Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari docx
Yonma –yon kelgan unlilar imlosi
Download 153.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari...
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Ayrim undoshlar imlosi
2.Yonma –yon kelgan unlilar imlosi
1.Qator unlili so’zlar boshqa tillardan kirib kelgandir. Asl o’zbekcha so’zlarda ikkita bir xil yok ikkita bir xil yoki ikkita har xil unli yonma –yon kelmaydi. 2.Adabiy talaffuz va imlo me’yoriga asosan qator unlilar oa, ao,ia,ai,io, aa tarzida aytiladi va shunday yoziladi. 3.Qator unlili so’zlar boshqa tillardan kirib kelganligi sababli og’zaki nutqda bunday so’zlar tilimizda moslashtirishda harakat qilinadi. Bunda: a)qator unlilar og’zaki nutqda bir cho’ziq unliga aylantirilishi mumkin. M:mualim –ma:lum; zoologiya-za:logiya b)qator unlilar o’rtasida ayrim undoshlarni qo’shish mumkin. M:soat –sohat (Farg’ona)-sog’at (Toshkent) Bunda ko’pincha qator unlilar orasida y undoshi qo’shib aytiladi,ammo yozilmaydi.M:biologiya, mozaika tabiat, okean, shoir,radio, ukrain, material, milliard, teatr 4.ae, oe unlilari yonma-yon kelganda 2-unli y tarzida aytilasa ham, e yoziladi. M: abrodnom, aeroport 3.Ayrim undoshlar imlosi 1.B harfi: -lab-lab,portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi; -so’z oxirida yoki jarangsiz undosh yonida kelganda jarangsizlashib, p tarzida aytiladi, ammo b yoziladi. M: odob, kitob, maktab, javob,hisob, bob, sabab, odobsiz, mubtalo, ibtido -qibla, tobla, kabi so’zlarda v aytilsa ham b yoziladi.(b-v alvashinuvi ba’zan adabiy me’yorga aylanishi mumkin. M: keta ber-ketaver, ayta ber-aytaver) 2. P harfi: -lab-lab, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. -bu tovush ko’pincha bva f undoshlari o’rnida nalaffuz qilinsa ham, asliga ko’ra b va f yoziladi. M: kelib, g’arb insof, ulfat 3. V harfi -sirg’aluvchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi -sof o’zbekcha so’zlarda lab-lab talaffuz qilinadi va so’z boshida kelmaydi. M: ov, haydov, o’quvchi -arab –fors va rus tilidan o’zlashgan so’zlarda esa turli o’rinlarda kela oladi.M: vaqat, vafo, tavsif, afv, aktiv -hozirda bu tovushning lab bilan tish o’rtasida aytiladigan variantni keng qo’llanilmoqda. Lab-tish tovush sifatida talaffuz qilinganda so’z oxirida yoki jarangsiz undosh yonida kelsa, f tarzida aytiladi, ammo v yoziladi. M: avtobus, avtomat, artiv, passiv -Kollaj darsligida ko’rsatilishicha, so’z oxirida kelganda v so’zlashuv nutqida ba’zan p ga o’tadi, ammo qoidaga muvofiq v yoziladi. M: Norqulov, kooperativ 4.F harfi: -lab-tish, sirg’aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. 5 -fil, fodbol, fasl, fayz, fursat, fahm-farosat, safar, latif, insof, fabrika, fizika singari so’zlarda p holida o’qilsa ham f bilan yoziladi; -Afzal, afg’on kabi so’zlarda p yoki v holida o’qilsa ham f bilan yoziladi. -f va p tovushlari aniq ishlatilishi kerak,chunki bu ikki tovush ma’no farqlash uchun ham xizmat qiladi.Jumladan, quyidagiparonim so’zlarda p va f ma’no farqlash uchun xizmatqiladi: Alfoz (esk. So’z, ibora) –alpoz (vaziyat, holat Arfa (musiqa asbobi) –arpa (o’simlik ) Faqir (kambag’al) paqir (chelak) To’fon (dovul, bo’ron)-to’pon (qipiq, chor) Tif (yuqumli kasallik ) –tip(tur , xil) Tuf (tupurganda hosil bo’ladigan tovush)-tup (o’simlik , daraxt tupi) Sof (toza, pok)-sop (dasta, tutqich) Fol (bashorot )-pol (uyning poli) Fakt (dadil, asos) –pakt (xalqaro shartnoma, bitim) Far(a)(transport fonari)-par (bug’) Falak (osmon)- palak (gul solingan so’zana; o’simlik palagi) Fan (ilmlar)-pan (polsha, ukraina, Belorussiyada pomeshik, boy) 5.D harfi: -til oldi, porlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. -so’z oxiridagi d doimo jarangsiz talaffuz qilinadi. Biroq asliga muvofiq d yozilaveradi. Download 153.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling