Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari docx
Download 153.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari...
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.Tutuq belgisining vazifalarini va qo’llanishi
6.Qator undoshlar imlosi
1.Bir bo’g’inda yonma-yon ikki xil undosh kelgan so’zlar qator undoshli so’zlar hisoblanadi. 2. qator undoshlar so’z boshida kelganda: a) qator undoshlardan oldin bir qisqa unli qo’shib talaffuz qilinishi mumkin, ammo unli yozilmaydi. M: stakan, stol, smena b) qator undoshlar orasida qisqa unli orttilishi mumkin, ammo yozuvda aks etmaydi. M: traktor, brigadier 3. Qator undoshlar so’z oxirida kelganda: -ularning biri talaffuzda tushib qolishi mumkin, lekin yozuvda ifodalanadi. M: do’st, go’sht, musht, artist, farzand, band, poyezd -talaffuzda ikki undosh orasida qisqa unli ortilishi mumkin, ammo yozuvda bu qisqa unli ifodalanmaydi. M: fikr, ilm, satr, hukm, umr, -ikki undosh oxirida unli tovush orttirilishi mumkin. M: disk, tank, bank, otpusk 4. O’zbekcha so’zlarning fonetik tuzilishidagi o’ziga xoslik shundaki, so’z boshida qator undosh kelmaydi, so’z oxirida st, lt, rt kabi qator undoshlar kelishi munkin. M: ost, ust, yalt, milt, to’rt, qurt 5. Paxta ,nimcha, o’silik kabi so’zlarda ham yonma-yon kelgan ikki undosh bor, lekin bu undoshlar bir bo’g’inda bo’lmaganligi uchun qator kelgan undoshlar hisoblanmaydi. 7.Tutuq belgisining vazifalarini va qo’llanishi 1.Tutuq belgisi unlidan keyin kelsa, o’zidan oldingi unli tuvushniing cho’ziq talaffuz qilinishini bildiradi. M: a’lo, ma’rifat, ra’no 2. Tutuq belgisi undoshdan keyin kelsa, o’zidan keyingi unlining o’zidan oldingi undoshdan ajratib aytilishini bildiradi.M: jur’at, san’at, tal’at 3.Tutuq belgisini ba’zan ma’no farqlash uchun xizmat qiladi. Jumladan: Alam (diniy arbob) –alam (azob chekish, ma’naviy ezilish) A’yon (amaldorlar) –ayon (ma’lum, ravshan) Al’amon (omonlik uchun murojaat) –alamon (olomon) A’lo (eng yuqori, eng yaxshi) –alo (|ustiga :” nur alo nur”) Ba’d (keyin,so’ng )-bad (yomon, yaramas) Bu’qa (madrasadagi hujra) –buqa (yosh erkak qoramol) Da’vo (da’vogar tomonidan qilinadigan qat’iy talab) –davo (shifo) Za’far (sap-sariq rang) –zafar (g’alaba) Ma’tal (intizor) –matal (maqol, aforizmning bir turi) Na’sha (zavq, kayf, safo)-nasha (o’simlik) Sa’va (qush turi) –sava (fe’l, savalamoq) san’at (badiiy ijodiyot turi) –sanat (sanatmoq) sur’at (temp, jadallik )-surat (rasm) ta’b (kishining ichki ta’biati; mijoz) –tab (taft, harorat) ta’lat (yuz, chehra ) –talat (talatmoq) ta’na (gina, kudurat) –tana (gavda) ta’rif (ifodalash,ifoda)-tarif (soliq, to’lovlar majmui) 9 ta’sir (tazviq ) –tasir (tasir-tusur) taxir (kitobiy, kechikish, to’xtab qolish) –taxir (ta’mi og’izni burishtiradigan) ta’qib (yashirincha kuzatish ) –taqib (taqib qo’ydi) she’r (nazmiy asar) –she’r (hayvon) shu’ba (bo’lim ,idora ) –shuba (mo’ynali qishki kiyim) qal’a (shahar ) –qala (o’tinni taxla) qa’da (aza marosimi ) –qada (fel, taqamoq, sanchmoq, to’gnamoq) qa’ri (chuqur, yer osti, ichi)-qari (keksa, mo’ysafid) qur’a (chek) –qura (qura boshladi) 4. Tutuq belgisi arabcha so’zlarda ishlatiladi. Tarkibida ayirish belgisi bo’lgan ruscha o’zlashma so’zlarda ayirish belgisi o’rnida tutuq belgisi ishlatilmaydi M:cъуяб –syezd, съёмка-syomka, oбъекм- обуект 5.Tutuq belgisi s va h harflari yonma-yon kelganda ularni sh harf birikmasidan uchun ham ishlatiladi. M: mus’haf, Is’hoq, as’hob 6. Ayrim so’zlarda o’ harfi cho’ziq o’qilsa ham tutuq belgisi ishlatilmaydi. M: мўъжиза-mo’jiza, мўтабар-mo’tabar, мўъабил-mo’tadil 7.Tutuq belgisi bo’g’in ajratish va bo’g’in ko’chirish jarayonida oldingi bo’g’in tarkibida qoladi.M: juz’-iy, jur’-at, ra’no, ta’na 8.Kiril yozuvidagi ц harfining yangi imloda ifodalanishi 1.Ma’lumki, lotin yozuvi asosidagi yangi alifboga rus yozuvidagi ц harfi qabul qilinmagan. Tarkibida Ц bolgan ruscha ozkashma so’zlar yangi imloga s yoki ts harflari bilan yoziladi. 2. Quyidagi hallarda ц bitta harf, ya’ni s bilan almashtiriladi: a) ц so’z boshida kelgan bo;lsa, s bilan yoziladi. M: цеменм-seмеnt, циркулъ-sirkul b)ц so’z oxirida kelgan bo’lsa, s bilan yoziladi M:шприц-shpris, абзац-аbzas d)ц so’z o’rtasida undoshdan keyin kelgan bo’lsa, s bilan yoziladi M: ценарий- senariy, инсценировка –insenirovka e) ц bo’g’in boshida undoshdan keyin kelgan bo’lsa, s bilan yoziladi M: сманция-stansiya, концерт-konsert f) ц old qo’shimchadan keyin kelgan bo’lsa s bilan yoziladi M: анмициклон-antisiklon 3. Quyidagi hollarda ц ikkita harf, ya’ni ts bilan ifodalanadi: a) ц ikki orasida kelgan bo’lsa ц ning o’rnida ts yoziladi M: конституция-коnstitutsiya, лицей-litsey b) U so’z o’rtasida unlidan keyin kelsa, ts bilan almashtiriladi M: бойман-botsman, плаибарм- platsdarm Download 153.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling