Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosidagi o’zgarishlar
Ma’lumki, lotin yozuviga asoslangan yangi o’zbek alifbosi 1993-yilda joriy qilindi, 1995-yilda
esa bu alifboga ayrim
o’zgarishlar kiritildi. Bu o’zgarishlar quyidagilardan iborat:
1.1993 yilgi alifboga rus tilidan kirib kelgan ц harfi o’rnida c mavjud edi, 1995-yilgi o’zgarishlarga
bu harf alifbodan
chiqarildi, ya’ni:1993-yilgi alifbo bo’yicha: cement, licey 1995-yilgi alifbo bo’yicha: sement, litsey
2.1993-yilgi alifboga harf birikmalari yo’q edi, sh, ch, ng tovushlari bittadan
harf bilan belgilangan edi, 1995-yilgi
o’zgarishlarda bu harflar harf birikmalari bilan almashtirildi, ya’ni:
1993-yilgi alifbo bo’yicha s, c, n
1995-yilgi alifbo bo’yicha: sh, ch, ng
3.1993-yilda tutuq belgisi
alifbo tarkibida edi, 1995-yilgi o’zgarishlarda bu belgi alifbo tarkibidan chiqarildi hamda grafik
belgidan orfografik belgiga o’tkazildi.
5. 1993-yilda 31 ta harf va bitta tutuq belgisidan iborat
alifbo qabul qilingan edi, 1995-yilgi o’zgarishlarga 2ta harf, ya’ni c
va j chiqarildi; 3 ta harf, ya’ni s, c, n harflari harf
birikmasi bilan almashtirildi; tutuq belgisi imloviy belgiga
o’tkazildi.Natijada o’zgarishlardan keyin alifboda 26 ta harf va 3ta harf birikmasi qoldi.
6.1993-yilgi qonun va 1995-yilgi qarorga yangi alifboga o’tish
muddatlari ham farq qiladi, ya’ni:
-1993-yilgi qonun bo’yicha yangi alifboga 2000-yil 1-sentabrda to’liq o’tilishi kerak edi:
-1995-yilgi o’zgarishlarga esa yangi alifboga 2005-yil 1-sentabrda to’liq o’tilishi kerakligi ko’rsatildi.
Eslatma:1.Til va yozuv tushunchalarini farqlashimiz kerak. Lotin tili o’lik tildir; lotin yozuvi esa jahondagi ko’plab xalqlar
ishlatayotgan yozuvning asosidir. Jahon xalqlarining 30 foizi lotin yozuvi asosida ish ko’radi.