“O‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini baholashda xalqaro dasturlar va taqqiqotlar” o‘quv kursining


Download 258.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana02.11.2023
Hajmi258.74 Kb.
#1739119
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
WJi5wjdzECtVZZDAvkO6H7k9ev4W13OGLj0YYHZT



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 
 
 
“O‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini baholashda xalqaro dasturlar 
va taqqiqotlar” o‘quv kursining 
“DNKga oid masalalar yechish metodikasi” mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Sh. Ikromova 
 
 
 
 
Toshkent
 
 
 


3-Mavzu: DNKga oid masalalar yechish metodikasi 
Reja:
1. Biologiyadan foydalaniladigan masala va mashqlarning turlari. 
2. Aminokislotalarga oid masalalar yechish metodikasi
3. Nuklein kislota va DNKga oid masalalar yechish metodikasi. 
 
Biologiyadan foydalaniladigan masala va mashqlarning turlari 
Biologiyadan masala va mashqlami nafaqat yangi materialni o‘quvchilar 
qanday o‘zlashtirganliklarini nazorat qilishda, balki darsning boshqa bosqichlarida 
ham foydalanish mumkin. Dastlab olingan bilimlarni mustahkamlashda. Masala 
yechish davomida o‘quvchilarda darsda olgan bilimlarning qo‘llash ko‘nikmalari 
hosil bo‘ladi. O‘zlashtirilgan bilimlarga esa ongli yondashiladi va chuqurlashadi. 
Masala va mashqlarni darajasi, shakli va ma’nosiga qarab klassifikatsiya 
qilish mumkin. O‘quvchilarga taklif etilayotgan masala va mashqlar (u darsda yoki 
olimpiada bo‘lishidan qat’i nazar), ulami 5 ta darajaga ajratish mumkin. Ularni 
bilimlarni o‘zlashtirish darajasi bilan chalkashtirmaslik kerak. Didaktika bilimlarni 
o‘zlashtirishni uch guruhga bo‘lishi ma’lum ular reproduktiv o‘zlashtirish, standart 
masalalami yechish va ijodiy masalalami yechishni bilish. 
Murakkablik darajalarini turli xil masala va mashqlar misolida kо‘rib 
chiqaylik. 
Birinchi darajali masalalarda oddiy bilimlarni taqqoslash bilan bog‘liq 
bo‘lishi mumkin bunday testlar ko‘proq o‘quvchilaming xotirasini tekshirish uchun 
qulaydir. 
Ikkinchi darajali murakkablikka ega bo‘lgan masalalami yechishda ayrim 
biologik qonunlami tatbiq eta olishni va ayrim hodisalami taqqoslash talab etiladi. 
Uchinchi darajali masala va mashqlami yechishda qanday bilimlardan 
foydalanib javob berish kerakligini aniq bilish kerak. 
• To‘rtinchi darajali masala hamda mashqlarga javob berishda o‘quvchilar 
boshqa fanlardan kimyo, fizika, matematikadan olgan bilimlarini ham safarbar 
etishni bilishlari kerak. 
Beshinchi darajali darajali masala va mashqlarni shartlari murakkabbo‘ 
lib uning ichida yashiringan tushunchalarni tushunish anchaqiyin bo‘lib uni 
ishlashda biologik qonuniyat va nazariyalami tatbiqeta olishi hamda kimyo, fizika, 
matematikadan olgan bilimlariniham safarbar etishni bilishlari talab etiladi. Masala 
qanchalik yuqori darajali bo‘lishi shunchalik ko‘proq fikrlashni va murakkab 
mantiqiy operatsiyalarni bajarishni talab etadi. 

Download 258.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling