Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari docx


Download 153.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana17.06.2023
Hajmi153.54 Kb.
#1541585
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari...

GRAFIKA HAQIDA MA’LUMOT
1.Grafika tilshunoslikning mustaqil bo’limi bo’lib, grafikos so’zidan olingan va yozaman degan ma’noni ifodalaydi.
2. Bu bo’limda harf, alifbo, va yozuvlar o’rganiladi.
3.Yozma nutqning harflar tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limiga grafika deyiladi.
Alifbo
1.Harfning ma’lum tartibda joylashgan qatoriga alifbo deyiladi.
2.Alifbo so’zi arab yozuvidagi harflar tartibining 1-va 2-harflari, ya’ni alif va bo (be) nomlarining qo’shiluvidan hosil
bo’lgan.
3. Alifboning amaliy amaliyoti quyidagilardan iborat:
a) alifbo orqali harflar xotirada yaxshi saqlanadi:
b) barcha lug’at va ensiklopidiyalar (qomusar) alifbo tartibida tuziladi;
d) turli ro’yxatlar (maktab jurnalidagi o’quvchilarning familiyasidan tortib kutubxonalardagi kartotekalargacha alifbo
tartibida tuziladi;
e) mumtoz adabiyotda shoirlar devonida g’azallar tugallanishiga qarab alifbo tartibida joylashtirilgan.
Til va yozuv
1.Til va yozuv tushunchalari bir-biri bilan uzviy aloqadordir. Til jamiyat bilan bir vaqtda yuzaga kelgan. Yozuv esa tilga
nisbatan keyinroq paydo bo’lgan.
2.Yozuvning ahamiyati quyidagilardan iborat.
a) yozuv orqli o’tmishda yaratilgan ma’naviy boyliklar bizgacha yetib keladi va kelajakka o’tadi. Demak, yozuv zamon
vaqtjihatdan chegaraga ega emas;
b) yozuv orqali uzoq masofada yashaydigan kishilar bir-birlari bilan aloqada bo’la oladilar. Demak, yozuv makon (masofa)
jihatdan ham chegaraga ega emas;
d)yozuv qadimda amal qilgan tillarning leksik va Grammatik xususiyatlarini o’rganish imkonini beradi;
e) jamiyat a’zolarining savodxonligini oshirishda yozuvning ahamiyati katta.
3. Yozuv tilga nisbatan cheklangan tomonlarga ham ega:
a) yozuv bilan ish ko’rganda vaqtdan yutqazish mumkin;
b) yozuv maxsus vositalarsiz (qog’oz,qalam)va maxsus sharoitlarsiz (yorug’lik yuzaga kelmaydi;
d) yozuv faqat savodli kishilar orasida amalga oshadigan aloqa turi hisoblanadi;
e) yozuv tilning to’liq aksi bo’lolmaydi;
f) yozuvning xizmat doirasi tilning xizmat doirasiga nasbatan chagaralangandir.
4. Kishilar orasidagi eng muhim va bevosita aloqa quroli til hisoblanadi. Yozuv esa bilvosita aloqa quroli hisoblanadi.

Download 153.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling