Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari docx


O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari


Download 153.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana17.06.2023
Hajmi153.54 Kb.
#1541585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari...

O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari
1.Kirill yozuvida asoslangan imlo qoidalarimiz 1956-yilda tasdiqlangan edi. Davr o’tishi bilan u eskirdi, amaliy
ehtiyojlarimizga javob bermay qoldi, shu bois 80-yillarning boshlaridayoq uni yangilashga urinishlar boshlandi.
2.O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi,mustaqillikning qo’lga kiritilishi yangi imlo qoidalarini ishlab chiqish uchun
qulay imkoniyat yaratdi. Lotin yozuvida asoslangan yangi alifboni joriy etilishi esa bu jarayonni yanada tezlashtirdi.
3.1995-yil 24-avgustda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 339-sonli “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalarini
tasdiqlash haqida ” qaror qabul qildi. Bu qoidalar jami 82 banddan iborat bo’lib,7 bo’limda jamlangan.Bular:
1-bo’lim. Harflar imlosi:
a)
Unlilfr imlosi(1-7 bandlar)
b)
Undoshlar imlosi (8-32-bandlar)
2- bo’lim. Asos va qo’shimchalar imlosi (33-37 bandlar)
3-bo’lim. Qo’shib yozish (38-50-bandlar)
4-bo’lim. Chiziqcha bilan yozish (51-56-bandlar)
5- bo’lim. Ajratib yozish (57-65-bandlar)
6-bo’lim. Bosh harflar imlosi (66-74-bandlar)
7-bo’lim.Ko’chirish qoidalari(75-82-bandlar)
HARFLAR IMLOSI
1.Ayrim unlilar imlosi
1.I harfi:
-lablanmagan , til oldi (old qator), yuqori tor unli tovushni ifodalaydi;
-1-bo’g’inda r, l, undoshlaridan oldin ktlganda bilinear-bilinmas talaffuzqilinadi, lekin yozuvda yoziladi M:biroq, sira, bilan,
bilim, tilak
(ba’zan boshqa undoshlardan oldin kelganda ham qisqa, sezilar-sezilmastalaffuz qilinishi mumkin.M:pishiq, kishi)


3
-ikki bo’g’nli so’zlarning 1-bo’g’inidagi lablangan u unlisi ta’sirida ikkinchi bo’g’indagi i unlisi u holida talaffuz qilinadi,
lekin I yoziladi.
Shunday yozilishi bilan 2-bo’g’inida u yoziladigan otlarga farqlanadi;
M: urish (fe’l) –urush (ot), qurit (fe’l) –qurut (ot)
Yurish (fe’l) –yurish(ot) , burish(fe’l) burish (ot)
(bazan uch bo’g’inli so’zlarda ham bunday holat yuz berishi mumkin. M: yuvindi (fe’l) yuvindi (ot)
-i harfi badiiy, ommaviy, Lutfiy singari so’zlarda cho’ziq aytiladi,lekin doimo – iy yoziladi;
-tilak , bir, tish, dil kabi so’zlarda qisqa, mohir, shoir, ilmiy, adabiy, lirika kabi so’zlarning urg’uli bo’g’inida cho’ziq talaffuz
qilinadi;
-qish, qir,g’ilof , xizmatchi, xil kabi so’zlarda chuqur til orqa q, g, x tovushlari bilan yonma- yon kelganda qisqa va qattiq i
sifatida talaffuz qilinadi;
-rus tilidan o’zlashgan вымпел, музыка, высмавка, сыр, рычаг,вышка kabi so’zlardagi qattiq ы o’rnida ham i ishlatiladi
-arab va rus tilidan o’zlashgan aql, vaqt, rahv, ilm, fikr, mehr, qahr, xayr, naqd, nasl, matn, litr kabi so’zlarda talaffuzda ikki
undosh o’rtasida qisqa I orttiriladi, ammo yozuvda aks etmaydi, bunda so’z boshidagi unliga urg’u qo’yilishi lozim.
2. E harfi:
-old qator, o’rta keng, lablanmagan tovushni ifoda etadi .So’z tarkibidagi o’rniga qarab turlicha aytiladi:
-kecha, ekran, ne’mat kabi so’zlarga to’liq talaffuz qilinadi;
-rus va jahon tillaridan kirgan ayrim so’zlarda biroz kuchsizlanib , i ga monand aytiladi, lekin e yoziladi.
M: telefon, adres, teatr, okean, material
-so’z boshida yopiq bo’g’inda i ga moyil aytilsa ham e yoziladi
M: ehtimol, ehson, ertak
-so’z boshida tutuq belgisidan oldin cho’ziqroq va i ga moyil aytiladi, lekin e yoziladi M: e’zoz, e’tibor, e’lon, e’tiqod
-so’z boshida ochiq bo’g’inda yoki ikki undosh orasida qisqa aytiladi va doim e yoziladi M: erta, meva, sezgir, tepki
3. A harfi:
-lablanmagan, til oldi, rtng unli tovushni ifoda etadi;
-ayrim so’zlarning 1-bo’g’inida o kabi aytilsa va eshitilsa ham, a yoziladi
M;zamon ,bahor, palov, tamom
-xavf, gavda, navbat, vafo, varaq, avval, savol, sarob, mavsum rabi so’zlarda v undoshi bilan yonma-yon, kelganda ham o ga
moyil aytiladi, ammo asliga ko’ra a yoziladi;
-ayrim so’zlarning urg’usiz bo’g’inlarida i ga yaqin talaffuz qilinadi, ammo har vaqt a yoziladi M;muomala, munosabat,
muhokama
-til orqa k, g va boshqa til oldi undoshlari bilan yonma-yon kelganda old qator tovush sifatida aytiladi.
M:aka, man, olam, kalla, gala
Lekin chuqur til orqa q, g’, x undoshlaridan so’ng kelganda orqa qator unlidek aytiladi va asliga muvofiq yoziladi.
M: qand, qarz, g’aliz, xavir, xat
-a’lo, a’zo, ma’no, ta’na, kabi so’zlardan tutuqbelgisi ta’sirida cho’ziqroq aytilsa ham, bitta a yoziladi;
-mutolaa, mudofaa, manfaat, taalluqli, taajjub kabi so’zlarda cho’ziq talaffuz qilinadi va ikkita a yoziladi;
-disk, bank, tank, kabi rus orqali o’zlashgan so’zlarning oxiri qator undosh bilan tugagani uchun o’zbek tilida bu so’zlarda a
qo’shib aytiladi M:diska, banka, tanka
-ayrim ruscha o’zlashma so’zlarda ya tovushlar birikmasi o’rnida a aytiladi va yoziladi. M:sentabr, oktabr, flaga
4.U harfi:
-orqa qator, yuqori tor, lablangan unli tovushni ifoda etadi;
-oldingi bo’g’inlarida a, o, u unlilaridan biri bo’lgan va shundan so’nggi yopiq bo’g’in boshidagi v tovushidan keyin u unlisi
kelganda i tovushiga moyil talaffuz qilinadi, ammo u yoziladi
M: qovun, sovun, tovus, yovuz, qirg’ovul, ovul, tovuq, sovuq,tarvuz, quvur, chuvur-chuvur
-birinchi bo’g’inida u bo’lgan so’zlarning ikkinchi bo’g’inida kelgan u unlisi i tovushiga moyil talaffuz qilinadi, ammo u
yozilad
M: uzun,uzum, chumchuq, tushuncha, yulduz, yutuq,yumush
-birinchi bo’g’inda u bo’lgan so’zlarning keying ochiq bo’g’ini qyoki g’ bilan boshlansa, u unlisi i tovushiga moyil talaffuz
qilinadi, ammo u yoziladi.M: bug’u,urg’u, uyqu, tuyg’u
-tarkibida u bo’lgan bir bo’g’inli so’zlarning oxirgi ikki undoshi o’rtasida u aytilsa ham yozilmaydi. M: umr, uzr,rukn, hukm
5.O’ harfi:
-til orqa, lablangan, o’rta keng tovushni ifoda etadi;
-mo’jiza, mo’tabar, mo’tadil kabi so’zlarda cho’ziq aytilsa ham,undan so’ng tutuq belgisi qo’yilmaydi;
-ko’l,o’s, jo’ra, cho’l, mo’tabar, o’lka, o’zbek, ko’klam kabi so’zlarga torroq; bo’ri, qo’ri, xoroz, ro’mol, bo’ron, qo’rqmas,
o’rtoq kabi so’zlarda kengroq eshitiladi, ammo hamma vaqt bir xil shaklda yoziladi;
-odatda, so’zning ochiq bo’g’inida nisbatankengroq yopiq bo’g’inlarda esa torroq talaffuz qilinadi; M: so’lim, qo’riq, to’plam
-bu unli, asosan, so’zlarning 1- bo’g’inida uchraydi.


4
M: ko’l, qo’l, ko’za, g’za, o’rdak, o’rmon, o’t, o’jar
Ammo o’zlashma so’zlarda oxirgi bo’g’inda qo’llanishi ham mumukin.
M: ro’baro, gulro, xushroy
-ko’pgina so’zlarning birinchi bo’g’inida o’ kelsa ikkinchi bo’g’inda i unlisi yoziladi: do’ppi, ko’prik, to’qimoq, so’zlik
-rus tili orqali o’zlashgan tort, tok, bochka, nota, kabi so’zlardagi o unlisi o’zbekchaga o’ga moyil aytilsa ham asliga ko’ra o
yoziladi.
6.O harfi:
-o’zbek tilida lablanvagan (ayrim darsliklar bo’yicha lablangan), keng orqa qator tovushni ifoda etadi . M: ol, Olimjon,
poydevor, osmon
-rus va yevropa tillaridan kirgan so’zlarga 3 xil talaffuz qilinadi:
a) bir bo’g’inli so’zlarga yoki urg’uli bo’g’in tarkibida kelgandao’rta keng, lablangan o’tovushi o’rnida yoziladi.
M: kod, bolt, boks, tort, tonna, opera, nota, zavod, oktabr, noyabr,
b)ruscha o’zlashma so’zlarda oldingi urg’usiz bo’g’inlarda kelganda a tarzida aytiladi, lekin o yoziladi
M: konstitutsiya, konsert, dekoratsiya, oculist
(ba’zan o’zbekcha so’zlarga ham o unlisi a tarzida talaffuz qilinishi mumkin. M:somon, kovak)
-ruscha o’zlashma so’zlarda oxirgi urg’usiz bo’g’inda kelganda qisqa i tarzida eshitiladi, lekin har doim o yoziladi.
M:director, traktor, konduktor, ekspeditor
-yondosh tovushlardan qat’i nazar so’zlarning barcha bo’g’inlarida kelib,cho’ziq unli sifatida talaffuz qilinadi va asliga ko’ra
yoziladi.
M:ona, bobo, nom, havo, oq, qoramol,

Download 153.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling