Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari docx


Download 153.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana17.06.2023
Hajmi153.54 Kb.
#1541585
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Orfoepiya, Orfografiya, Grafika bo`limlari...

Qadimgi turkiy yozuv
1.Bu yozuv so’g’d yozuvi asosida yaratilgan.
2. Bu yozuvni turkiy xalqlarning o’zlari yaratgan, shuning uchunqadimgi turkiy yozuv nomini olgan.
3. Bu yozuvni turkiy xalqlarning o’zlari dulbarchin deb nomlaganlar.
4.Bu yozuvning dastlabki namunalari O’rxon va Yenisey daryolari havzalaridan topilgan, shuning uchun O’rxon-Enasoy
yozuvlari deb ham nomlanadi.
5. Bu yozuvlar run yozuvi, runik yozuv, turkiy run yozuvi deb ham nomlanadi. Run so’zining ma’nosi yashirin, sirli
deganidir. O’rxun Enasoy obidalari topilgandan keyin1, 5-2 asr mobaynida ularni hech kim o’qiy olmadi, shuning uchun ular
run yozuvi nomini oldi.(bu yozuvlar rim yozuvida o’xshab ketgani uchun run yozuvlari nomini olgan, degan qarash ham
bor)
6.Qadimgi turkiy yozuv V-VIII asrlarda keng iste’molda bo’lgan.
Ammo XI asrdan keyin bu yozuv butunlay iste’moldan chiqqan.
7. Bu yozuvning yodgorliklari rang-barang bo’lgan. Bu yozuv yodgarlaklari bizgacha ko’proq qabr toshlariga yozilgan
bitiklar orqaliyetib kelgan. Qabr toshlaridagi yozuvlar o’ngdan chapga va yuqoridan pastga qarab o’qiladi.
8. Bu yozuvning qog’ozga bitilgan namunasi “Irq bitigi” (“Ta’birnoma) dir.
9.Qadimgi turkiy yozuv namunalari O’zbekiston hududidan ham topilgan .Jumladan, 1988-yilda Andijon viloyati Marhamat
tumani yaqinidagi Lo’mbitepa yodgaligidan ko’za topilgan bo’lib, uning bandi sirtiga pastdan yuqori yo’nalgan turkiy yozuv
o’yib tushirilgan. Bu yozuv O’rxun-Enasoy yosh jihatdan 1-2 asrga qadimiyroq hisoblanadi.
10. V.V.Radlov, V.Tomsen, P.M.Melioranskiy kabi olimlar bu sirli yozuvlarni o’qishga kirishganlar.
11. O’rxun- Enasoy, uyg’ur, so’g’d yozuvlari hozirgi turkiy tillarning barchasi uchun umumiy sanaladi.
Uyg’ur yozuvi
1.Uyg’ur yozuvi so’g’d yozuvi asosida VI-VII asrlarda shakllangan.
2.Uyg’ur yozuvida 18 ta harf bo’lib, har bir harf 3 tadan ko’rinishga ega (ya’ni so’z boshi, so’z o’rtasi, so’z oxiri)
3. Uyg’ur yozuvi o’ngdan chapga qarab o’qiladi, undagi barcha harflar qo’shib yozilish imkoniyatiga ega.
4. Uyg’ur yozuvi XV asrgacha arab yozuvi bilan yonma-yon qo’llanilgan.
Ammo XVI asrdan, ya’ni shayboniylar hukmronligi davridan bu yozuv iste’moldan chiqqan, faqat Xitoydagi uyg’urlar
orasida davom etgan.

Download 153.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling