O‘quv va tarbiyavuy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I. Tojiboyev


Download 1.99 Mb.
bet33/40
Sana14.10.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1703511
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
Bog'liq
O`QUV MAJMUA Xasanboy

aktiv xolat. Bu — agar kreslo yoki divan kabi mebel bo‘lsa, unga bemalol yastanib yoki yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi xarakatlar bilan uning har bir so‘ziga qiziqayotganligingizni bildirishni nazarda tutadi;
suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni o‘ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda o‘zining har bir so‘ziga uni ham ko‘ndirishning samarali yo‘lidir.
o‘ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o‘zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish yo‘li.
Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz unda o‘z-o‘ziga xurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni ko‘pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas ekan. Uning muloqotning samarali bo‘lishidagi ahamiyati nihoyatda katta. Chunki tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar, g‘oyalarning shakllanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun ma’ruzachi professorning har bir chiqishi va ma’ruzasi agar talabalar tomonidan diqqat bilan tinglansa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon ham teng yutadi.
Agar muloqot jarayonida ishtirok etuvchi ikki jarayon — gapirish va tinglashning faol o‘zaro ta’sir uchun teng ahamiyatini nazarda tutsak, bu jarayon qatnashchilarining psixologik savodxonligi va muloqot texnikasini egallashining ahamiyatini anglash qiyin bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada odamlarni samarali muloqotga ataylab o‘rgatishga juda katta e’tibor beriladi. Bu boradagi fanning o‘z uslubi bo‘lib, uning nomi ijtimoiy psixologik trening (IPT) deb ataladi. IPT — muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi.
Muloqotning psixologik tizimi
Til muomala vositasidir. Til muomalaga kirishuvchilar o‘rtasidagi kommunikasiyani ta’minlaydi, chunki uni axborot beruvchi ham, uni qabul qiluvchi ham birday tushunadi. Boshqa kishiga axborot beruvchi (kommunikator) va uni qabul qiluvchi (resipiyent) muloqot jarayonida bir xil tildan foydalanishi kerak, aks holda bir-birini to‘g‘ri tushunolmaydi.
Muloqot ishtiroqchilari o‘z ongida bir-birlarining ichki dunyosini qayta tiklashga, his-tuyg‘ularini, xulq-atvorining sabablarini fahmlab yetishga harakat qiladi. Shaxsga boshqa odamlarning faqat tashqi qiyofasi, ularning fe’l-atvori va hatti-harakatlari, ular qo‘llanadigan kommunikativ vositalargina bevosita in’om etilgan va ana shu ma’lumotlarga tayangan holda o‘zi bilan muloqotga kirishgan odamlarning kimligini tushunib yetish, ularning qobiliyatlari, niyatlari kabilar haqida xulosa chiqara olish uchun muayyan ishni bajarishiga to‘g‘ri keladi. Taniqli psixolog S.L.Rubinshteyn shunday deb yozgan edi: “Kundalik hayotda odamlar bilan muloqotga kirishar ekanmiz, biz ularning xulq-atvoriga qarab mo‘ljal olamiz. Negaki, biz ularning tashqi ma’lumotlari mohiyatini guyo “o‘qib”, ya’ni “mag‘zini chaqib” chiqamiz, shu yo‘sinda matnning ichki psixologik jihati mavjud bo‘lgan mazmunini aniqlaymiz. Bunday o‘qish naridan beri tez yuz beradi, chunki atrofdagilar bilan muloqot jarayonida bizda muayyan darajada ularning fe’l-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no hosil bo‘ladi.
Bir qarashda osonga o‘xshagan shaxslararo muloqot ja­rayoni aslida juda murakkab jarayon bo‘lib, unga odam hayoti mobaynida o‘rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F. Parigin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik ko‘p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o‘zida quyidagilar kiradi:
a) individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni;
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;
s) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni.
Muloqotning turli shakllari yoki bosqichlari mavjud bo‘lib, dastlabki bosqich – odamning o‘z-o‘zi bilan muloqotidir. T. Shibutani «Ijtimoiy psixologiya» darsligida: «Agar odam ozgina bo‘lsa ham o‘zini anglasa, demaq u o‘z-o‘ziga ko‘rsatmalar bera oladi», - deb to‘g‘ri yozgan edi. Odamning o‘z-o‘zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o‘z-o‘zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o‘zini chetga tortib, tortinib yursa, demaq u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demaq boshqalar bilan muloqot – muloqotning ikkinchi bosqichidir.
A.N.Leontev o‘zining «Psixika taraqqiyotidan ocherklar» kitobida muloqotning uchinchi shakli – avlodlar o‘rtasidagi muloqotning ahamiyati to‘g‘risida shunday deb yozadi: «Agar barcha katta avlod o‘lib ketganda, insoniyat turi yo‘q bo‘lib ketmasdi, lekin jamiyatning taraqqiyoti ancha orqaga surilibgina emas, balki yo‘qolib ham ketishi mumkin edi». Haqiqatan ham, avlodlararo muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning o‘z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo‘ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg‘or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta’lim, tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


1. Insoniy munosabatlar psixologiyasi?
2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni?
3.Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari?
4.Muloqot va uni o‘rganish muammolari?
5.Muloqotning psixologik tizimi?
ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 1998.
2. O‘zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 1998
3. Pedagogika. Toxtaxodjayeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010.
4. Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –Toshkent, fan va texnologiya. 2010
5. Pedagogika. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. –Toshkent, 2007.
6. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997

12-Mavzu: Rahbarlik odobi va muomala madaniyati


Reja:
1. Yaxshi rahbar bo`lish sirlari
2. Muomula madaniyati



Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling