Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari docx
Lotin yozuvi asosidagi yangi o’zbek alifbosi
Download 153.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari...
Lotin yozuvi asosidagi yangi o’zbek alifbosi
1.O’zbek xalqi yigirmanchi asr davomida ikki marta lotin yozuvi asosidagi alifboni qabul qildi. Ilk lotin yozuviga 1929-30-yillarda o’tildi.Bu yozuv juda qisqa muddat, ya’ni 1940-yilgacha amalda bo’ldi. Bu yozuv lotin yozuvi asosidagi hozirgi alifbomizdan farq qiladi 2.1993-yil 2-3 sentabrda bo’lib o’tgan O’zbekiston Pespublikasi Oliy Kengashining 13-sessiyasida “Lotin yozuvida asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida ” Qonun qabul qilindi. 3.Lotin yozuvida asoslangan yangi o’zbek alifbosini joriy etishdan maqsad quyidagilardan iborat: a) rus yozuvida asoslangan mavjud alifbomizdagi kamchiliklarni bartaraf etish; b) mustaqillikka erishib, jahonga yuz tutayotgan O’zbekiston Respublikasining xalqaro kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtirish; d) chet tillarni o’rganishda qulayliklar yaratish; e) ilg’or texnologiya va fan yutuqlaridan samarali foydalana olish. 4.1995-yil 6-7 mayda bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi “ Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida ” qaror qabul qildi. 5.Lotin yozuviga asoslangan yangi o’zbek alifbosiga 26 ta harf va 3ta harf birikmasi mavjud. Bulardan 6 tasi unli harf, 23 tasi undosh harflardir.Bu alifbo a harfi bilan boshlanib, ng harf birikmasi bilan tugaydi. 6.Lotin yozuviga asoslangan yangi o’zbek alifbosiga ko’chish belgisi mavjud. Ko’chish belgisi o va g harflari asosida o’ va g’ harflarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. 7.Lotin yozuvida asoslangan yangi o’zbek alifbosida harflarning joylashish tartibi va o’qilishi quyidagicha. Harf Harf nomi Harf Harf nomi Harf Harf nomi Aa a Ll el Vv Ve Bb be Mm em Xx xe Dd de Nn en Yy ye Ee e Oo o Zz ze Ff ef Pp pe O’o’ o’ Gg ge qe G’g’ g’e Hh he Rr er Shsh she Ii i Ss es Chch che Jj je Tt te Ngng nge Kk ke Uu u Download 153.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling