgunga qadar u Qarshi va Karmana bekliklarida bek lavozida faoliyat ko‘rsatadi. Uning davrida Buxoro amirligining Rossiya imperiyasiga qaramligi yanada kuchaydi. Said Olimxon o‘z hukmronlik davrida iqtisodiy masalalarga alohida e’tibor qaratib, bir qator yutuqlarga erishadi. Jumladan, amirlik hududida hissadorlik jamiyatlari, banklar, sanoat va ishlab chiqarish korxonalari tashkil etiladi. Olingan daromadlar temir yo‘l, aloqa va maishiy xizmat ko‘rsatish sohalariga ajratilgan. Amirlikdagi demokratik harakatlar mahsuli matbuotchilik sohasining kirib kelishida namoyon bo‘ladi. Mirzo Sirojiddin homiyligida 1912-1913-yillarda chop etilgan va Buxoro jadidlari organi hisoblangan “Buxoroi sharif” gazetasi demokratik g‘oyalarni targ‘ib etuvchi qurol bo‘lib xizmat qildi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling