Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari docx
Download 153.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari...
BOSH HARFLAR IMLOSI.
BO’G’IN KO’CHIRISH 13 1.Bosh harflar imlosi 1.Kishining ismi, ota ismi, familiyasi, taxallusi, ramziy atoqli oti bosh harf bilan yoziladi. M: Dilba, O’rinova, Navoiy, Furqat 2.Joy nomlari bosh harf bilanyoziladi. M:Andijon, Buloqboshi, Pomir, Zarafshon, Uchtepa 3.Yulduz va sayyoralar, boshqa xil osmon jismlarining atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi. M: Hulkar, Mirrix Yer, quyosh, oy turdosh otlari sayyora nomi bilan bo’lib kelgandagina bosh harf bilan yoziladi. M: Yer Quyosh atrofida, Oy Yer atrofida aylanadi. 4. Korxonalarga adabiyot va san’at asarlariga, sanoat va oziq-ovqatmahsulotlariga, shuningdek, transport vositalari, sport inshootlariga qo’yilgan nomlar bosh harf bilan boshlanadi. M: “ Saodat ”(firma), “Navro’z ” (xayriya jamg’armasi), “Kamalak ”(matbaa birlashmasi), “Paxtakor ”(stadion), “Tanovar”(kuy),”Ozodlik”(haykal)”Jasorat ” (yodgorlik) 5.Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi 1-so’z bosh harf bilan boshlanadi. M: Mustaqilik kuni, Navro’z bayrami, Xotira kuni 6. Davlat oliy tashkilotlari va mansablarining, xalqaro tashkilotlarning nomlari tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yoziladi. M:O’zbekiston Respublika Prezidenti O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon Tinchlik Kengashi 7.Boshqa tarkibli nomlarda oliy mansabni bildiruvchi 1-so’zgina bosh harf bilan boshlanadi. M: Bosh vazirning o’rinbosari, Mudofaa vaziri, O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi 8.Vazirlik, idoralar, tashkilotlar va korxonalar nomi tarkibidagi 1-so’z bosh harf bilan yoziladi. M:Madaniyat va sport ishlari vazirligi,fan va texnika davlat qo’mitasi 9.Hurmat ma’nosida qo’llanilgan Siz va O’zingiz olmoshlari bosh harf bilan yoziladi. 10.Gapning birinchi so’zi bosh harf bilan yoziladi.Ammo: a) ko’chirma gapdan keyin kelgan mualif gapining birinchi so’zi (agar u atoqli ot bo’lmasa ) kichik harf bilan yoziladi. M:” Bu men ,-qo’rqibgina javob berdi ko’laga.” b) gapning sanaluvchi qismlari xatboshiga chiqarilganda, bunday qismlar oldidan chiziq qo’yiladi va ular kichik harf bilan yoziladi.M: Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rishga tayyorlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs ) quyidagi masalalarni: - mazkur ishni ko’rib chiqish uning huquq doirasida kieish –kirmasligini; -ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi protocol va ishga oid boshqa materiallar to’g’ri tuzilgan-tuzilmaganligini. .. hal qiladi. d) gapning qismlari qavsli raqam yoki qavsli harf qo’yib sanalsa, bunday qismlar ham kichik harf bilan yoziladi.M: Hozirgi o’zbek adabiy tilining lug’at tilining lug’at boyligi asosan besh manba negizida tarkib topgan: 1) umumturkiy so’zlar;2) o’zbekcha so’zlar; 3) tojik tilidan kirgan so’zlar; 4) arab tilidan kirgan so’zlar; 5) rus tilidan kirgan so’zlar. 11.She’rlarda har bir misra, odatda, bosh harf bilan boshlanadi. 12. Davlat mukofotlari nomi quyidagicha yoziladi: a) davlatning oliy darajadagi mukofoti nomi tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan boshlanadi. M: “Oltin yulduz” medal, “O’zbekiston Qahramoni” (unvon) b) boshqa mukofot, faxriy unvon, nishonlar nomidagi birinchi so’zgina bosh harf bilan boshlanadi. M:” Sog’lom avlod uchun ” (orden) “ O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi” (unvon) “ Matbaa a’lochisi ”(nishon) 13.So’zlarning birinchi harflarini biriktirish yo’li bilan yasalgan qisqartma so’zlar bosh harf bilan yoziladi.M: XDP, MDH 14.Qisqartma so’zlar bo’g’in yo qismlardan tuzilgan bo’lsa: -birinchi so’z turdosh ot bo’lsa qisqartma so’z kichik harf bilan yozilaveradi M: pedkollej, davbank, univermang -birinchi so’z atoqli ot bo’lsa, birinchi harf bosh harf bilan yoziladi, qolgan so’z va qo’shimchalar o’sha so’zga qo’shilaveradi M: Toshunivermang , Toshavtomash, O’zmevaxolding 2. Bo’g’in ko’chirish qoidalari 1.Ko’p bo’g’inli so’zlarning oldingi satrga sig’may qolgan qismi keying satrga bo’g’in asisida ko’chiriladi. M: tad-birkor, tadbir-kor, pax-takor, paxta-kor Tutuq belgisi oldingi bo’g’inda qoldiriladi. M: va’-da, ma’-rifat, mash’al, in’om 2. So’zning bosh yoki oxirga bo’g’ini bir unlidan iborat bo’lsa, ular quyidagicha ko’chiriladi: a) so’z boshidagi bir harfdan iborat bo’g’in yolg’iz o’zi oldingi satrdaqoldirilmaydi. M: a-dabiy emas, ada-biy b) so’z oxiridagi bir harfdan iborat bo’g’in yo’g’iz o’zi keying satrga ko’chirilmaydi. M: matba-a emas, mat-baa 3. Bir tovushni ko’rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) doim birgalakda yoziladi. M: ko-shona, pe-shayvon, pi-choq, de-ngiz, si-ngil, 4.O’zlashma so’zlarning bo’g’inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko’chiriladi: a) ikki undosh kelsa, ular keying satrga birgalikda ko’chiriladi M: dia-gramma, mono-grafiya, foto-grafiya b) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keying satrga ko’chiriladi. M: silin-drik, kon-gress 5. Quyidagi birliklar satrdan satrga ko’chirilmaydi: -ko’p xonali raqamlar: 1994 , XIX 14 -bosh harflardan iborat qisqartmalar: MDH, BMT, AQSH -bir bo’g’inga teng qism va bosh harflardan iborat qisqartmalar:SamMI, ToshDU 6. Quyidagi birliklar o’zi tegishli qismdan ajratilmaydi: a) harfdan iborat shartli belgilar o’zi tegishli raqamdan ajratib ko’chirilmaydi M: 5-“A” sinf, 110 gr, 90 mm, 105m b) atoqli ot tarkibida kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga ko’chirilmaydi M: “Andijon-9” (g’oza navi), “Foton -774” (televizor), “Boing -767”(samolyot), “Navro’z-92”(festival) d) initsiallar (ism va ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar ) familiyadan ajratib ko’chirilmaydi M: A.D. Abdullayev, N. Mahmudov e) v.b (va boshqalar) sh.k (shu kabilar)singari harfiy qisqartmalar ham oldingi so’zdan ajratib ko’chirilmaydi, Download 153.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling