Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari docx
Kirill yozuvidagi grafemalarning yangi yozuvda ifodalanishi
Download 153.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari...
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASOS VA QO’SHIMCHALAR IMLOSI
9.Kirill yozuvidagi grafemalarning yangi yozuvda ifodalanishi
1.Ma’lumki, lotin yozuvi asosidagi yangi alifboga rus yozuvidagi grafemalar qabul qilinmadi. Tarkibida grafemalar bo’lgan ruscha o’zlashma so’zlarning yangi imloda yozilishiga e’tibor berishimiz kerak. 2. Grafemalar quyidagi hollarda ikkita harf bilan ifoda etiladi: a) grafema so’z boshida kelgan bo’lsa М: январ-yanvar, юсмиция-yustitsiya b)grafemalar bo’g’in boshida kelgan bo’lsa M: поезд- poyezd, июнъ-iyun, ноябръ-noyabr d)grafemflar alohida bo’g’in hosil qilib kelgan bo’lsa M: kaюма-kayuta, философия- filosofiya, Греция –Gretsiya e)grafemalar ayirish va yumshatish belgilaridan keyin kelgan bo’lsa M: съезб-syezd, съёмка-syomka, интервъю-intervyu 3. Agar grafemalar bo’g’in o’rtasida, ya’ni undoshdan keyin yoki ikki undosh orasida kelgan bo’lsa, odatda, bitta tovushni ifoda etgan hisoblanadi va bitta harf bilan yoziladi. M: бюбжет- budjet,этюб –etud 4.Ammo ayrim ruscha o’zlashma so’zlarda grafemalar bo’g’in o’rtasida kelgan bo’lsa ham , talaffuzi inobatda olinib ikkita harf bilan yoziladi. Imlo lug’ati bo’yicha quyidagi so’zlarda bo’g’in o’rtasida kelgan grafema ikkit harf bilan yoziladi: Aktyor, amyoba, bronetransport, buryat, byura, byurokrat, byust,vertolyot, gravyura, granatomyot, dvoryan, zaryad, kinoaktyor, knyaz,likyor, manyovr, minomyot, montyor, plyonka, polyak, pulemyot, samolyot, sapyor, slavyan, transportyor, shaxtyor, shofyor, 10 ASOS VA QO’SHIMCHALAR IMLOSI 1.i bilan boshlanuvchi so’z yasovchi qo’shimchalarning imlosi 1.-illa taqlid so;zdan fe’l yasovchi qo’shimchasi ikki xil aytiladiva yoziladi: a) bu qo’shimcha tarkibida u unlisi yoki v undoshi bo’lgan (aniqrog’I v bilan tugagan) so’zlarga qo’shilganda, qo’shimchadagi I u tarzida aytiladi va yoziladi M: gur+illa=gurulla, duk+illa=dukulla, shov +illa=shovulla Bunday so’zlar fonetik prinsip asosida yoziladi. b) qolgan hollarda bu qo’shimcha –illa tarzida aytiladi va yoziladi. M: vaq+illa=vaqilla, viz+illa=vizilla, chirs+ illa=chirsilla Bu so’zlar morfologik prinsip asosida yoziladi. 2. –ilm, indi kabi so’z yasovchi qo’shimchalari o’zagida u unlisi bo’lgan bir bo’g’inli fe’llarda qo’shilganda q-chadagii u ga aylanadi. M: tuz+im=tuzum, uy+im=uyum, yuv+indi=yuvundi Bunday so’zlar fonetik prinsip asosida yoziladi. Qolgan hollarda bu qo’shimchalar –im, indi, tarzida aytiladi va morfologik prinsip asosida yoziladi. M: bil+im=bilim, kiv+im=keyim, cho’k+indi=cho’kindi 3. –im , -I so’z yasovchi qo’shimchalari ayir so’ziga qo’shilganda o’zak tarkibidagi ikkinchi unli tushib qoladi, ya’ni ayrim, ayri (Shuningdek, ayir fe’liga –il nisbat shakli qo’shilganda ham 2-bo’g’indagi I unlisi tushib qoladi, ya’ni ayril 4.-iq qo’shimchasi o’zagida u unlisi bo’lgan bir bo’g’inli fe’llarga –uq tarzida qo’shiladi . M: yut+iq=yutuq, yul+iq=yuluq,uz+iq=uzuq Bular so’ziga qo’shilganda esa ikkinchi bo’g’indagi unli tushib qoladi va qo’shimchadagi I u ga aylanadi. Ya’ni buyruq 2.g bilan boshlanuvchi qo’shimchalar imlosi 1.g bilan boshlanuvchi shakl yasovchi qo’shimchalar ya’ni: -ga jo’nalish kelishgiqo’shimchasi: -gacha chegara shakli qo’shimchasi; -gan sifatdosh shakli qo’shimchasi; -gach,-gani,guncha, -guncha, gudek, ravishdosh shakli; -gin buyruq mayli ko’rsatkichi; -gina yuklama va lug’viy shakl yasovchi qo’shimchasi kabilar uch xil aytiladi va shunday yoziladi: A) k undoshi bilan tugagan so’zlarga qo’shilganda bu qo’shimchalarning bosh tovushi k aytiladi va shunday yoziladi. M: tok+ga=tokka, yo’lak+gacha=yo’lakkacha, to’k+gani=to’kkani Bu so’zlarning yozilishi fonetik prinsipga asoslanadi. b) q undoshi bilan tugagan so’zlarga qo’shilganda bu qo’shimchalarning bosh tovushi q aytiladi va shunday yoziladi. M: chopiq+ga=chopiqqa, chiq+guncha=chiqquncha, iliq+gina=iliqqina Bu so’zlar ham fonetik prinsip asosida yoziladi. d) bu qo’shimchalar qolgan hollarda so’z qanday tovush bilan tugashidan va bu qo’shimchalarning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qat’iy nazar me’yor bo’yicha yoziladi. M: tog’+ga=tog’ga, sig+guncha=sig’guncha, barg+ga=bargga Bu so’zlar morfologik prinsip asosida yoziladi. 2. g bilan boshlanuvchi so’z yasovchi qo’shimchalar, jumladan -gi,-gir, -gin, gich, kabi ot va sifat yasovchi qo’shimchalar ham bir nech xil yoziladi: a) jarangsiz undosh bilan tugagan so’zlarga qo’shilganda qo’shimchadagi g k ga, ba’zan q ga aylanadi. M: tep+gi=tepki, ich+gi=ichki, past+gi=pastki Chop+gir=chopqir, tosh+gin=toshqin Bu so’zlar fonetik prinsip yoziladi. b) ba’zan bu qo’shimcha jarangli undosh bilan tugagan so’zlarga qo’shilganda qo’shimchadagi g g ga aylanadi va fonetik prinsip asosida yoziladi. M: tuyg’u, ozg’in, chizg’ich, qirg’ich,so’lg’in d) qolgan hollarda bu so’z yasovchi qo’shimchalar me’yor bo’yicha yoziladi M: suzgich, bahorgi, sezgir Bu so’zlarning yozilishi morfologik prinsipga asoslanadi. 3.i yoki a bilan tugagan so’zlarga yasovchi qo’shimchalar qo’shilganda imlosi 1.a unlisi bilan tugagan fe’llarga –v, -vchi, -q, -qiqo’shimchasi qo’shilganda a unlisi o aytiladi va shunday yoziladi. M: sayla +y=saylov, tanla+y=tanlov+terga+vchi=tergovchi, hayda+vchi=haydovchi, bo’ya+q=bo’yoq, so’ra+q=so’roq, o’yna+qi=o’ynoqi,sayra+qi=sayroqi Bu so’zlarning yozilishi fonetik prinsipga asoslanadi. 2. I unlisi bilan tugagan fe’llarga –v,-vchi, -q, -qi qo’shimchasi qo’shilganda a unlisi o aytiladiva shunday yoziladi. M: sayla+y=saylov, tanla+y=tanlov, , terga+vchi=tergovchi, hayda+vchi=haydovchi, bo’ya+q=bo’yoq, so’ra+q=so’roq, o’yna+qi=o’ynoqi, sayra+qi=sayroqi Bu so’zlarning yozilishi fonetik prinsipga asoslanadi. 2. i unlisi bilan tugagan fe’llarga –v, -vchi, qo’shimchasi qo’shilganda bu unli u aytiladi va shunday yoziladi. M: o’qi+v=o’quv, to’qi+v=to’quv,o’qi+vchi=o’quvchi, qazi+vchi=qazuvchi Bu so’zlarning yozilishi ham fonetik prinsipga asoslanadi. 3.i unlisi bilan tugagan fe’llarga –q qo’shimchasi qo’shilganda: 11 -ayrim hollarda bu unli u aytiladi va shunday yoziladi. M: sovi+q=sovuq, quri+q=quruq Bu so’zlarning yozilashi fonetik prinsipga asoslanadi. -ayrim hollarda bu unli i aytiladi. M: qavi+q=qaviq, og’ri+q=og’riq, ili+q=iliq Bu so’zlar morfologik prinsip asosida yoziladi. 4.Ayrim qo’shimchalar imlosi 1.O’rin –payt kelishigi –da chiqish kelishigi –dan, zamon va III shaxs ko’rsatkichi –di qo’shimchalarini boshidagi undosh ba’zan t aytilsa ham, hamma vaqt d yoziladi. M:ishda, misdan,ketdi, otdan, aytdi 2. –bon, boz yasovchi qo’shimchalari ba’zan –von, voz aytilsa ham, hamma vaqt –bon, -boz yoziladi. M: darvozabon, masxaraboz 3.-vachcha qo’shimchasi esa hamma vaqt shunday aytiladi va yoziladi M: amakivachcha, xolavachcha, boyvachcha 4. –a, -ak,-os yasovchi qo;shimchalari bir bo;g;inli taqlidso;zlarga qo;shilganda tovush ikkilanishi hodisasi ro’y beradi. M: jiz+a=jizza, var+ak=varrak, shar+os=sharros,xur+ak=xurrak 5.Ot yasovchi –lik va sifat yasovchi –li qoshimchalari talaffuzda ko’pincha o’xshab ketadi, ammo ularni farqlab qo’llash kerak. M:shaharlik mehmon, qishloqlik yigit, guruchli ovqat, yog’li palov Yoki: astarli(astari bor) –astarlik(astarbop), belbog’li (belbog’i)-belbog’lik (belbog’ga yaraydigan ) -li qo’shimchasi ega ekanlik, borlik mavjudlik ma’nolarini; -lik qo’shimchasi mansublik, [jslik mo’ljallanganlik kabi ma’nolarni ifodalaydi. Download 153.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling