Organizmlardagi biologik maromlar O’simlik va hayvonlarning hayotiy formalari Reja: Tashqi ekzogen maromlar
Download 3.65 Mb.
|
MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turli kationning ekosistemada aylanishi.
- Biotsenoz turlar, ularning tarqalishi va ekologik strukturasi
Biogen elementlarining aylanishi. Ekosistemalarda tirik organizmlar va neorganik tabiat o’rtasida biogen elementlarning aylanib turishi doimiy hamda bir-biriga tengdir. Ekosistemada CO2 va O2 aylanishi fotosintez, nafas olish jarayonlarini ta’minlasa, azot, fosfor, oltingugurt ekosistemada murakkab yo’lni o’taydi.
O’simliklar yaratadigan birlamchi mahsulot hosil bo’lishidagi asosiy komponentlar uglerod, kislorod, azot, fosfor, oltingugurt va suvning aylanib turishidir. Lekin hayvonlar faoliyati uchun natriy, kaliy, kalsiy kabi elementlar zarur bo’lib, ularni hayvonlar ichadigan suv orqali oladi. Tirik organizmlar biomassadagi uglerod, azot, fosfor kabilar o’lik qoldiqlar bilan chirinda fondiga mikroorganizmlar ta’sirida parchalanib, minerallashib, neorganik moddalar hisobiga o’tadi. Turli kationning ekosistemada aylanishi. Ekosistemada uchraydigan turli elementlar – kalsiy, kaliy, natriy, magniy organic moddalar bilan kimyoviy bog’langan emas. Ular organizmlar hujayrasining ichki va tashqi suyuqlarida ko’p miqdorda uchraydigan kationlar, ekosistemada assimilyatsiya va energiya ajratish bilan bog’langan bo’lmasa ham, hujayrani funksiya qilishda muhim rol o’ynaydi. Turli ekosistemalarning kationlarga boyligi har xildir. Ularning miqdori o’zgarishi atmosferadan tushadigan yog’inlar miqdoriga bog’liq. Kationlarning o’simliklar tomonidan yutilishi va aylanib tabiatga qaytish darajasi, ularning yiliga daryo suvlari orqali yuvilishiga teng yoki bir necha bor, hattoki ayrim hollarda 10 barobar ortiqdir. Kationlarning ekosistemalarda o’rtacha ozuqa zanjirlari orqali o’tish, aylanish vaqti 1 yildan 10 yilgacha. Agar bu holni inobatga olsak, o’simliklar tuproqdagi erkin ionlarni Yer ustida suv bilan yuvilishdan oldin yuzaga kelib turadi. Biotsenoz turlar, ularning tarqalishi va ekologik strukturasi Biotsenozlar yoki biotik turkumlar Ekologik nisha Populyatsiyalarning biotsenozga o‘tish sabablari Biotsenoz – o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlardan tarkib topgan populyatsiyalar majmuasidir. Lotincha “bios” – hayot, “senoz” – umumiy, demak, umumiy hayot ma’nosini bildiradi. Tabiatda barcha o‘simlik va hayvonlar faqat jamoa tarzida mavjud bo‘la oladilar. Chunki har bir tur normal hayot kechirishi uchun yakka holda yashay olmaydi, balki tevarak-atrofidagi tirik organizmlar bilan birgalikda hayot kechiradi. Bir guruh organizmlarning muayyan sharoitda birgalikda yashashi – jamoa deyiladi. Jamoaning mavjudligi uchun faqatgina turlarning soni emas, balki ularning xilma-xilligi ham lozim, xilma-xillik tabiatda biologik xilmaxillikni saqlab turadi. Bioxilma-xillik deyilganda, ma’lum bir chegaradagi turlar va ekotizim tushuniladi. Xilma-xillik turlarning va populyatsiyalarning doimiy holda saqlanishiga imkon beradi. Biotsenoz turlar joylar va ekologik struktura bo‘yicha bir-biridan farqlanadi. Tur strukturasi – biotsenoz hosil qiluvchi turlar sonining ular massasi yoki soniga nisbatidir: ● Biotsenozning tur strukturasida bir tur soni yoki massasi egallagan maydon yoki joyga nisbatan ko‘p bo‘lishi mumkin. Kam uchrashi – ma’lum joyda bir turning soni yoki massasi umumiy soniga qaraganda namuna olish yoki hisob maydonchasidan aniqlash orqali aniqlanadi. ● Dominantlik darajasi – bir turning ushbu hududdagi ja’mi turlarga nisbati. Tur xilma-xilligi – ushbu jamoa yoki hududda uchraydigan turlar sonidir. Biotsenozlarda turlar soni juda ko‘p va kam bo‘lishi mumkin. Turlar xilma-xilligi o‘simlik yoki hayvon turining yoshiga ham bog‘liq bo‘ladi. Turlar yosh bo‘lsa, tur soni kam bo‘ladi, shuningdek, tur soni ekologik omillardan ham kelib chiqadi, o‘sish va yashashga sharoit qulay bo‘lsa, turlar soni ko‘p bo‘ladi. Tog‘lar, sahrolar, sho‘r tuproqlarda bioxilma-xillik kam bo‘ladi. Jamoada dominant turlar bo‘lib, ular son jihatdan ko‘p bo‘lishi, ikkinchi darajali va kam sonli kamyob bo‘lishi mumkin. Dominantlar ichida bioxilma-xillikni saqlab turuvchi – quruvchi edifikatorlar bo‘ladi, bular o‘sha joyda mikroklimat hosil qilib, turlarning shakllanishi uchun sharoit yaratadi. Joy biotsenozi – bu har xil turga mansub organizmlarning vertikal yoki gorizontal joylashishidir. Joy strukturasi eng avvalo, o‘simliklar biotsenozida yaqqol ko‘rinadi. Biotsenozning vertikal strukturasida yaruslar bo‘yicha joylanishni, gorizontal biotsenozda rang-baranglik yoki mozaikani ko‘rish mumkin. Bu yerda uchraydigan o‘simliklar ichida dub, lipa, chinor birinchi darajali bo‘lsa, olma, nok, do‘lana – ikkinchi darajalilar, qorag‘at, yovvoyi bodomcha va boshqa butalar, so‘ng chalabuta va baland bo‘yli o‘tlar uchinchi darajalilarga kiradi. Ekologik struktura – turli ekologik guruhlarga kiruvchi organizmlarning o‘zaro nisbatidir. Ekologik strukturasi o‘xshash biosenozlar turli tur tarkibiga ega bo‘lishi mumkin. Yashash joyi – bu populyatsiyalarning yashaydigan quruqlikda yoki suvdagi hududi yoki akvatoriyasi hisoblanadi. Turning yashash joyi uning ekologik nishasi tarkibidir. Jamoaning yashab, oziqlanadigan joyiga biota deyiladi. Download 3.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling