Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari docx


Download 153.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana17.06.2023
Hajmi153.54 Kb.
#1541585
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari...



1
Orfografiya orfoepiya
grafika
O’qituvchi: Po’latov. Sh
Phone number: +99894 656 30 60
@languageuzbek
“Agar alpinist cho’qqini zabt eta olmasa ayb cho’qqida emas ”
Toshkent 2018


2
Talaffuz va imlo
1.Og’zaki nutqda bir necha xil talaffuz qilinuvchi tovush, qo’shimcha va so’zlardan adabiy tilga qabul qilingan bittasi
talaffuz meyori sanaladi.
2.Yozma nutqda bir necha xil yoziluvchi tovush,qo’shimcha va so’zlardan adabiy tilga qabul qilingan bittasi imlo me’yori
sanaladi.
3.To’g’ri talaffuz me’yorini o’rganuvchi tilsh-k bo’limiga orfoepiya deyilfdi. To’g’ri yozish me’yorlarini o’rganuvchi bo’lim
orfografiyadir.
4.Orfografik me’yorlar adabiy tilning faqat yozma shakli uchun xos.(Punktuatsion me’yorlar ham adabiy tilning faqat yozma
shakli uchun xosdir)
Orfoepik me’yorlar adabiy tilning faqat og’zaki shakli uchun xos.(Lug’aviy, uslubiy, Grammatik me’yorlar esa adabiy
tilning har ikkala shakli uchun xosdir)
ORFOGRAFIYA VA UNING TAMOYILLARI
Orfografiya, ya’ni to‘g‘ri yozish qoidalari ma’lum tamoyillarga asoslanadi. Ular quyidagilar:
1. Fonetik tamoyil yoki yozuv. Bunga ko‘ra, so zlar va qo‘shimchalar qanday aytilsa, shunday yoziladi: yoz, o‘qi, lug at;
senga, buloqqa; yosh-yasha, sana-sanoq kabi. Fe’l nisbati yasovchi qo‘shimchalar (kuldir, o‘tkaz, ko’rgaz, tutqaz, eshittir),
ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari (ishlay ber ishlayver, kela oladi keloladi), jo‘nalish kelishigining «k» va «q» bilan
tugagan so‘zlarga qo‘shilgan holatlari (yurakka, qishloqqa), -gan sifatdosh yasovchi qo‘shimcha va -gach, -guncha, -gudek, -
gancha, -gani ravishdosh yasovchi qo‘shimchalarining «k» va «q» bilan tugagan fe’llarga qo‘shilish holatlari (ekkan,
boqqach, tikkuncha), egalik qo‘shimchasining ba’zi so‘zlarga qo‘shilgan holatlari (o‘g‘il o‘g‘lim, shahar shahri, bilak bilagi,
o‘rtoq o‘rtog‘i, parvo parvoyim), ikki, olti, yetti so‘zlaridan jamlovchi son yasalishi (ikki ikkov, olti oltovlon, yetti yettov)
kabilar shu tamoyil asosida yoziladi.
2. Morfologik tamoyil yoki yozuv. So‘z va qo shimchalar talaffuziga qarab emas, qabul qilingan qoidalar asosida yoziladi.
Bu yozuv asos va qo‘shimchalarni aynan yozishni talab etadi. Ketti emas, ketdi; aytipti emas, aytibdi; toqqa emas, tog‘ga;
tussiz emas, tuzsiz kabi.
3. Shakliy tamoyil yoki yozuv. Boshqa tillardan kirgan so zlar qanday yozilgan bo‘lsa, shu shakl saqlanadi: ustol emas, stol;
tanka emas, tank; rektir emas, rektor kabi.
4. Tarixiy-an’anaviy tamoyil yoki yozuv. Bunga ko’ra, so’zlar tarixan qanday yozilgan bo’lsa, bugungi kunda ham shunday
yoziladi. Masalan: Germaniya Olmoniya, Yevropa Ovro‘pa. Ba’zi so‘zlarning bir necha xil ko‘rinishda yozilishi ham shu
yozuvga asoslanadi: kaptar kabutar, badtar battar, masjid machit, obro‘ obro’y, gado gadoy, o tirish o’ltirish, podsho
podshoh, gazmol gazlama, shosupa shohsupa, odob adab, berk bekik, hayqirish ayqirish, ajdar ajdarho ajdaho, shohi shoyi
kabi.
5. Farqlash tamoyili. Bu tamoyil so‘z ma’nolarining tutuq belgisi va urg‘u yordamida farqlanishini tushuntiradi: sa’va sava,
san’at sanat kabi.

Download 153.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling