Organizmlardagi biologik maromlar O’simlik va hayvonlarning hayotiy formalari Reja: Tashqi ekzogen maromlar


Bioxilma-xillik va uni himoya qilish


Download 3.65 Mb.
bet26/33
Sana10.11.2023
Hajmi3.65 Mb.
#1761521
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
Bog'liq
MARUZA

Bioxilma-xillik va uni himoya qilish
Ayni paytda butun dunyodagi kabi bioxilma-xillikni saqlash muammosi O‘zbekistonning barcha hududlarida kuzatilmoqda. Biroq bu muammolar aholi zich joylashgan (Farg‘ona vodiysi) va sug‘oriladigan maydonlar hududlarini kesib o‘tadigan daryolar quyi oqimida joylashgan (Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) hududlarda ko‘proq seziladi. Aynan ushbu hududlarda biologik xilmaxillik antropogen omillar ta’sirida (Orol dengizining qurib borishi) – yovvoyi ekotizimlar ko‘pgina turlarining butkul yo‘q bo‘lishi va turlarning bevosita vahshiy odamlar tomonidan qirib tashlanishi natijasida yuz bergan. Asosan, o‘simlik va hayvonlar turlari tarqalgan joylarning ekinzorlarga aylantirilishi, tuproq va suvdan boshqa maqsadlarda foydalanilishi ona tabiatning bioxilma-xilligiga xavf solmoqda. Antropogen omillardan keyingi paytda uch guruhi – yerlarni o‘zlashtirish bilan bir vaqtda chuchuk suv resurslarini qayta taqsimlanishi, yaylovlardan noto‘g‘ri foydalanilishi, tog‘-kon va energetika sanoati tabiiy ekotizimga ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda. Ular cho‘llanish jarayonini kuchaytirish, chorva mollarini me’yordan ortiq bir joyda boqish, ekin maydonlariga suv chiqarish va sug‘orish, shudgorlash natijasida erlarning sho‘rlanishi va ularni xo‘jalik maqsadlarida foydalanishdan chiqarish, ko‘plab gidrotexnik inshootlar yordamida daryo oqimini boshqarish va qayta taqsimlash, suv ekotizimining gidrologik tartibining buzilishi, sho‘rlanishi va ifloslanishi, suv ostidan qum va mayda toshlarni qazib olish, qishloq xo‘jaligi faoliyati, suv to‘planadigan hududlarda o‘simlik qoplamasining buzilishi, tog‘larda o‘sadigan daraxtlarni kesish va moslashgan daraxtlarni yo‘q qilish, o‘simliklardan turli xomashyolar tayyorlash kabilarni o‘z ichiga oladi. Biroq qo‘riqxonalar hududlari maydonining cheklangani va birbiridan ajralgani ularning ekotizimlari va bioxilma-xilligini uzoq muddatli istiqbolda himoyaga muhtoj bo‘lib qolishiga olib keladi. Chunki maydoni cheklangan mamlakatda har bir qarich yer maydoni hisobda turadi. Chorvachilikning ekstensiv tizimidan foydalaniladigan
ko‘plab yaylovlarda tabiiy yashash muhiti va ekotizim ancha o‘zgargan, ammo yovvoyi tabiatning ayrim tarkibiy qismlari ayni paytgacha saqlanib qolgan. Shudgor qilinadigan yerlarning biologik xilma-xilligi sifati mazkur yerlarda tabiiy yashash muhitini deyarli to‘la yo‘q qilgan bo‘lib, bu yerlarda endi faqat madaniy ekinlar o‘stiriladi, tabiat, bioxilma-xillik, turlar degan so‘zlar bu joylarga mutlaqo mos emas. Alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar
Tabiatni muhofaza qilishning yoki biologik xilma-xillikni saqlashning asosiy elementlari bu qo‘riqxonalar va buyurtmalarni tashkil qilish bo‘lib, ularda o‘z navbatida biosfera genofondi–o‘simliklar, hayvonlar, shu jumladan, tabiiy resurslar – havo, suv, tuproq, tabiiy yodgorliklar, qal’alar asraladi. Biologik xilma-xillik ayniqsa qo‘riqxonalarda yaxshi saqlangan. Tabiiy milliy bog‘lar, ov qilish vaqtincha taqiqlangan yoki o‘simliklar alohida qo‘riqlanadigan va boshqa toifadagi qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar tabiatni muhofaza qilishda muhim o‘rin tutadi. O‘zbekistonda qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar tizimiga to‘qqizta davlat qo‘riqxonasi (220760 gektar), ikkita milliy bog‘ (598700 gektar), “Jayron” respublika ekomarkazi (5140 gektar), to‘qqizta davlat tomonidan ov qilish vaqtincha taqiqlangan yoki o‘simliklari alohida qo‘riqlanadigan hudud (1223920 gektar) va ikkita davlat tabiat yodgorligi (3480 gektar) kiradi. Ularning umumiy maydoni 2052000 gektarni yoki respublika jami hududining taxminan 4,6 foizini tashkil qiladi. Davlat qo‘riqxonalari, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) tasnifiga ko‘ra, I, Milliy bog‘lar II, “Jayron” ekomarkazi III, ov qilish vaqtincha taqiqlangan yoki o‘simliklar alohida qo‘riqlanadigan hududlar va tabiiy yodgorliklar IV toifaga kiradi. 13 ta yirik kon – umumiy maydoni 407356 gektardan iborat viloyat va respublika ahamiyatiga ega yer osti chuchuk suvi hosil bo‘ladigan hududga “qo‘riqlanadigan tabiiy hudud” maqomini berish ishlari yakunlandi. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi Amudaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo, Zarafshon, Chirchiq, Surxondaryo, Norin va Qoradaryo kabi yirik daryolar bo‘yicha maydoni 155416,5 gektar suvni
155
himoya qilish hududi, shu jumladan, 27900,5 gektardan iborat maydon qirg‘oqbo‘yi hududida tashkil etilgan. O‘rmonlar. O‘zbekiston Respublikasi davlat o‘rmon fondining umumiy maydoni 8100 ming gektar yoki mamlakat umumiy maydonining 18 foizidan iboratdir. Daraxtlar bilan qoplangan erlar so‘nggi-yillarda 2400 ming gektardan 2800 ming gektargacha ko‘paydi va respublika umumiy maydonining 6,2 foizini tashkil qildi. Bu har bir kishi uchun daraxt bilan qoplangan 0,1 gektar er to‘g‘ri keladi, demakdir. O‘rmon fondi asosan cho‘l-qum hududlarida joylashgan bo‘lib, 7000,1 ming gektar maydonni egallagan. Tog‘li hududlarning 831 ming gektari, daryo qayirlarining 113,7 ming gektari va 164,3 ming gektar vodiy hududi daraxtlar bilan qoplangan. O‘rmonlar tabiatni muhofaza qilish va melioratsiya sohasida katta o‘rin tutadi. O‘zbekistonda tabiiy o‘rmonlar 1,4 million gektar maydonni egallaydi (serdaraxtlilik 3 %). O‘rmon va chakalakzordan iborat cho‘l o‘tloqlari hisobga olingan holda ham, serdaraxtlilik 5-6 foizdan oshmaydi. Respublikaning o‘rmonli hududlarida 68 turdagi daraxt, 320 turdagi buta va 2953 turdagi o‘tsimon o‘simliklarni uchratish mumkin. Ular orasida saksovul, archa, taroqsimonlar, cherkez, to‘rang‘a keng tarqalgan. Respublikada 93 ta o‘rmon xo‘jaligi korxonasi, shu jumladan, 67 ta o‘rmon xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Respublika o‘rmon xo‘jaliklari har yili qariyb 42 ming gektar maydonning 27 ming gektariga daraxt ekadi va 15 ming gektariga daraxt ko‘chatlarini o‘tqazadi. So‘nggi yillarda o‘rmonzor barpo etish umumiy hajmida daraxt ekish ulushi asta-sekin ko‘paymoqda. Daraxt ekish o‘rmonzor barpo etishning eng samarali usuli hisoblanadi. Chunki bunda ekinlarni saqlash hamda ularning unib chiqish darajasi oshadi. Keyingi 12-yilda Orolning qurigan tubida saksovul va boshqa qumda o‘sadigan o‘simliklardan 200 ming gektardan ortiq erda (har yili 20 ming gektardan) ixotazor barpo etildi. Ushbu ixota daraxtlari hududida daraxtlar ekilgandan keyingi 2-yilda shamol tezligi 20, 5yilda 80, 6-yilda 90 foizga pasayib, 7-yilda uning tezligi to‘xtaydi va mayda zararli qum zarrachalari ko‘tarilishi keskin kamayadi. Saksovul va boshqa butalarning ildiz tizimi tuproqning ustki qatlamini mustahkamlaydi va bu o‘t-o‘lanlarning paydo bo‘lishi hamda biosenotik xilma-xillikning ko‘payishiga yordam beradi. Ayni paytda Orol muammolari bo‘yicha Germaniya, Fransiya bilan o‘rmon maydonini kengaytirish sohasida faol hamkorlik qilinmoqda, Turkiya bilan muzokaralar olib borilmoqda. Orol dengizining qurigan tubida ixota daraxtlari ekishni tashkil etish bu borada amalga oshiriladigan asosiy loyihalardandir. Orol dengizi tubida o‘rmon maydonini kengaytirish bo‘yicha intensiv ishlar asosan 2004-yildan bugungi kungacha amalga oshirilmoqda

Download 3.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling