Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari docx
Download 153.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari...
5.Qo’sh undoshlar imlosi
1.Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so’zlar qo’sh undoshli so’zlar hisoblanadi. 2. Takror undoshlar o’zlashma so’zlarda ham, asl o’zbekcha so’zlardaham uchraydi. O’zbek tilida takror undoshlar faqat so’z tarkibida (o’rtasida) uchraydi. M: ikki, ellik, sakkiz, to’qqiz, ittiz O’zlashma so;zlarda esa so’z o’rtasida ham, so’z oxirida ham takror undoshlar kelishi mumkin.M: grammatika affiksatsiya ball, gripp (sanoqli misollarda so’z boshida qo’sh undoshlar kelishi mumkin: ssenariy, ssuda) 3. Qo’sh undoshlar so’z o’rtasida kelganda: a) asosan, aniq talaffuz qilinadi.M: ikki, chaqqon, hissa, katta,naqqosh, ammo, qissa, tonna, antenna, muzaffar b) ba’zan bir undoshdek talaffuz qilinadi, lekin qo’sh undosh bilan yoziladi. M: million, artilleriya, komissar, oddiy 4. Qo’sh undoshlar so’z oxirida kelganda qo’sh undoshlarning biri talaffuzda tushirib qoldirilsa ham, yozuvda hamisha ifodalanadi. M: gripp, gramm, metal, congress, klogramm, kilovatt 5. Talaffuzda qo’sh undoshlarning birini aytmaslik adabiy talaffuz maromiga ziddir, ayniqsa, o’zbek tilida bu holat ma’no farqlashga ham xizmat qiladi, ya’ni ayrim so’zlarda qo’sh undoshlarning biri tushirilganda yangi ma’noli so’z yuzaga kelishi mumkin.Jumladan: Ball (baho) –bal (raqs kechasi) Dalla (dial. Qo’shmachi) –dala (keng ekin maydoni) Darra (qamchi) –dara (ikki tog’ oralig’idagi chuqur joy) Ellar(el so’zining ko’plik sh) –elar (elamoq felining sifatdoshsh) Essiz (esi yo’q, nodon) –esiz (attang, afsus) Gall (xalq nomi) –gal (marta , safar) Mashshoq (sozanda,cholg’uchi) –mashoq (to’kilgan bug’doy) Medalli (medali bor, sifat) –medali (egalik qo’shimchasini olgan ot) Modda (filos. Jism, element)-moda (parrandalarning urg’ochisi) Nonning (qaratqich kelishigini olgan ot) –nonning (eg-k qo’shimchasini olgan ot) Pachcha (qarindoshlik oti) –pocha (shimning pastki qismi) Salloh (qassob) –saloh (esk .haqoniylik, to’g’rilik) Sodda (oddiy,jo’n: sofdil)-soda (bikarbonat) Silla (kuch-quvvat, mador) –sila (fe’l, silab-siypamoq) 8 Tilla (oltin, zar) –tila (xihlamoq, istamoq) Ushshoq (oshiqlar so’zining arabcha ko’pi sh) –ushoq (nonning mayda bo’lagi Yalla (yengil qo’shiq,ashula ) –yala (fe’l, biror narsaga tilini ttegizmoq) Yettov (jamlovchi son) –yetov (yetaklab yuriladigan ) Yo’lla (yo’l ko’rsatmoq) –yo’la (yaqin kelmoq) Qattiq (sifat, yumshoqning aksi) –qattiq (ot, sut mahsuloti) Chinni (oq loydan yasalgan buyumlar) –chinni (rosti) Billur (yuqori navli tiniq oq shisha )-bilur (bilur ma’nosida) 6.Qo’sh undosh bilan tugagan so’zlarga xuddi shu tovush bilan boshlanadiganqism qo’shilsa , so’z oxiridagi bir harf yozilmaydi . M: metal+lar= metallar, klogramm+mi=kilogrammi 7. O’zbek tilida qo’sh undoshlar quyidagi yo’llar bilan hosil bo’lishi mumkin: -o’zak oxiridagi undoshdan keyin shunday undosh bilan boshlanuvchi qo’shimcha qo’shish orqali M: es+siz, gul+lar, gul+li, vatan+ni -o’zak oxiri va qo’shimcha boshidagi tovushlarning o’zgarishi orqali M: bir+ta=bitta, ek+gin=ekkin, chiq+guncha=chiqqquncha -sifatning kuchaytirma shakli yasalishi orqali M: oppoq, soppa –sog’, chippa-chin Download 153.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling