Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari docx
Download 153.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari...
M:obod, avlod, daromad
-so’zning oxirida d tovushidan oldin n kelsa va bunday so’zlarga qo’shimchalar qo’shilsa d talafuz etilmaydi, ammo yoziladi. M:payvanchi, balandroq, xursandchilik 6.Tharfi: -til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. -so’z oxiridagi t talaffuzda ko’pincha tushib qoladi. Biroq asliga muvofiq yozilaveradi. M:do’st, daraxt -bunday so’zlarga qo’shimchalar qo’shilganda ham talaffuz t undoshi eshitilmay qoladi, ammo bu hol ham imloda aks etmaydi. M:do’stlik mashinistga -jonli nutqda t bilan tugagan so’zlarga ch undoshi bilanboshlanuvchi qo’shimchalar qo’shilganda t ning ham ch ga aylanish hodisasi yuz beradi. M: sutchi, yigitcha, uyatchan 7.Z harfi: -til oldi, sirg’aluvchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. -jonli nutqda so’z oxirida kelgan z tovushi jarangsizlashib, s tovushiga moyil talaffuz qilinadi, biroq asliga muvofiq z yozilaveradi. M: boramiz, og’iz -bu holatni z bilan tugallangan o’zakka jarangsiz undoshlar qo’shilganda ham kuzatish mumkin. M: yuz so’m, so’zsiz, izchil 8. S harfi: -til oldi, sirg’luvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi . -e, I unlilaridan oldin kelganda yumshoq talffuz etiladi. M: sezgi, sekin, silamoq, sim kabi. 9.J undoshi: -jahon , juma, vaj, g’ijjak kabi so’zlarda til oldi, jarangli ,portlovchi j tovushini ifodalash uchun yoziladi; -jurnal, ajdar, garaj, tiraj kabi so’zlarda til oldi, jarangli,sirg’aluvchi tovushni ifodalash uchun xizmat qiladi. -sof o’zbekcha so’zlarda qorishiq tovush tarzida, forscha-tojikcha va ruscha o’zlashma so’zlarda sirg’aluvchi tovush kabi talaffuz qilinadi. M: jon, ajoyib, jajji, ajdar, mujda, janr -jonli nutqda ch yoki sh tovushlariga moyil aytiladi, ammo asligamuvofiq j yoziladi. M: toj, boj,ijtimoiy, massaj 10. Ch harfi: -til oldi, qorishiq portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. -ch harfi bilan tugallanuvchi o’zakka qo’shimcha qo’shilganda hamda ayrim so’zlarda ch tovushi sh kabi aytiladi, ammo asliga muvofiq yoziladi . M:uchta, uchdi, kichkina, qarich 11.Sh harfi: 6 -til oldi, sirg’aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi, -til oldi unlilari bilan kelganda yumshoq, orqa qator unlilar bilan yonmyon kelganda esa qattiq talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. M:shirin, ishkal, shol, sho’x kabi. -rus tili orqali o’zlashgan so’zlarda yumshuq va cho’ziqroq aytiladiva doim sh yoziladi. M:plash, borsh, obshina 12.G harfi: -til orqa, portlovchi , jarangli undosh tovushni ifodalaydi. So’z oxirida jarangsiz k kabi eshitiladi, ammo yozuvda g tarzida yoziladi. M: batg, tug, pedagog, eg 13.K harfi: -til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. -oxiri k bilan tugagan so’zlarda egalik qo’shimchalari qo’shilganda k jaranglashadi va g tarzida aytiladi hamda shunday yoziladi. M: yurak-yuragim, tilak-tilagim, bek-begim kabi. 14.G’ harfi: -chuqur til orqa, sirg’aluvchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. -so’z oxirida g’ tovushi ba’zan qo’shimchalar ta’sirida x tarzida aytilsa ham g’ yoziladi. M: bog’cha, belbog’cha, zog’cha 15.Q harfi: -chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. -ayrim hollarda x ga moyil talaffuz qilinadi, lekin doim q yoziladi. M: maqasad, maqtov, taqsim, oqshom, oqsil, to’qson, vaqt -ba’zi so’zlarda q undoshi g’ga moyil talaffuz qilinishi mumkin M; chiroq, oyoq, yaproq, qo’shiq, botqoqlik, baliq, shu yoqda 16: X harfi: -chuqur til orqa, sirg’aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. So’z o’rtasida va oxirida ba’zan q tovushiga moyilroq aytilsa ham asliga muvofiq yoziladi. M: axloq, mix, soxta _o’zbek tilida, asosan, e dan unlilar bilan yonma-yon kelganda yoziladi va ularning qattiqroq takaffuz qilinishiga sababchi bo’ladi. M: xalq, xabar, to’xta, axtar, xush, xavir 17. H harfi: -sirg’aluvchi, jarangsiz, bo’g’iz undosh tovushni ifodalaydi. -o’zbek tilida bu tovush oh, eh, ha kabi undov so’zlarda va, asosan, arab- fors tillarida o’zlashtirilgan so’zlarda uchraydi. -h harfi nifodalangan tovush x tovushiga nisbatan yumshoqroq, nafisroq talaffuz etiladi; -jonli nutqda h tovushi ba’zan o’zidan keying undosh kabi aytiladi yoki butunlay talaffuz etilmaydi. M: mahkam, mahsi, shahodatnoma -kundalik so’zlashuvda yumshoq bo’g’iz tovushi h undoshining ko’pincha qattiq, chuqur til orqa x tarzida aytilishi adabiy talaffuz me;yoriga xos emas.Chunki bu tovushlarning bir xilda talaffuz etilishi so’z ma’nosini butunlay o’zgartirilishi mumkin. M: shohi-shoxi, hol-xol, shox-shoh, xush-hush, xiyla-hiyla,uxla-uhla, xam-ham, xosiyat-hosiyat, xur-hur, xirs-hirs,xil-xil-hil- hil 18.M harfi: -lab-lab, jarangli, portlovchi burun undosh tovushini ifodalaydi. -e, I old qator unlilaridan oldin kelganda yumshoq (meva, mehmon, miqyos kabi), orqa qator unlilar, chuqur til orqa undoshlari bilan yonma-yon kelganda esaqattiq (somon, muborak, mo’min kabi) talaffuz qilinadi. 19.N harfi: -til oldi, jarangli, portlovchi burun undosh tovushini ifodalaydi. -bu tovush b, m undoshlari oldida kelganda m tarzida aytiladi,ammo asliga muvofiq yozilaveradi. M: tanburchi, minbar, yonbosh tanbal, o’n besh, manmanlik, bo’linma, yonma-yon -jonli nutqda n tovushining ba’zan o’zidan oldingi undosh ta’sirigauchrab, o’sha tovush tarzida qo’shaloq aytilishi adabiy talaffuz me’yoriga ziddir. M: gapni-gappi, yo’lni-yo’lli, ko’zni-ko’zzi kabi. Eslatma: Jarangli undoshlar so’z oxirida yoki jarangsiz undosh yonida kelganda jarangsiz talaffuz qilinadi, ya’ni b-p, d-t, z-s, g-k, g’-q singari jarangli va jarangsiz undoshlar orasidagi farq yo’qolib, bir xil,ya’ni jarangsiz undosh holida talaffuz qilinadi, ammo aslicha yoziladi. M: talab, omad, eg, bog’, aktiv, iztirob, badqovoq, tuzsin, avtobus So’z oxirada jarangli yoki jarangsiz undosh yozish kerakligini aniqlash uchun so’zga egalik qo’shimchasini qo’shib tekshirish mumkin. 7 M: kitob(p) –kitobi, hisob (p) hisob, daromad (t) –daromadi olibdi, kelibdi, yotibdi, boribdilar kabi so’zlarda b d birikmasi tarzida aytilsada, hamisha b d yoziladi. Download 153.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling