O’quv –uslubiy majmua O’zroo`mtv tomonidan 2018 yilda ishlab chiqilgan hamda Uzdjtu kengashining 2018 yil 27 iyundagi 6-sonli bayonnomasi asosida foydalanish uchun tavsiya etilgan namunaviy fan dasturi asosida ishlab chiqilgan


Download 200.04 Kb.
bet34/41
Sana24.10.2023
Hajmi200.04 Kb.
#1718586
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Bog'liq
2. Majmua tilshunoslik

Ishchi fan dasturi
I. O’quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Xorijiy tillar bo’yicha yetuk mutahassislarni tayorlashda talabalarni tilning nazariy masalalari bilan tanishtirish muxim ahamiyat kasb etadi, zero filolog-mutahassis va til ta’limi o’qituvchisi tilshunoslik fanining nazariy asoslari bilan tanish bo’lishi, til ilmining qonun-qoidalarini umumlashtira olishi kerak bo`ladi. “Tilshunoslik” fani bo’yicha tuzilgan ushbu ishchi dastur “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to`g`risida”gi PQ -2909-sonli qarorida belgilangan vazifalarni hisobga olgan holda tuzilgan bo’lib, o’quv rejada mavjud “Tilshunoslikka kirish” va “Umumiy tilshunoslik” kurslarini o’z ichiga oladi.

II. O’quv fanining maqsadi va vazifasi
Tilshunoslik fanining asosiy maqsadi tilshunoslik fani, uning bo’limlari , o’rganish ob’yekti, boshqa fanlar bilan aloqasi haqida ma’lumot berish, talabalarni tilshunoslik fanining asosiy tushunchalari , kategoriyalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, talabalarda olingan bilimlarni amalda qo’llay olish malakasini shakllantirish kabi vazifalarni hal etishni taqozo qiladi.
Ushbu fanning vazifalari til va jamiyat, til tizimi va tuzilishi, uning sathlari,birliklari va ularning namoyon bo’lish qonuniyatlari, tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqasi, dunyo tillarining klassifikatsiyasi haqida nazariy bilimlar berishdan iboratdir.
Fan boyicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar
*tilning paydo bo’lishi haqidagi farazlar;
*til sathlari va tilshunoslik bo’limlari;
*dunyo tillari va ularning tasnifi;
*tilshunoslik tarihi va tilshunos olimlar;
*tilshunoslik metodlari;
*tilshunoslikning zamonaviy yonalishlari to’g’risida yetarli darajada tasavvur va bilimga ega bo’lishi
*tilshunoslik va tilshunoslik tarixi to`g`risida keng bilimni egallay olish;
*O’zbekiston va xorijiy davlatlarda nashr qilingan ilmiy adabiyotlar bilan ishlash;
*o’rganilayotgan chet tilidan ona tilisi hususiyatlarini ajrata olish;
*tilshunos olimlar ta’limotlarini taxlil qila olish ;
*turli tillarni oila va guruxlarga tasniflay olish;
*zamonaviy tilshunoslik masalalarini tushuna olish malakasiga ega bo’lishi;
*chet tili o’rganish amaliyotida nazariy bilimlarni qo’llash;
*tilshunoslik bo’yicha ilmiy izlanishlarga kasbiy nuqtai nazardan qarash;
*dunyo tilshunosligida ro’y beryayotgan jarayonlarni o’zaro bog’liqlik nuqtai-nazardan taxlil qilish;
*tillardagi umumiy va hususiy belgilar haqidagi tushunchalarni amaliyotda qo’llash ko’nikmasiga ega bo’lishi zarur.

Download 200.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling