O‘quv va tarbiyavuy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I. Tojiboyev


Download 1.99 Mb.
bet39/40
Sana14.10.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1703511
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Mehnat unumdorligining ko‘rsatkichlari va uni oshirish yo‘llari. Mehnat unumdorligi darajasiga baho berish uchun umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llanadi. Umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarga bitta ishlovchining ishlab chiqargan o‘rtacha yillik, o‘rtacha oylik, o‘rtacha kunlik va o‘rtacha soatlik mahsuloti qiymatining ifodasi kiradi. Xususiy ko‘rsatkichlar-bu muayyan turdagi mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun vaqt sarfi yoki bir kishi kunida yohud bir kishi soatda muayyan turdagi natural ifodada mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqtni bildiradi. Yordamchi ko‘rsatkichlar muayyan ish turining birligiga yoki vaqt birligi ichida bajarilgan ishlar hajmiga sarflangan vaqtni tavsiflab beradi.
Mehnat unumdorligining umumlashgan ko‘rsatkichi bitta xodimning o‘rtacha yillik mahsulot ishchilarning mahsulot ishlab chiqarishga emas, balki ularning sanoat ishlab chiqarish xodimlari umumiy sondagi salmog‘igi shuningdek, ularning ishlagan kunlari va ish kunining qancha davom etishi (muddati) ga ham bog‘liq bo‘ladi.
Mehnat unumdorligini oshirishga quyidagi yo‘llar bilan erishish mumkin: a)korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan to‘laroq foydalanish hisobiga mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, chunki ishlab chiqarish hajmi oshganda, ish vaqti sarflanishining, faqat o‘zgaruvchan qismi ko‘payadi, doimiy esa o‘zgarmasdan qoladi. Natijada, mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqt kamayadi;
b)mahsulot ishlab chiqarishni intensivlashtirish, uning sifatini oshirish, ishlab chiqarishni kompleks mexanizasiyalash va avtomatlashtirishni joriy etish, takomillashgan texnika va ishlab chiqarish texnologiyasini qo‘llash, ishlab chiqarishni tashkil etish, moddiy texnika ta’minotini va tashkiliy-texnikaviy tadbirlar rejasiga muvofiq, boshqa omillarni yaxshilash hisobiga i shvaqtining bekor sarf bo‘lishini qisqartirish yo‘li bilan mahsulot ishlab chiqarishga mehnat sarflarini qisqartirish.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.Mehnat unumdorligiga ta`rif bering.
2. Omillar deb nimaga aytiladi?
3. Mehnat unumdorligini oshirish rezervlari nimalar?
4. Rezervlar foydalanish imkoniyatiga ko`ra qanday guruhlarga bo`linadi?
5. Mehnat unumdorligining ko`rsatkichlari va uni oshirish yo`llarini ko`rsating.

ADABIYOTLAR


1.Abdurahmonov Q.H., Bozorov N., Volgin N. va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi». Toshkent: «O‘qituvchi»-2001 yil, 280-326 betlar.
2.Abdurahmonov Q.H, Holmo‘minov Sh.R. «Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi». Toshkent-2004 yil, 126-143 betlar.
3.Dodoboyev Yu.T., Xudoyberdiyev.A. «Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi». Farg‘ona-2001 yil, 64-84 betlar.
4.Usmonov S.N., Dodoboyev Yu.T. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». Toshkent: «Fan»-1999 yil, 88-90-betlar.
5.O‘lmasov A. «Iqtisodiyot asoslari». Toshkent: «Mehnat»-1997 yil, 16-18-betlar.
15-Mavzu: Muloqot va uning turlari
Reja:
1. Muloqot haqida tushuncha.
2. Muloqot turlari va vazifalari
Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir
Mazmun-maqsadlari va vositalariga ko‘ra muloqotni bir nechta turlarga bo‘lish mumkin. Mazmuniga ko‘ra, u moddiy (faoliyat jismlari va mahsulotlari almashinuvi), kognitiv (bilimlar almashinuvi), kondisiv (ruhiy va jismoniy holatlar almashinuvi), motivasion (xohishlar, maqsadlar, qiziqishlar, motivlar, ehtiyojlar almashinuvi), faoliyatli (harakatlar, muolajalar, malakalar, ko‘nikmalar almashinuvi) bo‘lishi mumkin. Moddiy muloqotda sub’ektlar, shaxsiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan holda, uning mahsulotlari bilan almashadilar, ular o‘z navbatida dolzarb ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Kondisiyali muloqotda odamlar o‘zlarini ma’lum jismoniy yoki ruhiy holatga keltirishga mo‘ljallangan bir-birlariga nisbatan o‘zaro ta’sir ko‘rsatadilar. Masalan, kayfiyatni ko‘tarish yoki, aksincha, uni tushirib yuborish; bir-birini qo‘zg‘atib yuborish yoki tinchlantirish, va, oqibatda, bir-birining kayfiyatiga ma’lum ta’sir o‘tkazish. Motivasiyali muloqotning mazmuni bir-biriga ma’lum istak, mayllarni etkazish yoki ma’lum yo‘nalishda harakatlanishga shay bo‘lishlikdan iborat. Bunday muloqot sifatida insondagi biror maqsadga, boshqa odamda biror-bir intilishning paydo bo‘lishi yoki yo‘qolishi, kimdadir harakatga bo‘lgan ma’lum maylning yuzaga kelishi, qandaydir ehtiyojning dolzablashtirilishi uchun etishish istagining kuchliligi kabi vaziyatlarni keltirish mumkin. Kognitiv va faoliyatli muloqotning ifodasi bilish yoki o‘quv faoliyatining turlari bilan bog‘liq muloqot bo‘la oladi. Bunda sub’ektdan sub’ektga dunyoqarashni kengaytiruvchi, layoqatlarni rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi axborot etkaziladi.
Maqsadlariga ko‘ra, muloqot xizmat ko‘rsatish ehtiyojlariga muvofiq holda biologik va ijtimoiy turlarga bo‘linadi. Biologik – bu organizmni mustahkamlash, muhofazalash va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan muloqot. U asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq. Ijtimoiy muloqot maqsadlari shaxslararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, individ shaxsiy kamolotining interxususiy munosabatlarini o‘rnatish va rivojlantirishdan iborat. Biologik va ijtimoiy ehtiyojlarni nechta turga ajratish mumkin bo‘lsa, muloqotning ham shuncha xususiy maqsadlari bo‘lishi mumkin.
Vositalariga ko‘ra, muloqot bevosita va vositali, to‘g‘ridan –to‘g‘ri va bilvosita bo‘lishi mumkin. Bevosita muloqot tirik mavjudotga tabiat tomonidan berilgan tabiiy organlar: qo‘llar, bosh, tana, tovush paylar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Vositali muloqot muloqot va axborot almashinuvni tashkil etishda maxsus vosita va qurollardan foydalanish bilan bog‘liq. Bular yo tabiiy (yog‘och, erdagi izlar va h.k.) yo madaniy (belgilar tizimlari, matbuot, radio, televideniye, internet va h.k.) jismlar. To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot shaxsiy aloqalar va muloqot aktining o‘zida qatnashayotgan odamlarning bir-birini bevosita idrok qilishini belgilaydi, ularga, masalan, jismoniy aloqalar, odamlarning bir-birlari bilan suhbatlashishlari, bir-birlarining harakatlarini bevosita ko‘rib turgan holda, ularga javob qaytarishlari kiradi. Bilvosita muloqot vositachilar sifatida ish yuritadigan boshqa odamlar orqali amalga oshiriladi.
Muloqot turlari orasida, shuningdek, ish bo‘yicha va shaxsiy, instrumental va maqsadli kabi turlarni ajratish mumkin. Ish bo‘yicha muloqot, odatda, xususiy qism sifatida insonlarning hamkorlikdagi samarali faoliyatiga kiritilgan va bu faoliyatning sifatini oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Uning mazmuniga odamlar ichki dunyosining muammolari emas, balki ularning nima bilan mashg‘ulliklari kiradi. Ish bo‘yicha muloqotda suhbatdoshning shaxs, xarakter, yosh, kayfiyat xususiyatlari hisobga olinadi, lekin ishdan ko‘riladigan manfaat shaxsiy ixtiloflardanda ustun va muhimdir. Ish bo‘yicha muloqotdan farqli ravishda shaxsiy muloqot, aksincha, asosan, ichki xarakterning psixologik muammolariga, inson shaxsini chuqur va yaqinlik bilan ochib beradigan: hayot mazmunini izlash, muhim insonga, atrofdagi voqealarga, qandaydir ichki nizolini hal etishga nisbatan munosabatini aniqlashga qaratilgan. Instrumental muloqot sifatida mustaqil ehtiyoj bilan rag‘batlantirilmaydigan, maqsadga aylanmagan, lekin muloqot aktining o‘zidan qoniqishdan tashqari, qandaydir boshqa maqsadga qaratilgan muloqotni keltirish mumkin. Maqsadli – bu o‘z holicha maxsus ehtiyojni, ushbu vaziyatda muloqotga bo‘lgan ehtiyojni qondirish vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi muloqot. Ta’kidlab o‘tish lozimki, odamlarning amaliy faoliyatida muloqotning quyidagi turlarini ajratadilar:
1. «Niqoblar aloqasi» - suhbatdoshning shaxs xususiyatlarini tushunish va hisobga olishga intilish mavjud bo‘lmagan rasmiy muloqot bunda haqiqiy hissiyotlar, istaklar, munosabatlarni yashirish imkonini beruvchi rasmiy iboralar, odatiy xushmuomalalik, dimog‘dorlik niqoblari, yuz, imo-ishora ifodalarining to‘plami qo‘llaniladi.
2. Oddiy muloqotda boshqa odamga zarur yoki xalal beruvchi ob’ekt sifatida baho beradilar: agar zarur bo‘lsa, aloqaga faollik bilan kirishadilar, agar xalal beradigan bo‘lsa, – itarib yuboradilar, yoki tahdidli qo‘pol iboralarni qo‘llaydilar.
3. Rasmiy-rolli muloqot – bu sheriklarning ijtimoiy rollari darajasidagi muloqot (boshliq – qo‘l ostidagi xodim, sotuvchi – xaridor, servis xizmati xodimi – mijoz). Bunda ma’lum qoidalar va xohishlar asosida ish yuritilib, muloqot mazmuni va vositalari ularga bo‘ysundirilgan.
4. Boshqariladigan muloqot suhbatdoshning shaxs xususiyatlaridan kelib chiqib, turli usullarni ( xushomad, qo‘rqitish, aldov va boshqalar) qo‘llagan holda undan foyda olishga qaratilgan.
5. Dunyoviy muloqot – bu turning mohiyati biror mavzuga oid bo‘lmasligidan iborat, ya’ni, odamlar o‘z fikrlarini emas, balki bunday vaziyatlar uchun umumiy bo‘lgan fikrlarni bildiradilar.
6. Havoyi muloqot – bu muloqot uchun muloqot.
7.Do‘stlarning ma’naviy, shaxslararo muloqoti vaqtida istalgan mavzuni qo‘zg‘atish va bir-birlarini yuz ifodasi, tovush ohangi va harakatlar yordamida tushunish mumkin.

Muloqotning kommunikativ, interaktiv va perseptiv tomonlari.Muloqotning kommunikativ tomoni deyilganda, uning shaxslararo axborotlar, bilimlar, g‘oyalar, fikrlar almashinuvi jarayoni sifatidagi vazifalari nazarda tutiladi. Bu jarayonning asosiy vositasi bo‘lib til xizmat qiladi. Til shaxslar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lib, uning yordamida kishilar bilgan ma’lumotlari va hokazolarni bir-birlariga yetkazadilar. Ma’lumki, aloqa vositasi sifatida nutqning asosan 2 turi farqlanadi: yozma nutq hamda og‘zaki nutq. Og‘zaki nutqning o‘zi dialogik va monologik turlargabo‘linadi. Dialogik nutqning mazmuni, uning xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qiziqishlariga, bir-birlariga bo‘lgan munosabatlariga, maqsadlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘qituvchi bilan o‘quvchining, hissiy rahbarlarning, diplomatlarning, ko‘chada uchrashib qolgan dugonalarning dialogik suhbatlari bir-biridan farq qiladi.
Monologik nutq esa bir kishining boshqa kishiga yoki kishilar guruhiga nisbatan murojaati bo‘lib, uning psixo­logik tuzilishi, fikrlarning mantiqan tugal bo‘lishi, gapirayotgan paytda grammatik qonun-qoidalarga rioya qilish kerakligi kabi shartlari mavjud. Masalan, ma’ruzaga tayyorlanayotgan talaba tayyorgarlik paytidan boshlab, ma’ruza qilib bo‘lgunga qadar, qator ichki ruhiy kechinmalarni boshdan kechiradi, unga ko‘p kuch va vaqt sarflaydi. Dialogik nutqqa nisbatan bu nutq turi murakkabroq hisoblanadi. Til vositasida olib boriladigan muloqot verbal, ya’ni so‘zli deyiladi.
Muloqotning interaktiv tomoni. Muloqotning interaktiv tomonida birgalikdagi faoliyatda bir-birlariga amaliy jihatdan bevosita ta’sir etishlarinn ta’minlaydi. Shu tufayli odamlar hamkorlikda ishlash, bir-birlariga yordam berish, bir-birlaridan o‘rganish, harakatlar muvofiqligiga erishish kabi qator qobiliyatlarini namoyon etishlari mumkin. Shu tufayli o‘qituvchi bola shaxsiga maqsadga yo‘nalgan holda ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Aslini olganda, har qanday muloqot, agar u bema’ni, maqsadsiz, quruq gaplardan iborat bo‘lmasa, doimo muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvorlarini, ularning ustanovkalarini o‘zgartirish imkoniyatiga ega.
Jamiyat miqyosida oladigan bo‘lsak, odamlarning turli sharoitlarda o‘zlarini tutishlari, xulq-atvorlarining boshqarilishi ma’lum psixologik qonuniyatlarga bog‘liqligini ko‘rish mumkin. Bunga sabab jamiyatda qabul qilingan turli normalar, qonun-qoidalardir. Chunki, o‘zaro muloqot va o‘zaro ta’sir jarayonlarida shunday hatti-harakatlar obrazlari kishilar ongiga singib boradiki, ularni har bir kishi norma sifatida qabul qiladi. Masalan, o‘smir bola, umuman yoshlar jamoat joylarida kattalarga o‘rin bo‘shatib berishlari kerakligi ham xulq-atvorning bir normasi. Shu normaga amal qilish yoki qilmaslik ijtimoiy nazorat tizimi orqali boshqariladi. Ya’ni, yuqoridagi sharoitda agar o‘smir bola avtobusda qariyaga joy bo‘shatmasa, jamoatchilik o‘sha zahoti uni ijtimoiy tartibga chaqiradi. Demak, har bir shaxs turli sharoitlarda turlicha rollarni bajaradi, bu rollarning qanday bajarilayotganligi, odamlarning kutishlariga mos kelishligi ijtimoiy nazorat tizimi orqali kuzatib turiladi. Shuning uchun ham muloqotga kirishgan kishilar doimo o‘z xulq-atvorlarini, qolaversa, o‘zgalarning xulq-atvorini nazorat qilib, harakatlarda bir-birlariga moslashadilar. Lekin gohida shaxsdagi rollarning ko‘p bo‘lishi rollarning ziddiyatiga olib kelishi mumkin. Masalan, maktab o‘qituvchisining o‘zi o‘qitayotgan sinfda farzandi bo‘lsa, dars paytida shunday ziddiyatni boshdan kechirishi mumkin, ya’ni bir vaqtning o‘zida ham ota yoki ona, ham o‘qituvchi rolini bajarishga majbur bo‘ladi. Yoki xulqi yomon o‘quvchining uyiga kelgan o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ham o‘qituvchi, ham mehmon rollari o‘rtasida qiynaladi.
Turli rollarni bajarayotgan shaxslarning o‘zaro muloqotlari kutishlar tizimi orqali boshqariladi. Masalan, xohlaydimi yoki xohlamaydimi, o‘qituvchidan ma’lum harakatlarni kutishadiki, ular o‘qituvchi roliga zid bo‘lmasligi kerak. O‘z rollariga mos harakat qilgan, doimo me’yor mezonida ish tutgan kishining harakatlari odobli harakatlar deb ataladi. Masalan, o‘qituvchining odobi, o‘z kasbini ustasi ekanligi, bolalar qalbini tushuna olishi, ularning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutishi uning odobga ega ekanligining belgisidir. Odobsiz odam esa buning aksidir. Demak, o‘zaro muloqot jarayonida bir odam ikkinchi odamga psixologik ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir ikkala tomondan ham anglanishi yoki anglanmasligi mumkin. Ya’ni, ba’zan biz nima uchun bir shaxsning bizga naqadar kuchli ta’sirga ega ekanligini, boshqa biri esa, aksincha, hech qanday ta’sir kuchiga ega emasligini tushunib yetmaymiz. Bu esa pedagogikada muhim muammodir. Har bir pedagogning o‘z ta’sir uslublari va ta’sir kuchi bo‘ladi. O‘qituvchi shaxsining bolalarga ta’siri quyidagi eksperimentda juda yaqqol kuzatilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga anchagina o‘yinchoqlar berib, shularning ichida faqat bittasiga, qizil yog‘och o‘yinchoqqa tegmaslik aytilgan. Bolalar yolg‘iz qoldirilib, harakatlari pinxona kuzatilgan. Juda ko‘p bolalar taqiqlangan o‘yinchoqqa baribir tegishgan. Eksperimentning ikkinchi seriyasida esa endi barcha uyinchoqqa tegish mumkin-u, faqat qizil qutichaning qopqog‘ini ochish mumkin emas, deb aytilgan. Shu quticha tepasiga esa shu bolalarning o‘qituvchisi surati ilib qo‘yishgan. Bu seriyada birinchisiga qaraganda “ta’qiqni buzuvchilar" soni keskin kamaygan. Demak, bu narsa o‘qituvchi shaxsining bola harakatlariga ta’sirini yaqqol isbotlab turibdi.
Shaxslararo ta’sir haqida gap ketganda, o‘qituvchi obro‘yining roli haqida ham aytish lozim. Chunki, obro‘li odam doimo o‘sha obro‘ qozongan guruhida o‘z mavqeiga va ta’siriga ega bo‘ladi. Shaxs obro‘yi uning boshqa shaxslarga irodaviy va emosional ta’sir ko‘rsata olish qobiliyatidir. Ma’lumki, obro‘ amal yoki hayotiy tajriba bilangina orttirilmay, uning haqiqiy asosi - shaxsning odamlar bilan to‘g‘ri munosabati, undagi odamiylik xislatlarining, boshqa ijobiy xislatlarining uyg‘unlashuvidadir. Psixologik obro‘ - ta’sir ko‘rsatishning eng muhim mezonidir.
Muloqotning perseptiv tomoni. Muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma’lumotlar almashib, o‘zaro ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, balki bir-birlarini to‘g‘riroq va aniqroq anglashga, tushunishga va idrok qilishga harakat qiladilar. Bu tomon shaxsiy idrok va tushunish muammosi bilan bog‘liqdir. Birgalikdagi faoliyat jarayonida shaxslarniig bir-birlarini to‘g‘ri tushunishlari na aniq idrok qilishlari muloqotning samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Rus psixologi A.A. Bodalev boshchiligidagi laboratoriya bir-birlarini idrok qilish mexanizmlarini aniqlash borasida qator psixologik qonuniyatlarni kuzatgan. Bunday mexanizmlarga:
identifikasiya;
refleksiya;
stereotipizasiya kiradi.
Identifikasiya shunday psixologik hodisaki, bunda suhbatdoshlar bir-birlarini to‘g‘riroq idrok qilish uchun o‘zlarini bir-birlarining o‘rniga qo‘yib ko‘rishga harakat qiladilar. Ya’ni, o‘zidagi bilimlar, tasavvurlar, hislatlar orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o‘zini birov bilan solishtirish (ongli yoki ongsiz) identifikasiyadir. Masalan, birinchi marta uchrashuvga ketayotgan yigitning ichki holatini uning o‘rtog‘i yoki akasi tushunishi mumkin. Refleksiya muloqot jarayonida suhbatdoshning pozisiyasidan, xolatidan turib, o‘zini tasavvur qilishdir, ya’ni refleksiya, boshqa odamning idrokiga taalluqli bo‘lib o‘ziga birovning ko‘zi bilan qarashga intilishdir. Chunki, busiz odam muloqot jarayonida o‘zini aniq bilmasligi, noto‘g‘ri muloqot formalarini tanlashi mumkin.
Stereotipizasiya odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o‘rnashib qolgan ko‘nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish hollaridir. Ijtimoiy stereotiplar har bir shaxsda u yoki bu guruhli kishilar haqida shakllangan obrazlardir. A.A. Bodalev va uning shogirdlari bunday stereotiplar ba’zan muloqotni to‘g‘ri yo‘nalganligini ta’minlasa, boshqa hollarda esa undagi xatoliklarning sababi bo‘lishi mumkinligini kuzatishgan. Idrok va tushunish borasidagi bunday xatoliklar kauzal atribusiya (lotinchasiga “kauza" — sabab, “atrebusio" — bermoq, qo‘shib bermoq ma’nosini bildiradi) deb ataladi. Masalan, o‘qituvchi bilan hamsuhbat bo‘lib qolgan odamda suhbat boshidayoq “hozir odob-ahloqdan dars berishni boshlamasmikan" degan shubha paydo bo‘lishi mumkin. Bu ham stereotipga misol bo‘la oladi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.Muloqot haqida to`liq ta`rif bering.
2. Mazmuniga ko`ra muloqotni necha guruhga ajratishimiz mumkin?
3. Maqsadiga ko`ra muloqot nechaga bo`linadi?
4. Odamlar amaliy faoliyatiga ko`ra muloqotning turlarini ko`rsating.
5.Identifikatsiya qanday psixologik hodisa ?
AMALIY MASHGʻULOTLAR MAVZULARIDA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari
sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
Qarori. //Xalq so‘zi, 2005 yil.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bozor islohotlarini
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoni. //Xalq so‘zi, 2005 yil, 15 iyun, 1-bet.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. //Xalq so‘zi, 2005 yil, 16-iyun, 1-bet.
4. Kelvin Seifert va Rosemary Sutton. Educational Psychology
Copyright © 2009 Kelvin Seifert.
5. Bordavskaya N.V., Rean A.A. Pedagogika.-M.: Piter, 2004.
6. Professionalnaya pedagogika. Uchebnik dlya studentov. – M.:
Pedagogika, 2002.
7. Nishonova S. Komil insonni tarbiyasi: o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalari uchun qo‘llanma. -T.: Istiqlol. 2003
8. Gʻulomov S.S. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. T.:
―Sharq‖ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2000.
9. Egamberdiyev E., Xo‘jamqulov H. Kichik biznes va tadbirkorlik. – T.:
Ma’naviyat, 2003.
10. Xoshimov K. va boshqalar tahriri ostida. Pedagogika tarixi – T.: Fan, 2001.
11. E. G. Goziyev, K. Q. Mamedov. Kasb psixoloiyasi. T. 2003 y.
12. N. V. Gafurova, V. L. Lyax, ye. V. Feskova i dr. ―Psixologiya professionalnogo obrazovaniya‖ (sibirskiy federalnыy universitet) SFU, 2010g.

Internet resurslari


1. www.edu.uz
2. www.ziyonet.uz
3. www.tuit.uz






Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling