Органик кимё фанидан Ўқув-услубий мажмуа
Download 29.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Alohida vakillari. Anilin – 6 C da suyuqlanadigan, 182 C da qaynaydigan rangsiz suyuqlik, suvda yomon eriydi. Saqlash vaqtida qorayib ketadi, zaharli. Birinchi marotaba 1826 yilda indigoni ohak bilan haydash natijasida hosil qilingan. 1842 yilda anilinni N.N.Zinin nitrobenzolni qaytarib hosil qilgan. Kam miqdorda toshko’mir smolasida bo’ladi. Texnikada nitrobenzolni qaytarib olinadi. Katta miqdorda bo’yoqlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
C da qaynaydigan suyuqlik, bo’yoqlar, portlovchi moddalar olishda ishlatiladi. Difenilamin – 54 C da suyuqlanadigan kristall modda. Bo’yoqlar tayyorlashda, poroxni barqarorlashtirishda ishlatiladi.
ishlatiladilar. Aromatik aminlar, asosan, bo’yoqlar ishlab chiqarishda va tibbiyotda turli xil dori moddalar, m- n: sulfanilamid preparatlari, asetanilid isitma tushiruvchi va og’riqni qoldiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari portlovchi moddalar, yuqori molekularli birikmalar va boshqa moddalar olishda boshlang’ich modda hisoblanadi. DIAZO-VA AZOBIRIKMALAR Aromatik diazo- va azobirikmalarning tuzilishida –N=N– guruh ishtirok etadi. Agar
guruh faqat organik birikma qoldig‘i bilan bog‘langan, ya’ni Ar–N=N–Ar bo‘lsa, bunday birikmalar azobirikmalar, agar bu ikki valentli qoldiqning bir valentligi aromatik, ikkinchi valentligi anorganik birikma qoldig‘i bilan bog‘langan, ya’ni Ar – N = N – X ( X = –Cl; –Br; –J; – SO 3 H; –NO 2 ; –OH; –ONa va boshqalar) bo‘lsa, bunday birikmalarga diazobirikmalar deyiladi. Diazobirikmalarning eng muhim vakillari diazoniy tuzlari hisoblanadi. Diazoniy tuzlari diazokation va aniondan tashkil topgan, m-n: [C 6 H 5 N 2 ] + Cl – benzol diazoniy xlorid. Diazoniy tuzlari tabiatlariga ko‘ra ammoniyli tuzlarga o‘xshaydi. Diazokation-tutash elektron bulut hosil qilgan ion bo‘lib, bunda har qaysi atomi qisman musbat zaryad tutadi:
ettirib olinadi. Birlamchi aromatik aminlardan diazobirikma hosil qilish reaksiyasiga diazotirlash reaksiyasi deyiladi. Diazotirlashda birlamchi aromatik aminga nitrat va birorta boshqa mineral kislota aralashmasi bilan ta’sir ettiriladi. Nitrat kislota beqaror kislota bo‘lganligi sababli uning o‘rniga nitrat kislota tuzi bilan ta’sir ettiriladi. Reaksiya 0-4 C haroratda olib boriladi:
2 O + –
Diazotrlash reaktsiyasi odatda quyidagicha amalga oshiriladi: amin mineral kislotaning suvli eritmasida eritiladi yoki suspenziyasi hosil qilinadi. Bunda 1 mol amin uchun reaktsiya tenglamasidagiga nisbatan ikki ekvivalentdan ortiq kislotadan foydalaniladi; ortiqcha miqdor kislota qo’shimcha keraksiz reaktsiyalarni oldini olish maqsadida kuchli kislota muhitini saqlash uchun zarur bo’ladi. Kislota va amin aralashmasi tuzli muz aralashmasi yordamida 10 – 0 o S (diazotrlash ekzotermik reaktsiya hisoblanadi) sovitiladi. Nazariy jihatdan reaktsiya uchun zarur bo’lgan natriy nitritning miqdori hisoblab topilsada, reaktsiya vaqtidagi azot kislotasining NO hamda NO 2 holatlarida yo’qolishini ham hisobga olish kerak bo’ladi va bu ko’proq tajribadan kelib chiqadi; reaktsion aralashmaga kerakli miqdor natriy nitrit qo’shilganini esa yodkraxmal qog’oz yordamida nazorat qilib turiladi. Reaktsion muhitda hosil bo’luvchi ortiqcha miqdor natriy nitritdan ajraluvchi azot kislotasi amin bilan ta’sirlashmaydi va kuchli oksidlovchi bo’lgani uchun yod-ionini erkin yodga o’tkazadi u o’z navbatida kraxmal bilan ta’sirlashib, to’q-ko’k rangni beradi. Ortiqcha miqdor azot kislotasi diazoniy
372
tuzlarining keyingi reaktsiyalarida qiyinchiliklar tug’dirgani uchun reaktsion aralashmadan mochevina yordamida yo’qotiladi; mochevina va azot kislotasi suv, uglerod dioksidi va azot hosil qilib ta’sirlashadi. Ortiqcha miqdor mochevina esa keyingi reaktsiyalarga ta’sir etmaydi. Diazoniy tuzlari hattoki muz xammomi sharoitidagi xaroratlarda ham parchalanishi mumkin, shuning uchun olingan diazoniy tuzlari darhol maqsadli reaktsiyalarda foydalanilishi kerak. Agar erkin diazoniy tuzini olish kerak bo‘lsa, u holda, birlamchi aromatik aminga amilnitrit va mineral kislota aralashmasi bilan ta’sir ettiriladi:
6 H 5 OH + 2H 2 O + –
Aromatik aminlardan diazobirikmalar hosil bo‘lish reaksiyasini quyidagicha tasavvur etish mumkin. Nitrat kislota kislotali muhitda bir necha diazotirlovchi agentlar ( H 2 NO 2 + ; N 2 O 3 ; NO + ; NOCl ) ni hosil qilishi mumkin, ya’ni HNO 2 + H + H 2 NO 2 + 2HNO 2 + N 2 O 3 + H 2 O + HNO 2 + H NO + H 2 O + HNO 2 + H + Cl ONCl + H 2 O –
Yuqoridagi diazotirlovchi agentlar ma’lum sharoitda aromatik aminlar bilan ta’sir etishlari natijasida dastlab nitrozoaminlarni hosil qiladilar. Nitrozoaminlar kislotali muhitda oson diazoniy tuzlariga aylanadilar, masalan: [C 6 H 5 – N
2 O + C 6 H 5 NH 2 + NO + H 2 O C 6 H 5 NH – N = O + H 3 O + + C 6 H 5 NH 2 + H 2 NO 2 C 6 H 5 NH – N = O + H 3 O + C 6 H 5 NH 2 + N 2 O 3 C 6 H 5 NH – N = O + H 3 O C 6 H 5 NH 2 + ONCl + C 6 H 5 NH – N = O + H 3 O + Cl + – C 6 H 5 NH – N = O C 6 H 5 N = N – OH HCl + –
Diazoniy tuzlari eritmalariga ishqor ta’sir ettirilganda diazogidratlar hosil bo‘ladi: [Ar – N
+ – Ar – N = N – OH
Diazogidratlar erkin holda ajratib olinmagan. Ular suvli eritmalarda amfoter hususiyatga egalar. Kislota ta’sir ettirilganda diazoniy tuzlarini, ishqorlar ta’sirida esa diazotatlarni hosil qiladilar: Ar – N = N – OH + NaOH [Ar – N = N – O] Na + H 2 O + –
Diazoniy tuzlarining ishqorlar bilan reaksiyasini umumiy tarzda quyidagicha ifodalash mumkin: [Ar – N
+ – [Ar – N = N – O] Na + NaCl + H 2 O + –
Diazotatlar, diazotsianidlar va –N=N– guruh tutgan boshqa birikmalar sin va anti shakllarda mavjud bo‘lishlari mumkin. Masalan, fenildiazoniyssianid uchun quyidagi shakllarni yozish mumkin:
H 5 C 6 N N C
N H 5 C 6 N N
N H 5 C 6 C
N anti-shakli sin-shakli anti-shakli sin-shakli
373
Diazotatga kislota bilan ta’sir etilganda ikkita shakldagi birikma – diazogidrat va nitrozoamin hosil bo‘ladi: Ar – N = N – O Ar – N = N – OH – + H + OH – + H + OH – [Ar – N
2 O + Ar – NH – N = O arilnitrozaamin
Amilnitroza suvda yomon eriganligi tufayli cho‘kadi. Diazogidrat kislotali muhitda asta-sekinlik bilan diazoniy tuziga o‘tadi. Diazobirikmalar eritmasida diazokation (ArN 2 ) va diazoanion (ArN 2 O) –
mavjud bo‘ladi. Diazobirikmalarning bir-biriga o‘tish sxemasini quyidagicha tasavvur etish mumkin: Ar N = N sin-shakli anti-shakli O – Ar N = N O – vaqt
aromatik aminlardan turli kimyoviy birikmalarni sintez qilishda katta istiqbollarni ochadi. Diazoniy tuzlarining o‘zgarish reaksiyalarini ikkiga bo‘lish mumkin: azot ajralish bilan boruvchi reaksiyalar va azot ajralmaydigan reaksiyalar.
1. Diazoniy tuzlari eritmasini kislotali muhitda qizdirilganda azot ajralib chiqib fenollar hosil bo‘ladi:
Bunda diazobirikmaning sulfat kislota bilan hosil qilgan tuzidan foydalanish maqsadga muvofiq. Buning sababi, boshqa kislotalar bilan qo‘shimcha reaksiyalar borishi mumkin. 2. Diazoniy tuzlarini kaliy yodid bilan qo‘shib qizdirilganda diazoguruhi yod bilan almashadi. [ArN 2 ] Cl + KJ – + ArJ + N 2 + KCl
3. Diazoguruhning boshqa qoldiqlar bilan almashinishi katalizatorlar ishtirokida boradi. Katalizator sifatida kukun holidagi mis yoki uning tuzlari ishlatiladi. Mis tuzlari ishtirokida diazoniy tuzlari quyidagicha parchalanadilar: ArN 2 Cl ArN 2 + Cl Cu 2 Cl 2 . . ArN 2 . ArN 2 + N 2 . Ar + Cl . ArCl .
Diazoguruhni boshqa qoldiqlarga almashinishiga misollar keltiramiz: C 6 H 5 N 2 Cl + KBr Cu 2 Cl 2 C 6 H 5 Br + KCl + N 2 C 6 H 5 N 2 Cl + 1/3K 3 [Cu(CH 4 )]Br C 6 H 5 CN + KCl + 1/3CuCN + N 2 C 6 H 5 N 2 Cl + KSCN CuSCN C 6 H 5 SCN + KCl + N 2 C 6 H 5 N 2 Cl + Na 2 AsO 3 C 6 H 5 AsO 3 Na + NaCl + N 2
4. Diazoniy tuzlari simob, qalay xloridlari bilan reaksiyaga kirishib, metallorganik birikmalarni hosil qiladilar:
374
C 6 H 5 N 2 Cl + HgCl 2 + 2Cu C 6 H 5 HgCl + Cu 2 Cl 2 + N 2 2C 6 H 5 N 2 Cl + SnCl 4 + 2Sn (C 6 H 5 ) 2 SnCl 2 + 2SnCl 2 + 2N 2
5. Diazoniy tuzlari qaytarilganda diazoguruhi vodorod bilan almashinadi. Qaytaruvchi sifatida fosfat kislota, chumoli aldegidi yoki spirtlardan foydalanish mumkin: [ArN 2 ] OSO 3 H + H 3 PO 2 + H 2 O ArH + N 2 + H 2 SO 4 + H 3 PO 3
Qaytarishni chumoli aldegidning ishqordagi eritmasi bilan olib borish mumkin: [ArN 2 ] OSO 3 H + HCHO + 3NaOH ArH + N 2 + Na 2 SO 4 + HCOONa + H 2 O +
Diazoniy tuzlarining qaytarilish reaksiyasidan foydalanib, ayrim olinishi qiyin bo‘lgan birikmalarni sintez qilib olish mumkin: NH 2 + 3Br 2 NH 2 Br Br Br -3HBr NaNO 2 + H 2 SO 4 N 2 SO 3 H Br Br Br + H 3 PO 2 Br Br Br
Qaytaruvchi sifatida ayrim hollarda alifatik spirtlardan foydalanish mumkin. Bunda oxirgi mahsulot sifatida aromatik uglevodorod yoki oddiy efir hosil bo‘lishi mumkin: [ArN 2 ] Cl + CH 3 CH 2 OH ArN OC 2 H 5 + N 2 + HCl + + ArH + N 2 + CH 3 CHO + HCl
2 OSO 3 H + CH 3 OH ArOCH 3 + N 2 + H 2 SO 4
Diazobirikmalarning azot ajralib chiqmaydigan reaksiyalari. Diazobirikmalarning azot ajralib chiqmaydigan reaksiyalariga ularni qaytarish, oksidlash va azoqo‘shish reaksiyalari misol bo‘ladi. Diazobirikmalarning qaytarilishi. Diazobirikmalar asta-sekinlik bilan qalay xloridini xlorid kislotadagi eritmasi bilan qaytarilganda arilgidrazinlarining tuzlari hosil bo‘ladi:
Download 29.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling