Органик кимё фанидан Ўқув-услубий мажмуа


Download 29.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/110
Sana07.07.2020
Hajmi29.83 Mb.
#102390
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   110

Sinflanishi.

  Uglevodlar  deb,  polioksialdegid  va  polioksiketonlar  yoki  gidrolizlanishidan  ayni 

mahsulotlarni hosil qiluvchi birikmalarga aytilishini eslatib o’tsak. Gidrolizlanishidan yanada soddaroq 

birikmaga o’tkazib bo’lmaydigan uglevod – monosaxarid deb ataladi. Gidrolizlanishidan ikki molekula 

monosaxarid  hosil  qiluvchi  uglevod  disaxarid,  bir  necha  monosaxarid  molekulalariga  parchalanuvchi 

uglevod  esa  polisaxarid  deb  ataladi.  Monosaxaridlarni  quyidagicha  sinflab  o’rganish  muhim:  agar 

monosaxarid  aldegid  guruhi  saqlasa,  ularni  aldozalar,  keton  guruhi  saqlasa  ketozalar  deyiladi. 

Molekuladagi  uglerod  atomlari  soniga  qarab  triozalar, pentozalar, geksozalar  va  x.o.  farqlanadi. 

Masalan,  aldogeksoza  bu  olti  uglerod  atomidan  iborat,  aldegid  guruhi  saqlovchi  monosaxarid: 

ketopentoza

 – besh uglerod atomlari va keton guruhi saqlovchi monosaxariddir.

47

 

Tabiatda ko’p uchraydigan monosaxaridlar pentozalar va geksozalardir. 



Feling  yoki  Benedikt,  Tollens  reaktivini  qaytaruvchi  uglevodlar,  qaytariladigan shakarlar  deb 

ataladi. Barcha monosaxaridlar (aldozlar ham ketozalar ham) qaytariluvchi shakarlar hisoblanadi. Bular 

qatoriga ko’plab disaxaridlarni ham qo’shish mumkin, faqatgina saharoza (oddiy shakar) bundan istesno 

bo’lib, qaytarilmaydigan shakar qatoriga kiradi. 



(+)-Glyukoza,  aldogeksoza. 

Agar  (+)-glyukoza  kraxmal,  sellyuloza  va  glikogenlarning  asosiy 

tarkibiy qismi ekanligi, biologik jarayonlardagi roli e’tiborga olinsa, glyukoza tabiatda eng ko’p bo’lgan 

monosaxarid  deyish  mumkin.  Monosaxaridlarning  bilishimiz  kerak  bo’lgan  xususiyatlarini  ulardan 

birgina namunani kuzatib aniqlash mumkin: (+)-glyukozaning tuzilishini o’rganishda, uning kimyoviy 

xususiyatlari bilan ham tanishib o’tamiz; chunki bu xususiyatlar uning tuzilishini isbotlashda muhimdir. 

(+)-Glyukozaning  molekulyar  formulasi  S

6

N

12

O

6

,  buni  element  taxlili  va  molekulyar  massani 

aniqlash  ham  isbotlaydi.  Quyida  (+)-glyukozaning  tuzilishini  aniqlashda  qo’llaniluvchi  ayrim 

reaktsiyalar bilan tanishib o’tamiz. 

 

Yuqoridagi  ma’lumotlar  D-(+)-glyukoza  tarmoqlanmagan  olti  ugleroddan  iborat  pentaoksial-



degid  –  aldogeksoza  ekanligini  ko’rsatadi  (lekin,  keyingi  mavzularda  bu  tuzilishlarga  o’zgartirishlar 

kiritilishi kerak bo’lagan ma’lumotlar borligini kuzatamiz). 



(-)-Fruktoza:  2-ketogeksoza. 

Ketozalar  orasida  eng  muhimi  (–)-fruktoza  bo’lib,  o’simliklar 

dunyosida  keng  tarqalgan  (mevalarda  saqlanadi)  va  glyukoza  bilan  ma’lum  tartibda  bog’lanib 

disaxaridlar – saxarozalar (oddiy shakar) tarkibiga kiradi. 

                                                           

47

 T.W. Graham Solomons, Craig B. Fryhle, Scott A. Snyder. Organic chemistry. University of South Florida, Pacific 



Lutheran University, Columbia University. 2014. – S. 980. 

ASOS

HULOSA 

(+)-glyukoza saqlaydi 

C – C – C – C – C – CHO 

NH

2

OH

C

6

H

5

NHNH

2

 

Br

2  

+  H

2



HNO

3

(CH

3

CO)

2

O

 

H

2

,

 

Ni

 

HCN

 

oksim 

fenilgidrazon

(C

5

H

11

O

5

)COOH

HOOC(C

4

H

8

O

4

)COOH

C

6

H

7

O(OCOCH

3

)

5

(CH

3

CO)

2

O

HJ

C

6

H

8

(OCOCH

3

)

6

C

6

H

14

O



CH

3

(CH

2

)

3

CHJCH

3

H

2

O, OH

– 

HJ

н-C

6

H

13

COOH

C = O  

– CHO  

– CH

2

OH  va  – CHO  

5 ta – OH-guruhi 

C – C – C – C – C – C

(+)-Glyukoza 

C

6

H

12

O



qizdirish

 

474


Quyida berilgan reaktsiyalar ketma-ketligi, (–)-fruktoza keton ekanligini (aldegid emas) va keto-

guruhining holatini aniqlash imkonini beradi.  

 

 

Aldoza  hosilalarining  nomenklaturasi.

  Glyukozaning  tuzilish  formulasi,  biz  tasvirlagan 

quyidagi holatda to’rtta asimmetrik uglerod atomi (yulduzchalar bilan nishonlangan) saqlaydi. 

 

CHO



CHOH

CHOH

CHOH

CHOH

CH

2

OH

*

*

*

*













CHO 

CHOH 

CHOH 

CHOH 

CHOH 

CH

2

OH 

(+)-glyukoza 

C

6

H

5

NHNH



Br

2  

+  H

2

O

 

CH = NNHC

6

H

5

(CHOH)

4

CH

2

OH

COOH

(CHOH)

4

CH

2

OH

HNO



COOH

(CHOH)

4

COOH

(CH

3

CO)

2

O

 

C

6

H

7

O(OCOCH

3

)

5

H

2

,

 

Ni

 

HCN

 

CH

2

OH

(CHOH)

4

CH

2

OH

(CH

3

CO)

2

O

 

HJ

 

CH

2

OCOCH



(CHOCOCH

3

)



CH

2

OCOCH



CH

3

CHJCH

2

CH

2

CH

2

CH



H

2

O, OH

– 

HJ

 

qizdirish 

n-C

6

H

13

COOH

glyukoza fenilgidazini 

glyukon kislota 

shakar kislotasi 

penta-O-asetilglyukoza 

sorbit 

geksa-O-asetilsorbit 

2-yodgeksan 

geptan kislota 

CH

2

OH 

C = O  

CHOH 

CHOH 

CHOH 

CH

2

OH 

HCN 

CH

2

OH 

HO - C – CN 

CHOH 

CHOH 

CHOH 

CH

2

OH 

gidroliz 

CH

2

OH

HO - C – COOH

CHOH

CHOH

CHOH

CH

2

OH

HJ 

qizdirish 

CH

3

 

CHCOOH 

CH

2

 

CH



CH



CH

3

 

fruktoza 

siangidrin 

oksikislota 

α-metilkapron kislota 

 

475


Stereoizomerlarning har biri tekis, + shaklga ega bo’lgan I – formula shaklida mavjud bo’ladi. 

Bunday  formulalarda  gorizontal  chiziqlar  rasm  tekisligidan  o’quvchi  tomonga  yo’nalgan  bog’larni, 

vertikal chiziqlar esa – o’quvchidan rasm tekisligiga yo’nalgan bog’larni ifodalaydi.  

 

Aldogeksoza  molekulasi  ikki  chekkasining  nosimmetrik  ekanligi  mezo-birikmaning  yo’qligini 



va  shuning  uchun  2

4

=16  stereoizomerlarning  hamda  sakkiz  juft  enantiomerlarning  mavjudligini 



ko’rsatadi. Hozirda bu 16 izomerlarning barchasi ma’lum bo’lib, ularning bir nechtasi sintez qilingan, 

ayrimlari  tabiiy  birikmalardan  ajratib  olingan:  bu  16  izomerdan  uchtasi  –  (+)-glyukoza,  (+)-galaktoza 

katta miqdorda uchraydi. 16 izomerning faqatgina bittasi (+)-glyukoza hisoblanadi. Ikkinchi izomer esa 

(–)-glyukoza  –  tabiatda  keng  tarqalgan  (+)-glyukozaning  enantiomeri.  Qolgan  14  izomer  – 

glyukozaning  diastereomerlari  va  maxsus  nomlari  bor:  mannoza,  galaktoza,  guloza  va  boshqalar.  (+)-

Glyukoza  misolida  berilgan  reaktsiyalarga  ushbu  14  ta  izomer  ham  kirishadi.  Glyukozaning 

diastereomerlari  bu  reaktsiyalarga  turli  tezliklarda  kirishadi  va  individual  birikmalarni  hosil  qilsada, 

barcha holatlarda jarayonlar kimyosi bir xil. 

Bu aldogeksozalardan hosil bo’luvchi birikmalar, glyukozadan hosil bo’luvchi birikmalar bilan 

mos keluvchi nomlarga ega bo’ladi. Bu (+)-mannoza misolida quyidagi jadvalda berilgan. 

Aldogeksoza hosilalarining nomi  

-jadval 


Birikma turi 

Tur nomi 

Maxsus nomlari 

Monosaxarid  

HOCH

2

(CHOH)

n

CHO 

Aldozalar  

Glyukoza  

Mannoza  

Monokarbon kislota 

HOCH

2

(CHOH)

n

COOH 

Oksokislotalar Glyukon kislota 

Mannon kislota

Dikarbon kislota 

HOCH(CHOH)

n

COOH 

Shakar kislotalari 

Glyukor kislota (shakar 

kislotasi) 

Mannor kislota 

Poliatomli spirtlar 

HOCH

2

(CHOH)

n

CH

2

OH 

Poliollar 

Sorbit  

Manniy  

Aldegidokislotalar 

HOOC(CHOH)

n

CHO 

Uron kislotalar 

Glyukuron kislota 

Mannunon 

kislota 

 

(+)-Glyukoza uchun yozilgan formula, barcha 16 aldogeksozalar uchun ham yozilishi mumkin. 



Faqatgina  har  bir  asimmetrik  uglerod  uchun  mos  keluvchi  konfiguratsiyani  aniqlabgina,  (+)-glyukoza 

uchun aniq formula berish imkoniyatini beradi. Buni  aniqlash esa monosaxaridlar kimyosini o’rganish 

bilan  uzviy  bog’liq.  Shuning  uchun  dastlab  monosaxaridlarning  kimyoviy  xossalarini  o’rganishga 

e’tibor qaratamiz. 



Oksidlash.

 Ishqorlar ta’siri. Aldozalarni oksidlashning 4 xil muhim usuli bor: a) Feling yoki 

Tolleks reaktivlari yordamida; b) bromli suv bilan: v) azot kislotasi bilan va g) nadyod kislotasi HJO

4

 

yordamida.  



Aldozalar Tollens reaktivini qaytaradi, chunki aldegid guruhi saqlaydi; ular Feling eritmasi – mis 

ionlari ishqoriy eritmasining ortarat ionini (yoki Benedikt suyuqligi – mis ionlari  ishqoriy eritmasining 

sitrat-ioni bilan kompleksi) ham qaytaradi; bunda to’q ko’k rang yo’qolib qizil cho’kma hosil bo’ladi. 

CHO

OH

OH

OH

H







HO 

CH

2

OH

CHO

OH

OH

OH

CH

2

OH

HO

H

H

H

H



yoki 


 

476


Bu reaktsiyalar aldozalar uchun sifat reaktsiyalari hisoblanadi va faqatgina nazariy ahamiyat kasb etadi, 

bu reaktsiyalar yordamida aldozalardan ketozalarni farqlab bo’lmaydi; shuningdek bu reaktsiyalar orqali 

glyukon  kislota  (monokarbon  kislotalar)  olish imkoniyati  yo’q. Bu  reaktivlar ishqoriy  bo’lib, ishqoriy 

muhitlarda shakarlarning izomerlanish reaktsiyalariga kirishishi aniqlangan. Ishqorlarning bunday ta’siri 

monosaxarid va yendiol tuzilishining muvozanadi bilan bog’liq. 

 

Bromli suv aldozalarni oksidlaydi, ketozalarga esa ta’sir etmaydi; bu kislota xususiyatli reagent 



molekulaning  izomerlanishiga  sabab  bo’lmaydi.  Shuning  uchun  bromli  suv  yordamida  aldozani 

ketozadan  farqlash  mumkin,  hamda  glyukon  kislota  (monokarbon  kislota)  sintez  qilishda  foydalanish 

mumkin. 

 

Aldozani yanada kuchliroq oksidlovchi – azot kislotasi bilan oksidlash – nafaqat karbonil SNO 



guruhini  oksidlanishiga,  balki  metilol  SN

2

ON

  guruhiga  ham  ta’sir  etadi  va  dikarbon  kislota  –  shakar 

kislotasi hosil bo’lishiga olib keladi. 

Qo’shni uglerod atomlarida ikki va undan ortiq –ON yoki –O-guruhlari saqlovchi birikmalarda 

bo’lgani kabi, uglevodlarning yod kislotasi bilan ta’siri ham S – S bog’ning uzilishi bilan amalga oshadi. 

Bu reaktsiya 1928 yilda L. Malaprade (Nansi universiteti, Frantsiya) kashf qilingan bo’lib, uglevodlar 

tuzilishini aniqlashda muhim axamiyatga ega. 

Ozazon hosil bo’lishi. Epimerlar.

 Aldozalar aldegid guruhi saqlagani uchun fenilgidrazin bilan 

fenilgidrazonlar  hosil  qilib  t’sirlashadi.  Agar  fenilgidrazin  mo’l  miqdorda  ishlatilsa,  reaktsiya  yana 

davom etadi va ozazonlar deb ataluvchi birikmalar hosil bo’ladi; ozazonlar shakar molekulasida ikkita 

fenilgidrazin qoldig’i saqlaydi, ushbu reagentning uchinchi molekulasi anilin va ammiak hosil bo’lishiga 

sarflanadi. 



CHO

 

(CHOH)

n

 

CH

2

OH 

aldoza 

Br

2  

+  H

2

O

HNO

3

COOH

 

(CHOH)

n

CH

2

OH

glyukon kislota 

COOH

 

(CHOH)

n

COOH

shakar kislotasi 

glyukar kislota 

CHO

 

H – C – OH 

H – C – OH 

CHOH

 

C – OH

H – C – OH

CHO

 

HO – C – H 

H – C – OH 

CH

2

OH

 

C = O

H – C – OH

CH

2

OH

 

C – OH 

C – OH

va   x.k.

aldoza 

endiol 

endiol 

aldoza 

ketoza 

 

477


 

Ozazonlar  hosil  qilish  nafaqat  uglevodlar  uchun,  balki  umuman  α-oksialdegidlar  va  α-

oksiketonlar uchun xos (masalan, benzoin  S

6

N

5

SN(ON)SOS

6

N

5

).  


Fenilgidrazin  qoldiqlarini  molekula  tarkibidan  chiqarish,  ozonlar  deb  ataluvchi  dikarbonilli 

birikmalar

 hosil bo’lishiga olib keladi, masalan: 

 

1958  yilda  Piter  Griss  o’zining  asosiy  ishidan  (pivo  pishirishdan)  bo’sh  vaqtlarida  kimyoviy 



sintezlar  bilan  shug’ullanib,  diazoniy  tuzlarini  kashf  qiladi.  1875  yilda  Emil  Fisher  (Myunxen 

universiteti)  fenildiazoniy  xloridni  oltingugurt  angidridi  bilan  qaytarish,  fenilgidrazin  hosil  bo’lishiga 

olib  kelishini  aniqlaydi.  Oradan  9  yil  o’tib,  1884  yilda  E.  Fisher  u  tomonidan  sintez  qilingan 

fenilgidrazin  uglevodlarning  xususiyatlarini  o’rganishda  muhim  reagent  ekanini  e’tirof  etuvchi  ilmiy 

maqollar e’lon qiladi. 

Uglevodlarni o’rganishdagi asosiy qiyinchilik, ular bilan ishlanganda quyuq-siropsimon holatga 

o’tishi  hisoblanadi.  Uglevodlarni  fenilgidrazin  bilan  qayta  ishlash  ularni  oson  kristallanuvchi 

ozazonlarga o’tishini ta’minlaydi va bunday kristallarni o’rganish qulay. 

Fisher, ozazonlar hosil bo’lishi nafaqat uglevodlarni taxlil qilishda, balki ularning konfiguratsion 

tuzilishini aniqlashda ham muhim ahamiyatga ega ekanligini isbotlab berdi. Masalan, ikki diastereomer 

aldogeksozalar  –(+)-glyukoza  va  (+)-mannoza  bir  xil  ozazon  hosil  qiladi.  Ozazon  hosil  bo’lishi  2-S 

atomidagi  asimmetrik  markazning  yo’qolishiga  olib  keladi,  lekin  molekulaning  qolgan  qismi 

konfiguratsiyasiga ta’sir etmaydi. 

 

Bundan, (+)-glyukoza (+)-mannoza 2-S atomidagi konfiguratsiya bilan farq qilishi, qolgan 3-S, 



4-S

  va  5-S  atomlari  konfiguratsiyasi  bir  xil  degan  xulosa  kelib  chiqadi.  Bundan,  agar  yuqoridagi 

birikmalardan birining konfiguratsiyasi ma’lum bo’lsa, boshqasining konfiguratsiyasini hosil bo’luvchi 

ozazoni  orqali  aniqlash  mumkin  degan  xulosa  kelib  chiqadi.  2-S  atomidagi  konfiguratsiya  bilan  farq 

qiluvchi  diostereomer  aldoza  juftlari  epimerlar  deyiladi.  Epimeraldozalar  juftini  aniqlashning  qulay 

usuli, bir xil ozazon hosil qilishdir. 



Download 29.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling