Organizmlardagi biologik maromlar O’simlik va hayvonlarning hayotiy formalari Reja: Tashqi ekzogen maromlar


Download 3.65 Mb.
bet12/33
Sana10.11.2023
Hajmi3.65 Mb.
#1761521
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Bog'liq
MARUZA

Ekologik nisha
Ekologik nisha – turning ekologik darajasi, yashash uchun ozuqa joyi – nisha deb aytiladi. Ma’lum bir organizmning yashash joyi aniq bo‘lsa, uni shu erdan topish mumkin bo‘ladi.
Ekologik joy – nisha tushunchasi ancha keng, makondagi nisha; trofik nisha (turlararo aloqada turning joyi), giper hajmli nisha. Tur yashash joyi bo‘lsa, “nisha” – turning ozuqa bo‘yicha (kasbi)dir. Ma’lum bir turning ekologik nishasini ta’riflash uchun, u qanday nisha bilan oziqlanadi, nimalar va kimlar uni eydi, u biotsenozdagi boshqa elementlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi, degan savollarga javob bera olish kerak. Ponomaryov va 1975-yil ma’lumoti bo‘yicha nishalarning har joyda ko‘rinishi va turli darajada oziqlanishini ko‘rish mumkin. Biotsenozda bir tur o‘zining rivojlanishi davrida turli ekologik nishalarni egallaydi. Masalan, itbaliq o‘simlik bilan, baqalar hasharotlar bilan oziqlanadi. Hayvonlar qish va yoz oylarida o‘zlarida turlicha ekologik nishani hosil qiladi. Organizmlar migratsiya davrida ham ba’zan nishasini o‘zgartiradi. Raqobat – bir muhitda yashaydigan hayvonlar o‘rtasida doimo raqobat kuzatiladi, ular bir-biri bilan oziq-ovqat talashib, jinsiy hamkorlik, yotoq joyi, o‘tlaydigan joy va boshqalarni talashishi mumkin. Raqobat turlar o‘rtasida salbiy oqibatlarga olib keladi, chunki ulardan biri ko‘pincha nobud bo‘ladi. Turlar o‘rtasida doimo yashash uchun kurash mavjud. Raqobat nisbiy bo‘lganda, kurash oziq-ovqatlar uchun boradi. To‘g‘ri raqobat bo‘lganda, bir tur ikkinchi turni yo‘q qilishga urinadi. Ba’zan turlararo raqobat bo‘ladi, bu holat populyatsiyalar o‘rtasida salbiy natija berib, ular soni kamayishi va yashashi uchun harakat qattiq bo‘ladi. Ekologik nisha uchun raqobat turlar o‘rtasida tabiiy tanlashga olib keladi, yashab qolgan organizmlar o‘zlariga xos ekologik nishani shakllantiradi.
Populyatsiyalar ichidagi organizmlarning bir-biriga va tashqi muhitga bo‘lgan munosabati katta biotsenoz ichida bo‘ladi. Biotsenozlarning tuzilish va rivojlanish qonunlarini yaxshi bilish uchun populyatsiyalar quyidagicha o‘rganiladi: Tur vakillari: populyatsiya – guruh populyatsiyasi – tur – turlar – biotsenoz – guruh biotsenozlari – biotsenoz (ekotizim) – ekotizim – biosfera. Bunda har bir populyasiya, biotsenoz, tizim o‘rganiladi. Populyatsiyalar esa guruh-guruh qilib o‘rganiladi.
Populyatsiya tarkibi va tuzilishi bilan biotsenozga asos soladi, ularning tarkibi, turlar soni, vazifasi, harakati va tuzilishini o‘rganadi. Mavzu xulosasi. Agrotsenozda turlar va ularning genetik har xilligi kamayib borishiga inson faoliyati sabab bo‘lib kelgan. U o‘z ehtiyoji uchun o‘rmonlarni, o‘tloqni yo‘qotib, madaniy ekinlar ekishga erishgan va turlarning yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lgan. Hozirgi kunda bu holat juda tezlashdi. Turlar mutlaqo yo‘q bo‘lib ketmasligi uchun ularning genofondini yoki gen bankini to‘plash zarur. Yer yuzasining ko‘p joylarida genetik turlarning antropogen omillar ta’sirida kamayib ketishi, bu borada katta ilmiy ishlar olib borishni taqozo qiladi. YUNESKO rahbarligida genetik zahiralarni saqlab qolish bo‘yicha ko‘p yillarga mo‘ljallangan dastur ishlamoqda. Respublikamizda “Biologik xilma-xillikni saqlash” milliy strategiya va harakat rejasi ishlab chiqilgan. Agarda genetik zahiralarni saqlab qolmasak, vaqti kelib inson genofondining ham turli kasalliklar bilan kasallanishiga olib keladi.

Download 3.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling