Органик кимё фанидан Ўқув-услубий мажмуа


Organik moddalarni tozalash usullari. Qayta kristallash.  Atmosfera bosimida haydash


Download 29.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/110
Sana07.07.2020
Hajmi29.83 Mb.
#102390
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   110

 

2. Organik moddalarni tozalash usullari. Qayta kristallash.  Atmosfera bosimida haydash. 

 

 

 

 



Biror  modda  sintez  qilinayotganda  reaksion  aralashmada  asosiy  mahsulotlardan  tashqari 

qo'shimcha moddalar (dastlabki moddalarning reaksiyaga kirishmay qolgan qismi, reaksiya uchun 

ishlatilgan erituvchi, reaksiyada hosil bo'ladigan oraliq va qo'shimcha mahsulotlar) ham birgalikda 

bo'ladi.  Shuning  uchun  olinayotgan  har  qanday  organik  moddani  tekshirishdan  oldin  uni 

aralashmalardan  ajratish, yaxshilab tozalash zarur. 

Reaksiya  mahsulotlaridan  toza    organik    birikmalarni    ajratib  olish  va  tozalashda  filtrlash, 

qayta  kristallantirish,  sublimatlash,  qaynash  temperaturasiga  qarab  haydash,  ekstraktsiya  va 

xromatografiya usullaridan foydalaniladi. 



 

 

 

 

Qayta  kristallantirish  -  qattiq    moddalarni    tozalashning    muhim  usulidir.    Buning  uchun 



boshqa  qo'shimchalar  bilan  ifloslangan    moddani  qizdirganda  eriydigan    erituvchidan    to'yingan 

eritmasi  tayyorlanib,  eritmani  isitganda  filtrlab,  erimaydigan  qo'shimchalardan  ajratiladi.  Natijada  

moddaning  toza  kristallari  cho'kmasi hosil bo'ladi, so'ngra u filtrlanadi va quritiladi. 

Ayrim organik moddalar eritmasi bekorchi aralashmalar ta'sirida turli rangga bo‘yalishi va 

buning  natijasida  asosiy  modda  kristallari  rangli  bo‘lib  qolishi  mumkin.  Bunday  hollarda  rangli 

eritmaga adsorbentlar (aktivlangan ko‘mir) qo‘shib qaynatiladi.  Qattiq moddalarni kristallash usuli 

bilan  tozalash  aralashmadagi  moddalarning  eruvchanligi  har  xilligiga  asoslangan.  Bunda 

erituvchining to‘g‘ri tanlanganligi katta ahamiyatga ega. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



1. Erituvchi  erigan  moddalar bilan kimyoviy ta'sirlashmasligi kerak. 

2.  Modda  tanlangan    erituvchida  sovitilganda  yomon  eriydigan,  qizdirganda  esa  yaxshi  eriydigan 

bo’lishi  kerak.  Moddaga  aralashgan qo'shimchalar esa erituvchida yaxshi erishi kerak. 

Noma'lum moddani qayta kristallantirish uchun, dastlab oz miqdor modda bilan probirkada 

erituvchi tanlash kerak.  Erituvchi tanlashda erituvchiga moddaning sinfi, tuzilishi hamda kimyoviy 

yaqinligi muhimdir, chunki  modda  shunday erituvchilarda qayta kristallanadi. 

 

1-  Tajriba. Benzoy kislotani qayta kristallash usuli bilan tozalash 

 

Laboratoriya ishidan maqsad.

 Ushbu laboratoriya ishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad, 

talabalarda  olgan    nazariy    bilimlarini  mustahkamlash  uchun  laboratoriya  sharoitida,  qattiq 

moddalarni  qayta  kristallash  bilan  tozalash  jarayonini  mustaqil    bajarishlari    va  shu  amaliy  ish 

davomida o‘zlarining bilim hamda ko‘nikmalarini oshirishidir.  

 Kerakli reaktivlar: 

benzoy kislota (yoki sulfanil kislotasi, atsetanilid),  aktivlangan ko’mir. 



2.2 Moddalarni qayta  kristallash  

2.3 Qayta kristallantirishga erituvchi tanlash 

2.1 Organik moddalarni tozalash usullari 

 

 

17



          Jihozlar: 

100  ml  sig'imli  stakan  yoki  kolba,    suv  hammomi,    shisha    tayoqcha,  quritish 

shkafi,  termometr. 

Ishning borish tartibi

: 100 ml sig'imli stakan yoki kolbaga 1g benzoy kislota (yoki sulfanil 

kislotasi,  atsetanilid)  40  ml  suv  va  0,05-0,1g    kukun  holdagi  aktivlangan  ko’mir  solib,  suv 

hammomida qizdiriladi. Aralashma 10-15 minut davomida qaynagandan so’ng eritma tezda  burma  

filtr orqali filtrlanadi. Filtrat (muz solingan xolda) suvda sovutilib, idish devorlari  shisha  tayoqcha  

bilan  ishqalanganda  benzoy  kislotaning  kristallari  ajrala  boshlaydi.  Hosil  bo’lgan  kristallarni 

Byuxner voronkasi yordamida ajratib olinadi. So’ngra idishga solinib, quritish shkafida  quritiladi.  

Kristallar   qurigach,  uning   suyuqlanish    temperaturasi  aniqlanadi.  t

s

=121-122 



0

C. Agar benzoy 

kislotasi juda toza bo’lmasa, suvda yana bir marta qayta  kristallanadi. 

 

2.4. Suyuq aralashmalarni ajratish va tozalash 

Haydash-suyuqliklarni  bir-biridan  ajratish  va  tozalashning  eng  qulay  usuli  hisoblanadi. 

Oddiy  haydash  usulida  suyuqlik  qaynash  temperaturasigacha  qizdiriladi,  natijada  hosil  bo’lgan 

suyuqlik  bug'lari sovutkichda qayta  suyuklikka  aylantiriladi  va boshqa idishga yig'ib olinadi. Bu 

usulda suyuqlik bug'ga aylanadi, u esa sovutkich  yordamida yana suyuklikka aylanadi. Buni to’gri  

oqimli  haydash  deyiladi.  Agar  suyuqlik  bug'larining    sovugan  qismi  yangi  hosil  bo’layotgan 

suyuqlik  bug'lari  bilan    uchrashib,  haydash  kolbasiga  tushib  tursa,  bu  jarayon  qarama  -  qarshi 

oqimli haydash deyiladi. Bu usul rektifikatsiya kolonkalarida amalga  oshiriladi.  

Qaynash  temperaturasi  bir-biriga  yaqin  moddalar  aralashmasini  haydash  uchun 

deflagmatorlardan (6.rasm) foydalaniladi. Qaynash temperaturasi 1-2

0

C farq qiladigan suyuqliklar 



aralashmasi rektifikatsiya kolonnalarida ajratilаdi. Haydash usulidan suyuq moddani erituvchidan, 

har  xil  qaynash    temperaturasiga    ega    bo’lgan    reaksiya    mahsulotlarini  bir-biridan  hamda 

qo’shimchalardan ajratishda foydalaniladi. Haydashni amalga oshirish usuliga qarab  4 turga bo’lish 

mumkin: 


 

1.  Oddiy sharoitda haydash          

 

2.  Fraktsiyalarga bo’lib haydash 



 

3.  Vakuumda haydash                 

 

4.  Suv bug'i bilan haydash. 



 

2- tajriba. Etil  spirtini  oddiy  haydash  yo’li bilan  tozalash 

 

Laboratoriya ishidan maqsad. 

Ushbu laboratoriya ishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad, 

talabalarda  olgan    nazariy    bilimlarini  mustahkamlash  uchun  laboratoriya  sharoitida  suyuq 

moddalarni tozalash jarayonini mustaqil  bajarishlari  va shu amaliy ish davomida o‘zlarining bilim 

hamda ko‘nikmalarini oshirishidir.  

          Kerakli reaktivlar: Ifloslangan spirt.   



        Jihozlar: 

sovutkich,  gaz  gorelkasi,  suv  hammomi,  2-3  bo’lak    qaynatgich,    yig’gich  kolba,   

termometr,

 

 Bunzen gorelkasi,  zajim asbest qog‘ozi bilan,  haydash kolba (Vyurs kolbasi), lapka,  

shtativlar, sovitgich, allonj. 

Ishning  borish  tartibi

:  Ifloslangan  spirt  (suv,  atseton,  piridin    va  boshqa  qo’shimchalar) 

oddiy  haydash  yo’li  bilan  tozalanadi.  Buning  uchun    Vyurs    kolbasi  olinib,  unga  ifloslangan 

spirtdan  30  ml  va  2-3  bo’lak    qaynatgich  solinadi.  So’ngra  alonj  orqali  yig’gich  kolbaga  

tutashtiriladi. Suvli sovutkich ishlatilgandan keyin gaz gorelkasi yordamida suv hammomida Vyurs 

kolbasi  qizdiriladi.  Toza  spirt  78

0

C  da  haydala   boshlaydi.   Spirt    idishga  yig'ib  olinadi  va  hajmi 



o’lchanadi. Dastlabki olingan aralashmaning hajmiga qarab spirtning aralashmadagi  (%)  miqdori 

topiladi. 



 

 

18



 

 

  

7.

Rasm  Suyuqliklarni oddiy haydash uchun ishlatiladigan asbob: 1) Bunzen gorelkasi, 2) zajim 

asbest qog‘ozi bilan, 3) haydash kolba (Vyurs kolbasi), 4) lapka, 5) termometr, 6) 

shtativlar, 7) Libix sovitqichi, 8) allonj, 9) yig‘gich kolba. 

 

Nazorat savollari 

1. 


 Qayta kiristalga tushirish usuli qanday moddalar uchun qo‘llaniladi? 

2. 


Moddalarni qayta kristallashda erituvchi qanday xossalarga ega bo‘lishi talab etiladi? 

3. 


 Benzoy kislotasining toza bo‘lganligini qanday bilish mumkin? 

4. 


 Organik moddalarni qayta kristallashda aktivlangan komirning vazifasi nimalardan iborat? 

5. 


 Suyuq  aralashmalarni  biri-biridan  ajratishning  qanday  turlari  mavjud,  ularning  har  biriga 

izoh bering. 

6. 

Rektifikatsiya usulining mohiyatini izohlang va qo‘lanilish soxalarini so‘zlab bering. 



 

 

 



 

 

 

LABARATORIYA ISHI-3 

ORGANIK MODDALAR TARKIBIDAGI UGLEROD VA VODORODNI ANIQLASH

  

Organik  moddalarning  tarkibida  asosan  4  xil  element  bor:  C-uglerod,  H-vodorod,  O-



kislorod,  N-azot.  Bularni  umumlashtirib  organogenlar  deb  ataladi.  Organik  birikmalarning  sifat 

analizi  ular  parchalanganda  (yoki  yonganda)  hosil  bo’ladigan  noorganik  birikmalar  CO



2

,  Н

2

O, 

NH

3

, H

2

S

 va boshqalarning sifat reaktsiyalari bilan aniqlashga asoslangan. Deyarli hamma organik 



 

 

19



moddalar 

qizdirilganda 

o’z 

xossalarini 



o’zgartirib, 

suyuqlanadi 

va 

qorayadi. 



 

Quruq  probirkaga  1ml  glitserin  (yoki  2g  shakar)  va  mis  

(II)-oksid  solib  aralashtiring.        Aralashmaning yuqoriroq 

qismiga gigroskopik paxta joylashtirib, uning ustiga o’tda 

toblangan  (suvsizlangan)  mis  sulfat  kukunidan  bir  oz 

soling.  

Egik  nay  o’rnatilgan  rezina  tiqin  bilan  probirka 

berkitiladi.  Nayning  ikkinchi  uchini  bariy  gidroksidli  (yoki 

kaltsiy  gidroksidli)  probirkaga  tushiring.  Tekshirilayotgan 

modda  solingan  probirkani  extiyotlik  bilan  qizdiring,  bunda 

birikma  tarkibidagi  uglerod  (IV)-oksid,  vodorod  esa  suv  hosil 

qiladi.  

Bunda  karbonat  angidrid  ikkinchi  probirkadagi  bariy  gidroksidni  oq  loyqaga  bariy 

karbonatga,  suv  esa  oq  suvsiz  mis-(II)-sulfatini  ko’k  kristalga  aylantiradi.  Reaktsiya  olib 

borilayotgan birinchi probirka tubida yaltiroq element-mis hosil bo’ladi.       

C

12

H

22

O

11

  +  24CuO  



  12 CO



2

  +  11H

2

O  +  24Cu 

Ba(OH)

2

  +  CO

2

  



  BaCO



3

 



  +  H



2



CuSO

4

  +  5H

2

O  



  CuSO



4

.

5H

2

 

 



 

ORGANIK MODDALAR TARKIBIDAGI GALOGENLARNI ANIQLASH 

 

 

20



 

Organik birikmalardagi galogenlarni (xlor, brom va yod) Beylshteyn usuli bilan aniqlash mis 

(II) oksidining yuqori temperaturada galogen saqlagan organik birikmalarni parchalashga va bunda 

mis (II) galogenidlar hosil bo‘lishiga asoslangan. 

Organik  birikmalar  tarkibida  galogen  borligini  odatdagi  analitik  usullar  bilan  topib 

bo‘lmaydi,  chunki  ular  molekulasidagi  galogen  uglerod  atomlari  bilan  kovalent  bog‘lar  orqali 

bog‘langan. Galogenni aniqlash uchun shu bog‘larni uzish va galogenni anorganik birikma holida 

ajratib olish kerak. Bu esa har xil usullar bilan amalga oshiriladi. 



Beylshteyn usuli 

Ishning  borish  tartibi

:

  Tajriba  uchun  mis  sim  xalqa  shaklida  bukiladi  va  gaz  alangasida 



qizdiriladi.  So‘ngra  galogen  tutgan  organik  birikmaga  botiriladi  va  yana  gaz  alangasiga  tutiladi. 

Bunda alanga yashil rangga bo‘yaladi. Mis (II) galogenidlar mis (I) galogenidlargacha qaytariladi, 

mis  (I)  galogenidlar  bug‘lanib,  alangani  bo‘yaydi  (CuCl

2

  –  yashil,  CuBr



2

  –  ko‘k).  Ftororganik 

birikmalar  uchuvchan  bo‘lmaganligi  sababli,  bu  usul  bilan  ftorni  aniqlab  bo‘lmaydi.  Ftor  ionini 

alizarinsirkon indikator qog‘ozi orqali bilib olinadi. 



TAKRORLASh UChUN SAVOL VA TOPShIRIQLAR 

 



  Organik moddar asosan qanday elementlardan tashkil topgan, bunga misollar keltiring. 

  Sifat analizi usulining mohiyatini tushintiring. 



  Uglerod va vodorodni aniqlashning reaksiya tenglamalarini yozing va tushintiring. 

  Organik moddalar tarkibidagi azotni aniqlashning reaksiya tenglamalarini yozing va izohlang. 



  Organik  modda  tarkibidagi  galogenlarni  aniqlashning  Beylshteyn  usulinining  mohiyatini 

tushintiring. 

  Organik moddalar tarkibidagi galogenlarni aniqlashning boshqa usullarini so‘zlab bering. 



  Organik  birikmalar  tarkibidagi  galogenlarni  nima  sababdan  analitik  usullar  bilan  topib 

bo‘lmaydi. 

 

 



 

 

 



LABARATORIYA ISHI-4 

SPIRTDAN ETILEN OLISH 

Reaktiv va materiallar:

 etil spirt, sulfat kislota, «qaynatar» (sopol bo’laklari), bromli suv, 

kaliy permanganatning 10 %-li eritmasi, 1 %-li soda eritmasi,

 

probirka. 



Probirkaning chorak qismiga 1 og’irlik qism etil spirti va uch og’irlik qism kontsentrlangan 

sulfat kislota solinadi (1:3). Aralashma bir tekis qaynashi uchun probirkaga chinni siniqlarini 

soling. 

 

 

21



 

Probirkaning  og’zini  gaz  o’tkazgich  nay  o’rnatilgan  tiqin  bilan  berkiting.  Aralashmani 

suyuqlik  probirkadan  otilib  chiqmasligi  uchun  asta  qizdiring.  Bunda  probirkadagi  aralashma 

qorayadi, ya’ni etil spirti suvsizlanib, etilen hosil bo’ladi, reaktsiya ikki bosqichda boradi: 

 

 

 



 

 

 

Bromning  etilenga  birikishi.

 

Hosil  qilinayotgan 

etilen  gaz  o’tkazgich  nay  orqali  bromli  suv  quyilgan 

probirkaga tushiriladi. Bromli suv rangsizlanadi, chunki brom 

qo’shbog’ hisobiga birikib, dibrometan hosil bo’ladi: 

 

 



 

Etilenni oksidlash.

 

Ajralib chiqayotgan etilenni ozgina soda qo’shilgan kaliy permanganat 

eritmasi (2ml) orqali o’tkazing, natijada eritmaning rangi yo’qoladi, chunki suvda eruvchan rangsiz 

etilenglikol  hosil  bo’ladi.  Hosil  bo’ladigan  qo’ng’ir  rangli  ikkilamchi  mahsulot  marganets-(IV)-

oksid kristallaridir. Bu rang eritmaga ham ta’sir etgan bo’lishi mumkin: 

 

 

Etilenning yonishi.

 

Nay uchidan chiqayotgan etilen yondiriladi. Etilenni yondirayotganda, 

uning alangasi metan alangasiga qaraganda ravshan bo’lishiga ahamiyat bering. Etilen alangasiga 

kiritilgan tigel qorakuya bilan qoplanadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 

ATSETILEN OLISH 

CH

3

– CH

2

– OH  +  HOSO

3



CH

3

– CH

2

– OSO

3

H

etanol

etoksisulfon kislo

CH

3

– CH

2

– OSO

3

H

160 – 170 °C

CH

2

= CH

2

+ H

2

SO

4

eten

CH

2

= CH

2

+ Br

2

eten

CH

2

Br – CH

2

Br

1,2-dibrometan

CH

2

= CH

2

+ 2KMnO

4  

+H

2

O

eten

CH

2

OH – CH

2

OH +  2MnO

2  

+ 2KOH

1,2-etandiol

 


 

 

22



   

 

 



 

Reaktiv  va  materiallar:

  kaltsiy  karbid  bo’lakchalari,  stakanda  suv,  bromli  suv,  5%-li  soda 

eritmasi, kaliy permanganatning 0,1 % li eritmasi, probirkalar. 

 

Probirkaga  2-3  ml  suv  quyib,  ustiga  kaltsiy  karbidning  kichik 



bo’lakchasidan  1-2  dona  tashlab,  tezda  probirkaning  og’zini  nayli 

tiqin  bilan  berkiting.  Gaz  o’tkazgich  nay  ustiga  to’nkarilgan 

probirkada atsetilen yig’iladi. Bir ozdan so’ng probirkaga yig’ilgan 

gazni yoqing. Bunda atsetilen dud chiqarib yonadi. Shundan keyin 

atsetilenni nay uchidan chiqayotgan vaqtida yondiring.  

Havo  etarli  bo’lganda  ajralib  chiqayotgan  atsetilen  juda  ravshan  alanga  berib  yonadi. 

Atsetilenning yonishini metan va etilenning yonishi bilan taqqoslang. 

 

 



 

 

Atsetilenga  bromning  birikishi.

 

Probirkaga  2-3ml  bromli  suv  solib,  undan  atsetilen 

o’tkazing.  Uzoq  vaqt  atsetilen  o’tkazilganda,  uchbog’  hisobiga  brom  birikib,  tetrabrometan  hosil 

bo’ladi. Bromli suv asta-sekin rangsizlanadi: 



 

 

 

 

 

Atsetilenning oksidlanishi.

 

Probirkaga kaliy permanganat eritmasidan 2 ml solib, unga 2 – 

3 tomchi soda eritmasidan qo’shing, undan atsetilen gazini o’tkazing. Eritmaning rangi o’zgaradi 

va  marganets-(IV)-oksidning  qo’ng’ir  cho’kmasi  hosil  bo’ladi;  bu  atsetilenning  oksidlanganligini 

bildiradi. 

Atsetilenning oksidlanishi natijasida har xil moddalar hosil bo’lishi, shuningdek, molekulaning 

uchbog’ tutgan joydan parchalanishi ham mumkin.  

 

 

 

 

 

TAKRORLASh UChUN SAVOL VA TOPShIRIQLAR 



C  +  2 H



2

O

Ca

H – C 



C – H  +  Ca(OH)



2

2 H – C 



C – H  +  5 O



2

etin (atsetilen)

4 CO

2

+  2 H

2

O

yonish

 

H – C 



C – H  +  Br

2

CHBr = CHBr

1,2-dibrometen

CHBr = CHBr

1,2-dibrometen

CH(Br)

2

– CH(Br)

2

1,1,2,2-tetrabrometan

 

H – C 



C – H  +  Br

2

[CHOH = CHOH]

1,2-digidrorsieten

[O]  +  H

2

O

[O]  +  H

2

O

[CH(OH)

2

– CH(OH)

2

]

1,1,2,2-tetragidrorsietan

C – C  

O

O

H

H

2 [O]

C – C  

O

O

HO

OH

etandial

etan di karbon kislota


 

 

23



 

1.  Quyidagi  uglevodorodlarning  formulalarini  yozing,  ularni  xalqaro  nomenklatura  bo’yicha 

nomlang: 

metilpropiletilen; 

 

simmetrik dietiletilen; 



 

etilbutiletilen;   etilizopropiletilen 

2. Nima uchun etilen uglevodorodlarning reaksiyaga kirishish xususiyati nisbatan kuchli? 

3.  Propenga  brom,  vodorod  yodid  va  sulfat  kislota  ta’sir  ettirilganda,  sodir  bo’ladigan 

reaksiyalarning tenglamalarini yozing. 

4. Qanday reaksiyalar polimerizatsiya va polikondensatsiya reaksiyalari deb ataladi? 

5. Atsetilen uglevodorodlardagi uchbog’ning tabiati qanday? 

6. Normal sharoitda 10 l atsetilen hosil qilish uchun qancha kalsiy karbid olish kerak? 

7. Ikkita izomer: 1-butin va 2-butinni bir-biridan qanday reaksiya yordamida farq qilish mumkin? 

8. Quyidagi uglevodorodlarni ratsional va sistematik nomenklaturaga ko’ra nomlang:  

a) 

CH

2



CH CH CH

3

 



b) 

CH

3



CH

2

CH CH C CH



3

CH

3



CH

3

 



c) 

CH

3



CH CH

2

CH



3

CH

CH



2

 

d) 



HC C CH

2

CH



2

CH

CH



3

CH

3



 

e) 


HC C CH

CH

2



CH

3

CH



3

 

f) 



HC C CH

2

CH



CH

2

 



9. 1-brom-2-metilbutanga ishqorning spirtdagi eritmasi ta’sir ettirilganda, qanday uglevodorod hosil 

bo’ladi? 

10.  Atsetilenning  maxsus  katalizatorlar  ishtirokida  sianid  kislota,  sirka  kislota  va  etil  spirt  bilan 

birikishidan qanday birikmalar hosil bo’ladi? 

 


Download 29.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling