Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari docx
Download 153.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari...
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rus yozuvi asosidagi o’zbek alifbosi
Arab yozuvi
1.VIII asrdan O’rta Osiyoda arablar hukmronligi boshlandi.Shu davrdan boshlab XX asrning 30-yillarigacha arab alifbosiga asoslangan eski o’zbek yozuvi qo’llanila boshlandi. 2. Arab yozuvi 800 yil mobaynida uyg’ur yozuvi bilan yonma-yon ishlatib kelindi. Bu yozuv xalqimiz tarixida eng uzoq (taxminan 1200 yil) hukm surgan yozuv hisoblanadi. 3. Arab yozuvida 28 ta harf bo’lib, harflar 4 tagacha ko’rinishua ega (ya’ni so’z boshi, so’z o’rtasi, so’z oxiri va mustaqil ko’rinish). 4. Fors –tojik va turkiy xalqlar bu alifboga 4 ta harf (ya’ni p, ch, j, g) qo’shib, o’zlariga moslashtirganlar. Shuning uchun arab alifbosi asosidagi eski o’zbek yozuvida 32 ta harf bo’lgan. 5.Arab yozuvi ham o’ngdan chapga qarab yoziladi.Undagi ayrim harflar o’zidan keying harfga qo’shilib yozish imkoniyatiga ega emas. 6.Arab yozuvida yozilgan eng qadimgi turkiy yodgorliklar XI asrga oiddir Bular Y.X. Hojibning “Qutadg’u bilig” dostoning Qohira va Namangan nusxalari hamda M. Qoshg’ariyning “Devoni lug’oti turk” asarlaridir. 7.Arab yozuvi o’zbek tili tabiatiga va fonetikasiga u qadar mos emas edi. Jumladan, arab yozuvidagi ayrim harflar o’zbek tiilida bo’lmagantovushlarni ifoda etar edi. Aksincha, o’zbek talaffuzining ayrim tovushlarini ifodalash uchun maxsus harflar qabul qilinmagan edi. 8. XX asrdan boshlab tilimizda ruscha o’zlashma so’zlar tabiiy va aniq fanlarga oid ilmiy atamalar kirib kela boshladi.Arab yozuvi bunday ruscha so’zlar va atamalarni yozish uchun ham uncha qulay emas edi. 9. XX asrning 20-yillaridan keyin lotin yozuvi asosidagi o’zbek alifbosiga o’tish harakati boshlandi. Natijada arab yozuvidan voz kechildi. Rus yozuvi asosidagi o’zbek alifbosi Arab yozuvidan voz kechilgach 1929-30-yildan 1940-yilgacha lotinlashtirilgan alifbo amalda bo’ldi. 1940- yildan esa rus yozuvi asosidagi o’zbek alifbosiga o’tildi. Bu alifboning lotin yozuvi asosidagi hozirgi alifbomizdan farqlari quyidagilardan iborat: 1. Rus yozuvi asosidagi o’zbek alifbosida 33 ta harf va 2 ta belgi bor edi; yangi alifboda esa 26 ta harf va 3ta harf birikmasi bor. 2. Rus yozuvi asosidagi o’zbek alifbosida 4 ta grafema, ya’ni yolashgan unli mavjud.Bular: e, ё,ю,я graftmalari bo’lib, ko’pincha 2 ta tovushni ifodalaydi; yangi alidboda grafemalar mavjud amas. 3. Rus yozuvi asosidagi o’zbek alifbosida ng tovushi o’z harfiy belgisiga ega emas, yozuvda bu tovush n va g harflari bilan ifodalangan: yangi alifboda ng tovushi o’z harfiy birikmasiga ega bo’ldi. 4. Rus yozuvi asosidagi o’zbek alifbosida qorishiq portlovchi u tovushini ifodalash uchun u harfi bor edi, bu tovush va faqat ruscha o’zlashma so’zlar tarkibida uchraydi; yangi alifbodan bu harf chaqarildi. 5. Rus yozuvi asosidagi o’zbek alifbosida 2 ta belgi, ya’ni ayirish belgisi ъ va yumshatish belgisi ъ mavjud bo’lib, bular tovush ifodalanmaydi:yangi alifbodan yumshatish belgisi butunlay chaqarildi, ayirish belgisi tutuq belgisi bilan almashtirildi va imloviy belgiga o’tkazildi. 16 6. Rus yozuvi asosidagi o’zbek alifbosida harf birikmalari yo’q edi; yangi alifboda 3 ta harf birikmasi, ya’ni sh, ch, ng mavjud . 7. Ikkala alifboda harflarning yozilish shakli, harflarning soni,joylashish tartibi farq qiladi. Download 153.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling