O‘quv va tarbiyavuy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I. Tojiboyev


Download 1.99 Mb.
bet38/40
Sana14.10.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1703511
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Mehnat unumdorligi-bu xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichidir. Mehnat samaradorligi tushunchasi esa unumdorlik tushunchasidan kengroq bo‘lib, u iqtisodiy jihatlar (aslida mehnat unumdorligi) dan tashqarii yana psixofiziologik va ijtimoiy jihatlarni ham o‘z ichiga oladi. Quyidagi talablarga rioya qilinmasa, mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlari ham muqarrar ravishda pasayadi: -noqulay sanitariya –gigiyena va inson sog‘lig‘i uchun zararli mehnat shart-sharoitlari; -kasallanish tufayli ish vaqtining befoyda sarf bo‘lishi; -inson mehnatining eng faol davrining qisqarishi; -qo‘shimcha ta’tillar berilishi va boshqalar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida unumdorlikni sotilgan mahsulot hajmi bo‘yicha hisoblash ancha muhimroqdir, chunki tugallanmagan ishlab chiqarishning ko‘payishi va sotilmagan mahsulot qoldiqlarining to‘planib qolishi ijobiy iqtisodiy ahamiyatga ega emas. Mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamikasiga ko‘pgina omillar ta’sir qiladi. Omillar deb, mehnat unumdorligining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadigan xarakatlantiruvchi kuchlar va sabablarga aytiladi. Ularning ayrimlari mehnat unumdorligining ortishiga yordam bersa, boshqalari unumdorlikning pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin: Omillarning birinchi guruhiga mehnat unumdorligi kuchining ortishi, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishning, mehnatkashlar ijtimoiy sharoitining yaxshilanishi, ikkichi guruhga tabiiy sharoitlarning noqulay tasir etishi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi kamchiliklar, ijtimoiy sharoitdagi salbiy elementlarning yomon tasiri kiradi. Ayrim korxona yoki tashkilot darajasigi omillarni ichkiva tashqi turlarga bo‘lish mumkin. Ichki omillarga korxonaning texnika bilan qurollanish darajasini, darajasini, ishlatilayotgan texnologiyaning samaradorligi, mehnat va ishlab chiqarishning energiya bilan ta’minlashi darajasini, tatbiq etilayotgan rag‘batlantirish tizimlarining ta’sirchanligini, kadrlarga ta’lim berish va ularning malakasini oshirishni kadrlar tarkibining yaxshilanishini va korxona jamoasi, hamda uning rahbarlariga bog‘liq bo‘lgan barchasi kiradi. Tashqi omillarga davlat buyurtmalari va bozordagi talab, hamda taklifning o‘zgarishi munosabati bilan mahsulot xillari va ularning sermehnatlik darajasining o‘zgarishi, jamiyat va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlari, boshqa korxonalar Bilan kooperasiyalashuv darajasi, moddiy texnika ta’minotining pishiq-puxtaligi, tabiiy shart-sharoit va hokazolar taalluqli. Barcha omillarni o‘z ichki mazmuni va mohiyatiga ko‘ra, quyidagi uchta asosiy guruhga birlashtirish qabul qilingan:
Mehnat unumdorligini oshirishning moddiy texnika omillari (ularga fan-texnika taraqqiyotini uzluksiz rivojlantirish asosida mehnatning texnika va energiya bilan ta’minlanishini oshirish kiradi), tashkiliy omillar (ularning amal qilishi ta’siri) shu narsa bilan bog‘liqki, fan-texnika taraqqiyotining avj olishi, ishlab chiqarish (texnika, texnologiya) moddiy asosining ta’minlashuvi va xilma-xil, ko‘p hollarda esa anchamurakkab tashkiliy tadbirlarning amalga oshirilishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi, balki, faqat ijtimoiy ishlab chiqarish ishtirokchilari bo‘lganlarning faol mehnat faoliyati natijasidagina sodir bo‘ladi).

Mehnat unumdorligini oshirish rezervlari bu texnika, texnologiyani takomillashtirish, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishni yaxshilash hisobiga mehnat unumdorligi ichidan, mehnatunumdorligini oshirishning barcha omillaridan yanada to‘laroq foydalanish imkoniyatidir. Rezervlar (zahiralar) mehnat unumdorligini oshirish omillari bilan chambarchas bog‘liqdir. Mehnat unumdorligini oshirish rezervlarining bir necha tasniflari mavjud bo‘lib, ularning hammasi ikkita katta guruhga bo‘linadi: jonli mehnatdan (ish kuchidan)foydalanishni yaxshilash rezervlari (mehnat, sharoitlarini tashkil etish, ishlovchilarning ishlash qobiliyatini oshirish kadrlar tarkibi va ularni joy-joyiga qo‘yish, uzluksiz ishlash uchun tashkiliy shart-sharoitlar yaratib berish, shuningdek, xodimlarning mehnat natijalaridan yuqori moddiy va ma’naviy manfaatdorligini oshirishnita’minlash bilan bog‘liq masalalar kiritiladi) asosiy va aylanma fondlardan yanada samaraliroq foydalanish rezervlari (asosiy ishlab chiqarish fondlari (mashinalar, mexanizmlar, apparatlar vash u kabilar) quvvat va vaqt jihatidan yaxshiroq foydalanish rezervlarini, shuningdek, xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar, yoqilg‘i, energiya va boshqa aylanma fondlardan yanada tejamli va to‘liq foydalanishni o‘z ichiga oladi).

Rezervlar foydalanish imkoniyatlari belgilari bo‘yicha zahira rezervlariga va nobud bo‘lish (bekorga sarflash) rezervlariga bo‘linadi. Masalan, asbob-uskunalardan quvvuti va ish smenasi bo‘yicha to‘liq joydalanmaslik, o‘rganilgan, lekin hali joriy etilmagan mehnat usullari-zahira rezervlaridir. Ish vaqtining bekor sarf bo‘lishi yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarilishi, yoqilg‘ini ortiqcha sarflash nobud bo‘lish rezervlariga kiradi.


Rezervlar tushunchasiga ishlab chiqarishda i shvaqtining bekor sarf qilinishi (bular smena ichida va kun mobaynida bekor turishlar, ishga kechikib kelish va rejada ko‘zda tutilmagan ishga kelmay qolishlarning barchasi) mehnatning ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda sarflanishi (mehnat qurollari va mehnat ashyolaridan oqilona foydalanmaslik, ham belgilangan texnologiya jarayonilarining buzilishi oqibatida mehnatning rejadagidan tashqarii ortiqcha sarflanishi) ham kiradi.
Rezervlar foydalanish vaqtiga qarab joriy va istiqbol rezervlariga bo‘linadi. Joriy rezervlar texnologiya jarayoni muhim darajada o‘zgartirilmay va qo‘shimcha kapital mablag‘lar sarflanmay amalga oshiriladi, istiqbol rezervlari ishlab chiqarishni qayta tashkil etishni ancha mukammal asbob-uskunalar o‘rnatilishi, tayyorgarlik ishlariga kapital mablag‘lar va ko‘proq vaqt sarflashni talab qiladi.
Rezervlar aniqlash va foydalanish joyiga qarab xalq xo‘jalik, tarmoq va ichki ishlab chiqarish rezervlariga bo‘linadi. Xalq xo‘jalik rezervlariga, avvalo, boy tabiiy resurslar, ulardan har tomonlama foydalanish va shu kabilar kiradi. Tarmoq rezervlariga shunday rezervlar kiradiki, ulardan foydalanish, umuman tarmoqda gi xodimlar mehnatunumdorligini oshiradi (korxonalarning ixtisoslash-tirilishi, ishlab chiqarishning bir joyga to‘planishi va kombinasiyalanishi, texnika va texnologiyaning takomillashtirilishi va hokazo). Ichki ishlab chiqarish rezervlari mehnat unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga egadir, chunki pirovard natijada ularning hammasi aniqlanadi va bevosita korxonalarda amalga oshiriladi.


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling