Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari docx
Download 153.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari...
4.NG harf birikmasi imlosi
1.Ng harfi til orqa, portlovchi, jarangli, burun undosh tovushini ifodalaydi. 2 Ng tovushi so’z boshida kelmaydi faqat so’z o’rtasida va oxirida keladi. 3. Ng harf birikmasini yonma-yon kelgan n na g harflaridan farqlash kerak, ya’ni: -tong, ong, ming, zang, jang, rang, so’ng, teng, shudring,ko’ndalang, durang kabi so’zlar oxiridagi ng bitta tovush hisoblanadi; -ko’ngil, singil, dengiz, yangi, Ingra, yangra, tanglay, tingla kabi so’zlar o’rtasidagi ng bitta tovush hisoblanadi; -qaratqich kelishigi, egalik qo’shimchasi, shaxs-son, qo’shimchasi, buyruq-istak, mayli tarkibidagi ng ham bitta tovushni ifoda etadi. -n bilan tugagan so’zga g bilanboshlanuvchi qo’shimcha qo’shilganda, bu ikkita tovush hisoblanadi. M: men-ga, vatan-ga, sin-gan, ko’n-gin, bugun-gi -ruscha o’zlashma so’zlarda ham ikkita tovush hisobladi, shu sababli bo’g’in ko’chirishda ajratib yoziladi. M:tan-gens, in-gliz, kon-gress -ruscha o’zlashma so’zlarda so’z oxirida kelganda bitta tovush hisoblanadi M: reyting, miting, Ayrim manbalarda ng ruscha o’zlashma so’zlarda hamma vaqat, jumladan, so’z oxirida kelganda ham 2 ta tovush hisoblanadi, deb ko’rsatilgan. Bunday munozarali holatlarda test savolining tuzilishi va javoblar variantining berilishiga qarab to’g’ri yo’l tanlay olishimiz kerak.M: 2011-abituriyent. Qaysi so’zda qator undosh kelgan? a) Tong B)qattiq C) aorta D) miting 4. Bo’g’in ajratish va ko’chirishda ng harf birikmasining butunligi saqlanadi.Bunda: a) agar ng ikki unli o’rtasida kelgan bo’lsa, ikkinchi unli bilan bo’g’in hosil qiladi va bir satrdan boshqasiga shunday ko’chiriladi keying nbo’g’inga ko’chadi.M: ko’-ngil, si-ngil, de-ngiz b) agar ng unli va undosh orasiga kelsa, ya’ni ng tovushidan so’ng undosh kelgan bo’lsa bunda ng oldingi bo’g’in tarkibida qoladi M: ko’ng-lim, sing-lim, mang-lay, teng-qur, ang-la Download 153.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling