Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari docx


Download 153.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana17.06.2023
Hajmi153.54 Kb.
#1541585
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari...

QO’SHIB CHIIZIQCHA BILAN,
AJRATIB YOZISH QOIDALARI
1.Qo’shib yozish qoidalari
1.xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang,mijoz, sifat, talab kabi so’zlar bilan yasalgan qo’shma ot va
qo’shma sifatlar qo’shib yoziladi.
M: devsifat, suvtalab, bug’doyrang, bedapoya, umumxalq
2.-(a) r, -mas qo’shimchasi bilan tugaydigan qo’shma ot va qo’shma sifatlar qo’shib yoziladi.
M: cho’quvar, tinchliksevar, ishyoqmas, qushqo’nmas
3. Narsani (predmetni boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash o’xshatish yo’li bilan bildiruvchi qo’shma ot va qo’shma
sifatlar qo’shib yoziladi.
M: karnaygul, qo’ziqorin, otquloq, oybolta, devqomat,sheryurak, qirg’iyko’z, bodomqovoq
4.Narsani uning rangi , mazasi, mazasi, o’zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi qo’shma otlar qo’shib
yoziladi.
M:olaqarg’a, achchiqtosh, mingoyoq,
5. Narsaning biror maqsad, ish uchun mo’ljallanganligi bildiruvchi qo’shma otlar qo’shib yoziladi.
M: kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon, ko’zoynak
6. Narsani joyga nisbat berish asosida bildiruvchi qo’shma otlar qo’shib yoziladi.
M: tog’olcha, cho’lyalpiz, suvilon, qashqargul
7. Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo’shma otlar qo’shib yoziladi.
M: kelintushdi, kiryuvdi, Urto’qmoq, Ochildasturxon
8.Qaratuvchili birikmaning bir so’zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo’shma otlar qo’shib yoziladi.
M: mingboshi, so’zboshi, olmaqoqi
9.Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so’zi bilan ifodalangan joy nomlari qo’shib yoziladi.
M: Sirdaryo, Kosonsoy, Yangiyo’l, To’rtko’l, Xalqobod, Yangiobod
Ammo ikkinchi qismi atoqli ot bo’lgan joy nomlari ajratib yoziladi.
M: O’rta Osiyo, Quyi chirchiq
10. Rus tilidan aynan o’zlashtirilgan yoki so’zma-so’z tarjima qilingan qo’shma so’zlar qo’shib yoziladi.
M: kinoteatr , radiostansiya, teleko’rsatuv, yarimavtomat, bayramoldi, suvosti
11.Qisqartmalarning barcha turlari va ularga qo’shiladigan qo’shimchalarqo’shib yoziladi.
M: Sam DU, Tosh DUning, BMTdan,
Ammo yonma-yon kelgan ikki qistqartma ajratib yoziladi.
M:O’z XDP MK
12.Bir tovush ikki yoki undan ortiq tovush tarzida aytilsa,bunday holat harfni takror yozish bilan ko’rsatiladi.
M: yo’o’q, nimaa, ufff, himm,
2.Chiziqcha bilan yozish qoidalari
1.Fonetik usul bilan hosil bo’lgan kuchaytirma sifatlar chiziqcha bilan yoziladi.
M: bab-baravar, yam-yashil, soppa-sog’
(faqat oq sifatining kuchaytirma shakli oppoq qo’shib yoziladi
2.Yetakchi va ko’makchi fe’l bir xil shaklda bo’lsa, chiziqcha qo’yiladi.
M: aytdi-qo’ydi, yozdi-oldi, boras an-qo’yasan, uxlabman-qolibman
3. Rus tilidan aynan yoki so’zma so’z tarjima qilish yo’li bilan olingan so’zlar asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi.
M: unter-ofitser, kilovatt-soat
4. –chi, -a(ya), -ku, -u (-yu), da, -e, -ey –(yey) yuklamalari chiziqcha bilan yoziladi.
M:sen-chi, sen-a, kelgan-ku, yashang-e, o’g’lim-ey, keldi-yey


12
Ammo –oq (-yoq),mi,-ov (-yov),-gina(-kina,-qina)yuklamalari o’zidan oldingi so’zga qo’shib yoziladi.
M: keldimi, ko’rdiyov, keliboq, o’ziyoq, o’qidingmi
5. Tartib sonlar arab raqamlari bilan ifodalansa, -inchi qo’shimchasi o’rnida chiziqcha qo’yiladi.
M: 3-, 7-, 8-sinf o’quvchilari, 1991-yilning 1-sentabri, 60-yillar
Ammo tartib sonni ko’rsatuvchi rim raqamlaridan keyin chiziqcha qo’yilmaydi.
M: XXasr,Xsinf
3.Juft va takror so’zlar imlosi
1.Juft so’z va takror so’z qismlari chiziqcha bilan yoziladi.
M: do’st-dushman, ota-ona, baland-baland, xirmon-xirmon
2. Juft so’z qismlari orasida –u (-yu) bog’lovchi vazifasidagi yuklama kelsa, undan oldin chiziqcha qo’yiladi, juft so’z
qismlari ajratib yoziladi.
M: do’st-u-dushman, kecha-yu kunduz
3. Juft so’zlardan affiksatsiya usuli yordamida yasalgan so’zlar ham chiziqcha bilan yoziladi.
M: baxt-saodatli, xayr-xo’shlanmoq,
Bunda istisno holatlar bo’lishi mukin.
M: qiy-chuv-qiychuvlashmoq
4. Takroriy so’zlardan affiksatsiya usuli bilan yasalgan yangi so’zlar esa qo’shib yoziladi.
M: qah-qah-qahqaha, shar-shar-sharshara,gij-gij-gijgijla, hay-hay-hayhayla
5.-ma, -ba elementlari yardamida birlashgan (takrorlangan) so’zlar ham chiziqcha bilan yoziladi.
M: ko’chama-ko’cha, uyma-uy, rang-barang, dam-badam
Ammo bunda mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa qo’shib yoziladi.
M: ro’baro; darbadar
4.Ajratib yozish qoidalari
1.Qo’shma fe’l qismlarihamma vaqt ajratib yoziladi.
M: sotib ol, miq etma, taklif qil, olib kel
2.Murakkab son qismlari doimo ajratib yoziladi.
M: qirq ming olti yuz bir, bir ming yetti yuz sakson beshinchi
3. hamma, har, hech, bir, qay, u, bu, shu, o’sha, so’zlari bilan hosil bo’lgan qo’shma so’zlar ajratib yoziladi.
M: hamma vaqt,har kim, hech qaysi,qay kuni, u yerda, shu yoqdan, o’shq yoqqa
Ammo:
-birpas, biroz, bira to’la,birvarakaviga, buyon so’zlari qo’shib yoziladi;
-qay so’zi yoq, yer so’zlari bilan ishlatilganda bir y tovushi tushsa, bu so’zlar qo’shib yoziladi.
M:qayoqqa, qayerda
4.Qo’shma so’z qismlari bir-birini izohlasa, ajratib yoziladi.
M: temir eshik, osma ko’prik, til oldi,o’rta keng, uzun bo’yli , Jo’ra tog’a, Janubiy Farg’onakanali
5. Sifat oldidan kelib, belgining ortiq yo kamligini bildiruvchi to’q, jiqqa, tim, liq, lang, och kabi so’zlar ajratib yoziladi.
M: to’q sariq, och qizil, liq to’la, jiqqa ho’l
6. Ko’makchilar ajratib yoziladi.
M: kun bo’yi, soat sayin, oltin kabi, u bilan
Ammo bilan ko’makchisining –la uchun ko’makchisining
M: kun bo’yi, soatsayin, oltin kabi, u bilan
Ammo bilan ko’makchisining –la, uchun ko’makchisining –chun shakli chiziqcha bilan yoziladi.
M: sen-la, sen-chun
7Yildan yilga, tomdan tomga kabi 1-qism chiqish kelishigi 2-qismi jo’nalish kelishigida bo’lgan birikmalar ajratib yoziladi.
8.Belgining ortiq darajasini bildiruvchi ko’pdan ko’p, tekindan tekin,yangidan yangi, qizigandan qizidi kabi birliklar ajratib
yoziladi.
9. Ko’makchi fe’llar:
-asosan, ajratib yoziladi
M: aytib ber, o’qib chiq, olib bor, yoza olmadi
-agar yetakchi va ko’makchi fel orasida tovush o’zgarishi sidir bo’lsa, qo’shib yoziladi.
M: bora oladi-boroladi, yoza olmadi-yozolmadi, ayta ber-aytaver, keta ber-ketaver
-agar ko’makchi fe’l yetakchi fe’l bilan bir xil shaklda bo’lsa,chiziqcha bilan yoziladi.
M: ayti-qo’ydi, yozdi-oldi, borasan-qo’yasan
10. To’liqsiz fe’llar ham ajratib yoziladi.
M: ketgan ekan, brogan emish
Agar to’liqsiz fe’lning birinchi tovushi tushib qolsa, ular qo’shib yoziladi.
M: o’qigan emish, o’qiganmish, bilar ekan –bilarkan
11.Izofali birikmalar ajratib yoziladi. Bunda izofa undosh bilan tugagan so’zlarga –I shaklida, unli bilan tugagan so’zlarga –
yi shaklida qo’shiladi.
M: dardi bedavo, ahli zamon, nuqtayi nazar, Buxoroyi sharif
Ammo: -qismlarning biri yoki ikkisi o’zbek tilida mustaqil ishlatilmaydigan so’zlardan iborat bo’lsa, qo’shib yoziladi.
M: dardisar, sadqayisar, holvaytar
-izofa (-I, -yiqo’shimchasi) yozilmasa qqo’shib yoziladi.
M:gulbeor (guli beor), sohibjamol (sohibi jamol)

Download 153.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling