Организмларнинг умумий морфологияси


Download 47.48 Kb.
bet8/8
Sana04.02.2023
Hajmi47.48 Kb.
#1163073
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ekalogiya shppi (chala)

Issiqxona effekti — ekologik hodisa boʻlib, quyoshdan kelgan nurlarning bir qismi Yer yuziga singib, natijada oʻrtacha sirt harorati koʻtariladi. Bu esa hayot mavjud boʻlishiga imkon beradi.[1] Quyoshdan kelayotgan nurlarning yer atmosferasida dimlanib, jamlanib qolish hodisasiga issiqxona effekti deyiladi. Tabiiy issiqxona effekti hayotga imkon berdi. Biroq, inson faoliyati bu jarayonni tezlashtirdi, kuchaytirdi.
Global issiqlik effekti hodisasi
Kelib chiqish sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yer atmosferasiga turli xil zararli sanoat gazlari chiqishi va u yerda toʻplanib qolishi sababli ushbu hodisa kuzatiladi. Yaʼni, yer quyoshdan kelgan nurning maʼlum qismini yana koinotga qaytaradi. Biroq, ushbu hodisada atmosferada toʻplanib qolgan notabiiy gazlar (yoqilgʻi sanoati natijasida hosil boʻlgan gazlar) quyosh nurlarini oʻziga yutadi. Natijada iqlimga taʼsir etadigan issiqxona qatlami hosil boʻladi. Ushbu muammo yuzaga kelishining asosiy sababi oʻrmonlarning kesilishi va qazilma yoqilgʻilardan keng miqyosda foydalanilayotganidir.
Kislotali yomg`ir.Bu narsa qazilma yoqilg’ilar: ko’mir, neft, gazni yoqish evaziga sodir bo’ladi. Natijada kislota hosil qiluvchi gazlar: oltingugurt angidridi va azot oksidlarining katta miqdori atmosferaga ajralib chiqadi. Ular atmosferani bulg’aydi va nainki unda uzoq vaqt qoladi, balki olis masofalarga, yuzlab va hattoki minglab kilometrlarga uchib boradi. Yomg’ir yog’ayotganida bu ifloslantiruvchilar atmosferadagi namlik bilan birikadi va shunda yomg’ir shaklidagi odatdagi yog’in xavfli kislotali yomg’irga aylanadi. Kislotali yomg’ir tabiatga va kishilar sog’ligiga jiddiy zarar yetkazadi. Dengizlardagi, daryolar va ko’llardagi suvlar hayot uchun yaroqsiz holga kelib qoladi. Masalan, Kanadada kislotali yomg’ir oqibatida 4 mingdan ziyod ko’llar o’lik deb e’lon qilingan, tag’in 12 mingi halokat yoqasida turibdi. Shvetsiyadagi 18 ming ko’llarning ham biologik muvozanati izdan chiqqan.
Download 47.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling